Joriy yilning 15-yanvar kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparkida (IT-park) vazirlik va idoralarning xodimlari uchun "Ochiq ma'lumotlarga kirish" mavzusida o'quv kursi tashkil etildi.
Ushbu o‘quv kursda 13 ta vazirlik va idoralarning xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur o‘quv kursining asosiy maqsadi – ochiq ma’lumotlar, ularning ahamiyati va zarurligi, ulardan foydalanish afzalliklari, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlar to‘plamlarini joylashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratilgan.
Prezidentimizning 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki tomonidan muntazam ravishda vazirlik va idoralar xodimlari uchun “Ochiq ma’lumotlarga kirish” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda.
Axborot xizmati