03/04/2020

O'zbekiston Respublikasida 2022 - yilda aholini ro'yxatga olish tadbiri eng yaxshi logotipi tanlovi komissiyasi, butun dunyodagi koronavirus pandemiyasi hamda tanlovga munosib loyihalar kelib tushmaganini inobatga olib, tanlov muddatini uzaytirilgani va arizalar joriy yilning 15 apreligacha qabul qilinishini e'lon qiladi.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda fuqaroligidan qat'iy nazar 16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, professional reklama kompaniyalari va agentliklar vakillari o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi ma'lumot va hujjatlarni taqdim etish lozim:

  • belgilangan namunadagi ariza;
  • tanlovga taqdim etiladigan loyihalarning qisqacha tavsifi;
  • loyihalarning elektron shakli (logotip: logotip-TIFF, PSD yoki JPEG 1500 px shior: word hamda JPEG 1500 px formatida).

            Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar tanlovning rasmiy elektron pochtasi Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її. ga yuborilishi kerak.

 

Loyihalarni o‘rganish mezonlari:

  • g‘oyaning o‘ziga xosligi va yangiligi;
  • loyihaning aholini ro‘yxatga olish tadbiri maqsadiga muvofiqligi;
  • O‘zbekiston aholisi, shuningdek, dunyoning boshqa davlatlari uchun g‘oyaning aniq- ravshanligi va jozibadorligi;
  • loyihani potensiali (tarixiy, madaniy, tabiiy, xalqaro standartlarga va boshqa talablar bilan birlashtirilishi);
  • ijro estetikasi.

Loyihalar tanlov ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi va eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi. Tanlovda g‘olib deb topilgan loyiha mualliflari taqdirlanadi.

 

Tanlov nizomi

Ma'lumot uchun

Telefon: +99871 230 80 63.

Elektron pochta manzili: Ця електронна адреса захищена від спам-ботів. Вам потрібно увімкнути JavaScript, щоб побачити її.