2020-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (www.stat.uz) Ochiq ma'lumotlar instituti talablariga ko‘ra, ochiq ma'lumotlar sertifikatining eng yuqori darajasi "Platinum" ko‘rsatkichga erishdi.
Eslatib o‘tish joizki, qo‘mitaning rasmiy sayti Ochiq ma'lumotlar instituti talablariga ko‘ra, bronza va kumush darajalarni ham qayd etgan.
Ochiq ma'lumotlar institutining baholashicha, Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti ochiq ma'lumotlar axborot infratuzilmasining namunaviy talablarini to‘liq bajargan.
Ochiq ma'lumotlar sertifikati – sifatli ochiq ma'lumotlar doimiy nashr etilishini baholash va tan olish uchun Ochiq ma'lumotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan bepul onlayn vosita.
Ochiq ma'lumotlarning sertifikati barqaror ochiq ma'lumotlardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy, amaliy, texnik va ijtimoiy talablarni qamrab oladi.
Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, to‘rt darajali sertifikat belgisi mavjud bo‘lib, har bir belgi ochiq ma'lumotlarni nashr etishda muvaffaqiyatga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi.
BRONZA: foydalanish va qayta foydalanish uchun mavjud cheklovsiz ochiq ma'lumotlar sertifikati.
KUMUSh: bronza talablariga javob beradi hamda ma'lumotlar mashina formatda joylashtirilgan, ishonchli va maxsus aloqa kanali orqali taqdim etilgan.
OLTIN: kumush talablariga javob beradi, umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan formatda nashr etiladi, muntazam yangilanishlarni kafolatlaydi.
PLATINA: oltin talablarga javob beradi, ma'lumotlarda noyob identifikatorlardan foydalanadi, noshir aloqa xizmatini taklif qiluvchi guruhga ega.
Davlat statistika qo‘mitasi
Axborot xizmati