2020-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunni ishlab chiqishda Yevropa Statistiklari Konferensiyasining aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi.
Shuningdek, MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining ushbu sohadagi tajribasi, jumladan, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa davlatlarning tajribasi o‘rganildi.
Qonun manfaatdor vazirlik va idoralar hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda mazmunan boyitildi.
“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun 5 bob va 31 ta moddadan iborat.
Axborot xizmati