O‘zaro mehr-oqibat, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik timsoli bo‘lgan Navro‘z – Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari, butun xalqimiz uchun eng suyukli bayram hisoblanadi. Ana shunday ezgu g‘oyalarni mujassamlashtirgan Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, sihat-salomatlik, qut-baraka olib kelsin!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ahil jamoasi Navro‘z umumxalq bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.
Samimiy va chuqur hurmat ila,
Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi