15/01/2020

Joriy yilning 15-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida seminar o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Aholi turmush darajasi statistikasi va kuzatuvlari boshqarmasi vakillari hamda Jahon banki missiyasining loyiha rahbari-iqtisodchi Villiam Hutchins Saytz ishtirok etdi.

Tadbirda uy xo'jaliklari daromadlarini o'rganish jarayonini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuvda Jahon banki tomonidan Davlat statistika qo'mitasiga uy xo'jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uchun planshetlar taqdim qilish bo‘yicha so‘z yuritildi. Tomonlar planshetlarni qo'llash orqali uy xo'jaliklari daromadlarini o‘rganish  jarayonini batafsil muhokama qildi.

Shuningdek, uchrashuvda mazkur planshetlarni taqdim etish bilan bog'liq masalalar kelishib olindi.

Davlat statistika qo'mitasiga foydalanish uchun Jahon banki tomonidan 140 ta planshet taqdim etilishi qayd etildi.  

Uchrashuv so'nggida Aholi turmush darajasi statistikasi va kuzatuvlari boshqarmasi boshlig'i Jahongir Yo‘ldoshyev Jahon bankining uy xo'jaliklari byudjetlarini o'rganish jarayonini yaxshilashda ko'mak berayotgan missiyasiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Axborot xizmati