03/01/2020

2020-yilning 1-yanvaridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yangi rasmiy telegram kanali ishga tushirilganligini ma’lum qilamiz.

Mazkur UZSTAT (https://t.me/uzstataxborot) rasmiy telegram kanali orqali Davlat statistika qo’mitasi tarmoq boshqarmalari tomonidan tayyorlangan oylik, choraklik va yillik tahliliy press-reliz ma'lumotlari qiziqarli jadval, diagramma hamda infografika roliklari ko’rinishida e’lon qilib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yangi rasmiy telegram kanaliga obuna bo’lish: https://t.me/joinchat/AAAAAFR0fevV81l53iinnQ

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech