18/09/2020

2020- yil 17- sentabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida gender masalalari bo‘yicha videokonferensiya tashkil etildi.

Unda Davlat statistika qo'mitasi, Xalqaro savdo markazi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi vakillari hamda loyiha koordinatorlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash lozimki, “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash loyihasi” 4 yillik muddatga mo'ljallangan. Loyihani amaliyotga joriy etish orqali mamlakatlarning barqaror va har tomonlama iqtisodiy rivojlanishiga amaliy ko‘mak beriladi.

Videokonferensiya davomida gender statistikasi bo'yicha ma'lumotlar yig'ishni takomillashtirish masalalari, xususan,  tadbirkor ayollar, mintaqaviy va xalqaro savdoda ishtirok etuvchi xotin-qizlar, ayollar ishtirok etadigan biznesning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Axborot xizmati

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Aholini ro'yhatga olish portaliga o'tish

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech