2020-yil 10-yanvar kuni "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida "Open Data Challenge – 2019" hakatoni g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
"Open Data Challenge – 2019" hakatoni ochiq ma'lumotlar konsepsiyasini ilgari surish, IT-tadbirkorlik va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan ochiq ma'lumotlar asosida ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha tanlov hisoblanadi.
Tanlovning asosiy sharti – tadbir davomida ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda raqamli yechim (dastur, xizmat, qurilma) yaratishga qaratilgan.
Eslatib o'tamiz, eng yaxshi loyihalar quyidagi 5 ta yo'nalish bo’yicha tanlab olingan:
- Davlat sektori uchun ochiq ma'lumotlar.
- Ijtimoiy sektor uchun ochiq ma'lumotlar.
- Biznes uchun ochiq ma'lumotlar.
- Ma'lumotlarni yaratish va o'zgartirish.
- Axborot jurnalistikasi.
Tadbir yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati