04/09/2020

2020- yil 3- sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi rahbari Ron van Ruden bilan videokonferensaloqa rejimida muloqot o'tkazdi.


Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad – keng qamrovli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdir.

Muloqot davomida davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohaza almashildi.

Tomonlar makroiqtisodiy statistika masalalariga batafsil to'xtalib, Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli hamkorlik va texnik ko'mak masalalari xususida so‘z yuritdi.

Xalqaro ekspertlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning, jumladan, statistika organlari faoliyatining ijobiy dinamikasi haqida gapirib, O'zbekistonning ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga o'tish doirasida Xalqaro valyuta jamg'armasiga katta ko'mak berayotganini qayd etdi.

Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.

 

Axborot xizmati