O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park), shuningdek, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan “Ochiq ma'lumotlar” bo‘yicha qo‘llanma chop etildi.
Mazkur qo‘llanma “Open data handbook” materiallari, UZINFOCOM rivojlantirish va joriy etish markazining kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘llanmalari, Katerina Oniliogvu, Bogdan Tishkevich taqdimotlari hamda “Evroosiyo” fondi, EXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori va “Ma’lumotlar jurnalistikasi agentligi” tomonidan amalga oshirilayotgan USAID/UK Aid “Davlat boshqaruvi va xizmatlarida shaffoflik va hisobdorlik” loyihasi doirasida ishlangan “Ochiq ma'lumotlar: yaratish formatlari va qoidalari” nashrlari asosida tayyorlandi.
Ochiq ma'lumotlar bo‘yicha qo‘llanma – ochiq ma'lumotlar to‘g'risidagi barcha asosiy ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat. Xususan, qo‘llanma o‘z ichiga ochiq ma'lumotlar yaratish shakllari va qoidalari, ochiq ma'lumotlarni rivojlantiruvchi tashkilotlar va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ochiq ma'lumotlar portali bilan ishlash haqida muhim ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Axborot xizmati