18/04/2020

Davlat statistika  qo‘mitasi va Serbiya statistika boshqarmasi (SORS) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida joriy yilning 17 aprel kuni masofaviy tarzda videokonferensiya o‘tkazildi.

Videokonferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - o‘zaro tajriba almashish, sohaga doir ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy qilishdan iborat. Kun tartibiga muvofiq,  ishtirokchilar Serbiya statistika boshqarmasining Yevropa ittifoqi hududida ilg‘or va namunali deb hisoblangan IST dasturiy ta'minoti va ma'lumot bazalari asosida qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda biznes registrini yuritish bo‘yicha ilg‘or tajriba bilan tanishdilar.

Shuningdek, videokonferensiyada Jahon banki eksperti Mustafa Dink ham ishtirok etdi.

 

Axborot xizmati