10/04/2020

Multiindikator klaster kuzatuvi (MKK), (keyingi o’rinlarda MICS deyiladi) dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan.

MICS asosan, bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida ma'lumotlar yig‘adi.

MICS kuzatuvini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar  bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

Bu UNICEFga indikatorlardagi asosiy  ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarini yaxshiroq kuzatib borish hamda bolalar va ayollar masalalari bo‘yicha dasturlarni qabul qilish jarayonida, hukumat va boshqa hamkor tashkilotlarga yanada samarali xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. MICS jarayonida yig‘ilgan aksariyat statistik ma'lumotlar foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech