22/01/2020

Joriy yilning 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida UNICEF vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi.Unda xalqaro ekspert Charlz Bakston hamda Davlat statistika qo‘mitasi Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig'i Odiljon Mamadaliyev 2016–2020-yillarda UNICEF va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha mamlakat dasturini baholash xususida o‘zaro fikr-mulohaza almashdi.

 

Ushbu uchrashuvda UNICEF va Davlat statistika qo‘mitasi o‘rtasida Barqaror rivojlanish maqsadlari va ko‘p sonli klaster kuzatuvlari sohasida qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish tajribasi tahlil qilindi. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan tadbirlar bo‘yicha erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va UNICEF o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda amalga oshrilayotgan dasturlar kelgusida soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmasini boyitishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech