2020- yilning 4- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi оchiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalri parki – IT park bilan hamkorlikda vebinar tashkil etildi.
Tadbirda qo‘mitaning Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, hududiy statistika boshqarmalari hamda Dasturiy mahsulotIar va axborot texnologiylari parki IT- park xodimlari ishtirok etdi.
Vebinar avvalida, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.
Tadbir ishtirokchilariga ochiq ma'lumotlar, uning tarkibiy tuzilishi, butunjahon bo’yicha ochiq ma’lumotlarni rivojlantiruvchi tashkilotlar, sohaga tegishli me’yoriy hujjatlar hamda metama’lumotlar bo’yicha batafsil axborot berildi.
Shuningdek, 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohaza almashildi.
Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlari bilan savol-javob o‘tkazildi.
Ishtirokchilar ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati