22/04/2020

Joriy yilning 22 aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda videokonferensaloqa tashkil etildi.

Mazkur videokonferensaloqada respublikamizning turli hududlaridan onlayn ulangan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakillariga Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari mamlakatimizning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga oid choraklik statistik ma’lumotlar bo‘yicha ma’ruza qilib berishdi.

Mazkur videokonferensaloqaning to‘liq tavsilotlarini yaqin kunlarda e’tiboringizga havola etamiz.

Axborot  xizmati