2020- yilning 2- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish sohasini takomillashtirish masalasida vebinar o‘tkazildi.Tadbirda Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Vebinar davomida sohaga oid savol-javob o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni, yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni bo֥‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Vebinar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati