Fridrix Shiller
Oʻz topqirligidan zavqlanib kulgan kishining askiyasi kuchini yoʻqotadi.
Firdavsiy
Oʻzining aybini bilganda odam, Boshqalar aybini soʻzlamasdi ham.
Lui Aragon
Faqat mehnatgina insonning qiyofasini o‘zgartira oladi.
Mustafo Amiyn
Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan muhabbat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Agar Vatan himoya, adolat va muhabbatdan xoli bo‘lsa, fuqarolar musofirga aylanib qoladi.
Doktor Ibrohim Fiqiy
Bitta daraxtdan millionta gugurt donasi yasaladi. Bitta gugurt donasi bilan millionlab daraxtlarga o‘t qo‘yiladi. Shuning uchun hayotingdagi millionlab ijobiy ishlaringga ta’sir qilmasligi uchun bitta ham salbiy ish qilma!
Martin Lyuter King
Qushlar kabi havoda uchishni o‘rgandik. Baliqlar kabi dengizlarda suzishni o‘rgandik. Lekin hozirgacha yer yuzida aka-ukadek yashashni o‘rganmadik.
Abdurahmon Jomiy
Nuqsonli tabib hammaga balo, misoli vabo.
Martin Lyuter King
Maktab-madrasalar gullab-yashnasa, barcha narsa gullab-yashnaydi.
Indira Gandi
Odamlar burchlarini unutishga, huquqlarini eslashga moyil bo‘ladilar.
Paulo Koyelo
Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda.
Suqrot
Egasi faxrlanayotgan qanchadan-qancha bashang poyabzallar ichida yirtiq paypoqlar bor.
Najib Mahfuz
Har qancha ajoyib va buyuk bo‘lmagin, hamma odamlar seni birdek yaxshi ko‘rishi amri maholdir.
Viktor Tomilov (Kosa tagida nimkosa)
Qanday boy til!… U bilan har qanday miqdordagi pulni ifodalash mumkin.
Viktor Tomilov (Kosa tagida nimkosa)
Odamlarni bir-biridan masofa emas, fikrlar uzoqlashtiradi.
Viktor Tomilov (Kosa tagida nimkosa)
Yaxshi eshitish qobiliyati nafaqat musiqachilarga, balki jamoatchilikning fikrini bilishi lozim bo‘lgan odamlarga ham kerak.
Viktor Tomilov (Kosa tagida nimkosa)
Ishlayotganlarga kamroq xalal berish — ishlab chiqarishni o‘stirishning katta zaxirasidir.
Abdurahmon Jomiy
Erta tongda og‘zingga biror luqma ovqat tiqmay eshikdan chiqma, chunki to‘qlik xushmuomala va chuqur mulohaza moyasi, ochlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir.
Abdurahmon Jomiy
Sofdil oshiqlardan latifroq kishi olamda topilmas.
Abdurahmon Jomiy
Agar mezbon dasturxon atrofida o‘zini hamma ne'matlardan baland tutsa, uning nonidan o‘z jigaring a'lo va uning sharbatidan o‘z qoning bajo.
Abdurahmon Jomiy
Bir shoir o‘qidi bemaza g‘azal,
Dedikim, alifsiz yozdim, bu a'lo.
Dedimki, eng yuksak san'at bo‘lurdi,
She'ring so‘zlari ham bo‘lmasa aslo.
Abdurahmon Jomiy
Tish-tirnoq qolmagan keksa sherni ko‘r, Cho‘loq tulki unga beradi ozor.
Lui Aragon
Optimizm buyuk kishilarning ziynatidir.
Lui Aragon
Quyosh hamisha ishqibozlarining ko‘zini qamashtirgan.
Lui Aragon
Adabiyot mamlakat uchun juda muhimdir, mohiyatiga ko‘ra, uning yuzi deyish mumkin.
Lui Aragon
Biz ko‘pincha yo‘q joydan muammolar o‘ylab topamiz.
Lui Aragon
Ajoyib kechalarning birida kelajak o‘tmish deb nom oladi. Bu payt ortingga qaraysan-da, olislayotgan yoshligingni ko‘rasan.Optimizm buyuk kishilarning ziynatidir.
Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim.
Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab bo‘lsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik bo‘lgani taqdirda ham, u saxovat emas.
Kimning qo‘lida quyidagi besh narsa jilovi bo‘lsa, yaxshi hayotining garovi bo‘lur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining mo‘lligi, to‘rtinchisi – sodiq do‘st va beshinchisi – farog‘at. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan.
Kichiklarga hazilu istehzo o‘qin otmoq – ulug‘lik obro‘sin bekorga sotmoq va zillatu xorlik g‘uboriga botmoqdir.
Agar och bo‘lsang, har qanday osh-non senda qattiq ishtaha qo‘zg‘atadi. Sen bilan o‘tirgan ulfatlaringda esa ishtahang senga nisbatan nafrat uyg‘otadi.
Jan Jak Russo
Yaxshi ishlarning yana bir afzalligi shundaki, u qalbni yuksaltiradi va uni yanada ezgu ishlarga moyil qiladi.
Mishel de Monten
Birovni o‘rgatishingga o‘zing o‘ganishing uchun lozim bo‘lgandan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.
Rene Dekart
Aqlli bo‘lish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir.
Frensis Bekon
Bilim — kuch. Kuch esa bilimdadir.
Demokrit
Masala bilimning butunligida emas, aqlning butunligida.
Farididdin Attor
Kim agar do‘stlar ila yakdil bo‘lur, Barcha maqsudi aning hosil bo‘lur.
Benedikt Spinoza
Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko‘ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g‘oyat mushkul bo‘lib qoladi.
Menandr
Inson qanchalar ajoyib? Agar u chinakam inson bo‘lsa.
Fedor Dostoyevskiy
Harakatsizlikda baxt yo‘q.
Iogann Gyote
Odam tushunishi iloji yo‘q narsani ham tushunmog‘i kerak: aks holda u haqda bosh qotirmagan bo‘lar edi.
Anvar Obidjon
Hayotning har lahzasi go‘zal, Umrning har dami g‘animat.
Vern
Vaqti kelib fan xayoldan o‘zib ketadi.
Sitseron
Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i lozim.
Shou
Ko‘pgina buyuk haqiqatlar avvaliga masxaralangan.
Shavkat Rahmon
Jangda o‘lgan emas biror bahodir, Bari halok bo‘lgan xiyonatlardan.
Spenser
Taraqqiyot tasodif emas, zaruratdir.
Karleyl
Eng katta xato odam o‘zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Jeferson
Haqiqatdan qo‘rqmaydigan odamning yolg‘ondan qo‘rqishiga asos yo‘q.
Aflotun
Suqrot – do‘st, lekin eng yaqin do‘st – haqiqat.
Diogen
Insonni qidiryapman.
Eynshteyn
Xayol bilimdan muhimroq.
Balzak
G‘oya faktdan yuqori turadi.
Arastu
Donishmandlik – fanlarning eng anig‘i.
Gyote
Kishi o‘zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Chexov
Yolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham yolg‘on gapirib o‘ladi.
Lukian
Sen pashshadan fil yasamoqchimisan?
Lyudovig XIV
Davlat bu – mening o‘zim.
Arastu
Aflotun – do‘st, lekin haqiqat ulug‘roqdir
Sitseron
Chehra – qalbning oynasi.
Felenon
Haqiqatni yomon ko‘radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko‘radilar
Kvintilian
O‘rganish hech qachon kech emas.
Valter
O‘zgalar sirini oshkor etish – sotqinlik, o‘z sirini oshkor etish axmoqlikdir.
Ezop
Haqiqiy do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi.
Tit Liviy
Hechdan ko‘ra kech.
Sezar
Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qozondim.
Pavlenko
Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.
Chexov
Qisqalik – iste’dodning singlisi.
Arastu
Hammaga do‘st bo‘lgan odam hech kimga do‘st emas.
Cho‘lpon
Yutganing o‘zingniki, chaynaganing – gumon.
Shou
Odam o‘z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o‘z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o‘z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o‘zining QO‘RQOQligini o‘ylamaydi.
Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: “Falonchi sening haqqingda falonday pistonday noma’qul gaplarni gapirdi”, debdi. -Qachon? -Bugun. -Qayerda? -Uyida. -Uning uyida nima qilayotgan eding? -Ziyofatga boruvdim. -Ziyofatda nima yeding? Haligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi. Shunda Hasan Basriy (q.s.): -O‘sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig‘diyu bir og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu yerdan! – dedilar va g‘iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.
Jaloliddin Rumiy.
Hazrati Bahouddin Naqshband (q.s.)dan muridlari bir karomat ko‘rsatishni so‘rashdi. Hazrat o‘rinlaridan turdilar-da, yengil-yengil besh-olti qadam yurib, yana joylariga cho‘kdilar. Muridlar hayron bo‘lib qarashdi. Hazrati Naqshband (q.s.) dedilar: -Ikki yelkamda tog‘day-tog‘day gunohlarni ko‘tarib, qushday yengil yurishimning o‘zi karomat emasmi?!
Tohir Malik
Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi.
Jon milton
Tasodif yo‘q bu dunyoda hamma narsa yo sinov, yo jazo, yo mukofot, yo oldindan aytish.
Shamsi Tabriziy
Ba’zan uzoqlashmoq kerak, yaqinlashmoq uchun. Ba’zan eslamoq kerak, eslanmoq uchun. Ba’zan yig‘lamoq kerak, ochilmoq uchun. Ba’zan sukut yaxshidir, tinglamoq uchun.
Jaloliddin Rumiy.
Dunyo yasangan, bezangan chiroyli bir kelinchak kabidir! U barchaga kulib boqadi, ammo hech kimga tegmaydi. Dunyoning bu kayfiyatini anglagan buyuk zotlarimiz unga qiyo ham boqmay o‘tib ketaveribdilar.
Musyakodzi Saneasu
Ishonchim komilki, go‘zallik sirini kashf etish nasib qilganda, tabiatning irodasini anglash imkoni tug‘ilganda — ana shunda yashashdan maqsad ham to‘la oydinlashadi.
Jorj Bayron
Qaysidir bir qayg‘uli, g‘amgin narsaga kulgan bo‘lsam, buning sababi yig‘lay olmaganimdandir.
Leo Ferre
Poeziya bu — ovoz. Uni tinglay bilish kerak. Xuddi musiqani tinglagandek. U, kamoncha ishga tushishi bilan g‘ijjakka jon kirgandek, tovush pardalari harakati bilangina jonlanadi. Ko‘z qog‘ozdagi bosma harflar navosini tinglashi lozim.
Arastu
Tarixchi olim bilan shoir o‘z asarlarini biri vaznsiz, ikkinchisi vaznga solib yozishi tufayligina bir-biridan farqlanmaydi. Agar Gerodotning asarlari she’riy vaznga solib yozib chiqilsa ham baribir tarixiy asarligicha qoladi.
Jaloliddin Rumiy.
Tarix sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan bo‘lgan Mahmud Kamoldan so‘radilar:
-Sizdagi bilimning o‘ndan biriga ham ega bo‘lmaganlar sizdan bir necha barobar ko‘proq tanildilar. Buning sababi nimada ekan?
-Men bilmoq uchun o‘rgandim, ular bilinmoq uchun!
Jon Milton
Vaqt — dunyoda undan uzun, undan qisqa narsa yo‘q.
Xalq hikmatlari
Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-onalar farzandlariga aslidagiday ko‘rinishi kerak.
Firdavsiy
To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,
Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.
Shamsi Tabriziy
Ilm uch narsadan iboratdir: zokir til, shokir qalb va sobir badan.
Shamsi Tabriziy
Ba’zan ortingga qarab qo‘y: shunda qaerdan kelganingni unutmaysan.
Firdavsiy
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,
Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.
Jon milton
Aql bitta o‘zi jannatni jahannamga, jahannamni jannatga aylantirishi mumkin.
Tohir Malik
Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.
Jaloliddin Rumiy.
Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
-Behad gunohkorman, — debdilar, — shu kasalimga qarshi doring bormi?
-Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi.
-Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi.
Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
-Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!!
Xorxe Luis Borxes
Shouning “Sezar va Kleopatra”sida Aleksandriya kutubxonasi haqida so‘z boradi va uni insoniyat xotirasi jamlangan koshona, deyishadi. Darhaqiqat, kitob odamzotning xotirasi xazinasidir.
Pablo Pikasso
Siz tushunmayman, deb aytyapsizmi? Sababini faqat o‘zingizdan qidiring. Siz naqadar kambag‘alsiz, modomiki, tuyg‘uni aql bilan bog‘lay olmas ekansiz..
Pol Klodel
Hatto oddiy kapalakning parvozi uchun ham butun bir osmon kerak.
Frans Kafka
Uydan tashqariga chiqishingga hojat yo‘q. Yozuv stolingdan jilma va tingla. Hatto tinglama ham, faqat kut. Hatto kutma ham, shunchaki sukut saqla va yolg‘iz bo‘l. Shunda olam o‘zini oshkor etishni boshlaydi, u boshqacha bo‘la olmaydi, u sening qoshingda ilojsiz o‘zining arzu jamolini namoyon etadi.
Jubron Xalil Jubron
Men hali ham faqir faqirligidan uyalmaydigan, balki boy boyligi bilan faxrlanishdan uyaladigan jamiyatni orzu qilaman.
Erkin Vohidov
Adabiyot hamisha ma’naviyatning oldingi qatorida borgan va shunday bo‘lishi kerak.
Filip Chesterfild
Yaxshi tarbiya mahsuli bu — kishi o‘z qadr-qimmatiga yarasha o‘zini tuta bilishidir. Shunday fazilatli kishini har qanaqa takabbur odam ham izzat qilishga majbur bo‘ladi.
Amir Temur
Azmu jazm bilan ish tutdim. Biror ishni qilishga qasd etgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim.
Rimliklarning hikmatli so‘zlari
Inson hayoti – kurash demak.
Tomas Mann
Barcha istak va harakatlarimiz asablarimizning ehtiyojlari sabab dunyoga keladi. Bu ehtiyojlarni so‘z bilan ta’riflash qiyin.
Tomas Mann
Axloq, shubhasiz, hayotda eng muhimidir.
Rimliklarning hikmatli so‘zlari
Har kimning izzatini bil va izzat qil.
Amir Temur
Kengash ikki turli bo‘lur: biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog‘iga quyardim va dilimga joylardim.
Filip Chesterfild
Kim eng beaql hisoblanadi: bor gapni to‘ppa-to‘g‘ri hammaga ochib tashlayveradiganmi yoki hech qachon hech kimga to‘g‘ri gapirmaydiganmi? Siyosatda, xuddi savdodagidek, benuqson nom kerak kishiga. Na birinchi yo‘l bilan va na ikkinchi yo‘l bilan bunga erishib bo‘lmaydi.
Erkin Vohidov
Raqobatli dunyoda kitobning qudratli, sehrgar raqiblari ko‘p.
Muhammad Iqbol
Meni ishq sayqalladi, inson bo‘ldim. Dunyoning ulug‘vorligi va ojizligini bildim.
Rasul Hamzatov
Burgut tovuqlar orasida bemalol yuraversa, u burgut emas.
Jaloliddin Rumiy
Sevgida quyosh kabi bo‘l. Do‘stlik va qardoshlikda oqar suv kabi bo‘l. Birovlarning xatolarini yopishda kecha kabi bo‘l. Tavozeda tuproq kabi bo‘l. G‘azab onida o‘lik kabi bo‘l. Har ne bo‘lsang bo‘l – yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l.
Fridrix Shiller
Har qanday g‘alabadan ustun narsa kechirimdir.
Musyakodzi Saneasu
Ishonchim komilki, go‘zallik sirini kashf etish nasib qilganda, tabiatning irodasini anglash imkoni tug‘ilganda — ana shunda yashashdan maqsad ham to‘la oydinlashadi.
Alisher Navoiy
Onalar oyog‘i ostidadur Ravzayi jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar ersang,
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.
Najmiddin Kubro
Ko‘rdimki, umr va dunyodan ko‘ra tez shoshilib, yo‘q bo‘lib ketadiganroq, o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, xotirjamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q ekan.
Iogann Gyote
Asossiz ish, nimaga qaratilganidan qat'i nazar, doimo inqiroz bilan tugaydi.
Jaloliddin Rumiy
Hayot uyqudir, o‘limla uyg‘onur inson. Sen shoshil, o‘lmasdan avval uyg‘on
Abu Ali ibn Sino
Abu Ali ibn Sinodan so‘radilar: — Dunyoda davosi bo‘lmagan biron dard bormi? — Yaxshining yomonga muhtoj bo‘lishi — davosiz darddir.
Mahmud az-Zamahshariy
Seni kasodu inqirozga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, “qo‘rqma”, “zarari yo‘q”, “ziyoni yo‘q”, deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo‘l.
Imom G‘azzoliy
Ilm hayo bilan kibr orasida yo‘q bo‘lib ketadi.
Konfutsiy
Agar o‘qisang-u o‘ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o‘ylasang-u o‘qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.
Lev Tolstoy
Hamma narsani o‘qiyverish yaramaydi, dilda tug‘ilgan savollarga javob bera oladigan kitoblarnigina o‘qish kerak.
Najmiddin Kubro
Vaqtni “essiz”, “qaniydi”, “koshkiydi”lar bilan o‘tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.
Jaloliddin Rumiy
Sevgida quyosh kabi bo‘l.
Do‘stlik va qardoshlikda oqar suv kabi bo‘l.
Birovlarning xatolarini yopishda kecha kabi bo‘l.
Tavozeda tuproq kabi bo‘l.
G‘azab onida o‘lik kabi bo‘l.
Har ne bo‘lsang bo‘l –
yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l.
Iogann Gyote
Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Rasul Hamzatov
Burgut tovuqlar orasida bemalol
yuraversa, u burgut emas.
Imom G‘azzoliy
Qabrda yotganlar pushaymon qilayotgan ishlar ustida tiriklar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqdalar.
Umar ibn Horis
Qadimda ezgu ishlarni ko‘p qilishardi, lekin gapirishmasdi. Keyin ham qiladigan, ham gapiradiganlar keldi. Endi esa faqat gapirishmoqda.
Iogann Gyote
Tug‘ilish — o‘limga qo‘yilgan birinchi qadamdir. O‘limdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir.
Onore de Balzak
Buyuk kishilar hech qachon maddohlik qilmaydilar. Xushomad — mayda odamlarning ishi, ular o‘zlari havas qilgan atoqli shaxslarning hayotiy muhitiga kirib olish uchun yana ham maydalashishga tayyor kimsalardir.
Lev Tolstoy
Uzoq suhbatdan so‘ng o‘tgan gaplarni bir eslashga urinib ko‘r, shunda gapirilganlarning aksariyat qismi behuda, keraksiz va ko‘pincha axmoqona bo‘lganiga hayron qolasan.
Mahmudxo‘ja Behbudiy «Oyna» jurnali, 1915- yil
To‘y va ta’ziyag‘a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va-din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‘zimiz-da, dinimiz-da obro‘y va rivoj topar. Yo‘q, hozirgi holimizg‘a davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydur.
Konfutsiy
Qadimda kam so‘ylashardi, o‘z so‘zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo‘rqishardi.
Alisher Navoiy
Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
Abu Ali ibn Sino
Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutulib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim.
Mahatma Gandi
Jazolashdan ko‘ra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir.
Rasul Hamzatov
O‘tmishga to‘pponchadan o‘q uzsang, kelajak seni to‘pga tutadi.
Abu Rayhon Beruniy
Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
Vilyam Shekspir
Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla! Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi
Charlz Dikkens
Eshiklar har qancha katta bo‘lmasin, ularning kaliti kichkina bo‘ladi.
Herman Hesse
Dorilfununlardagi, korxonalardagi, birjalardagi va ko‘ngilxushlik qiladigan joylardagi “real” hayot har qancha hayajonli bo‘lmasin, biz har kuni ikki soat vaqtimizni o‘tgan zamonlarning falsafasini va adabiy asarlarini mutolaa qilish bilan o‘tkazmasak, haqiqiy hayotga yaqinroq bo‘la olmaymiz.
Alber Kamyu
Har bir avlod o‘zini dunyoni qayta qurishga mas’ul, deb hisoblaydi. Men mansub bo‘lgan avlod esa bunday qilolmasligini biladi. Biroq uning vazifasi, ehtimol, undan-da kattaroqdir. Bu vazifa yer kurrasi yo‘q bo‘lib ketishiga xalal berishdan iborat.
Iosif Brodskiy
Hech narsa til kabi insonga o‘zini anglashida katta yordam bera olmaydi. Modomiki men o‘zimga nisbatan aniqlikni anglar ekanman, demak, bu mening o‘z tilimda yaxshi yoza bilishimdan dalolatdir. Men foydalanadigan so‘zlar meni adashtirmaydi, men shu so‘zlarni yozayotib hech kimni aldamayotganimni yaxshi bilaman.
Giyom Apolliner
Tabiatdan, xuddi fotograflardek, nusxa ko‘chirmaslik kerak. Odam yurishga taqlid qilishni o‘ylab g‘ildirakni kashf etdi. Bu bilan u, o‘zi bilmagan holda, syurrealistik harakatni amalga oshirdi.
Jak Prever
Baxtsizlik bir o‘zi kelmaydi, uning ortidan quvonch ko‘rinish beradi.
Tomas Eliot
Bugun barchaga birdek ma’qul bo‘layotgan fikr-mulohazalar bu — kechagi bahs-munozaralar, xolos.
Viktor Gyugo
Zakovatli insonni hayotga buyuk ehtiromidan ham tanib olsa bo‘ladi.
Xose Ortega-i-Gasset
Siz Uyg‘onish nimaligini bilasizmi? Bu hayot quvonchi, uyg‘unlik zamoni. Olam tag‘in odam ko‘z o‘ngida jannatdek gavdalanadi. Orzu-istaklar va hayot-sharoit bir-biriga to‘la-to‘kis mos, muvofiq keladi.
Rimliklarning hikmatli so‘zlari
O‘zgalar bilan emas, o‘zing bilan ko‘p gaplash.
Filip Chesterfild
Tejamkorlikning chegarasi qaerda ekanligini aniq aytish qiyin. Uning ikki tomonida ikki balo yotadi: xasislik va isrofgarchilik. Ikki yomonlikdan kamrog‘ini tanlash zarur bo‘lsa, birinchisini tanlagan ma’qul. Chunki xasislikni tuzatish mumkin bo‘lar, isrofgarchilikni esa aslo.
Lev Tolstoy
Yaqin kishingni o‘zingday yaxshi ko‘r, ikki yaqin kishingni esa o‘zingdan ham ko‘proq yaxshi ko‘r.
Erkin Vohidov
Bu olamda yo‘qotishlar ichidagi eng og‘ir yo‘qotish insonning o‘zligini yo‘qotishidir. Odamzod tafakkur va ehtiros, ruhiyat va imon dunyosida yashaydi. U yuragidagi e’tiqod bilan, ishonch bilan tirik va butun. O‘zlikni yo‘qotmoq ana shu olamdan judo bo‘lmoqdir, inson imoratidagi ruknlarning – ustunlarning sinmog‘idir.
Albert Enshteyn
Hech qachon xato qilmagan odam biror-bir yangi narsani hech qachon sinab ko‘rmagan bo‘ladi.
Konfutsiy
Moddiyotning ortida ezgulik nish urmog‘i uchun besh narsa kifoya: ko‘ngil kengligi, samimiyat, shiddat, yaxshilik va jiddiylik.
Frans Kafka
Biz shunchaki javob berolmaydigan savollar bor, shukrki tabiatning o‘zi javob berishdek mashaqqatni bo‘ynimizdan soqit qildi.
Lev Tolstoy
Ortiqcha narsangni o‘zing uchun emas, jamiyat uchun ishlat.
DON AMINADO
Agar dunyodan o‘tganimizdan keyin biz haqimizda nima deb gapirishlarini bilsak edi, allaqachon yashamagan bo‘lardik.
EMIL KROTKIY
Donishmandlar va tish do‘xtirlari ildizga qaraydilar.
Frans Kafka
Biz jannatda yashash uchun yaratilgan edik, jannat esa bizlarga xizmat qilish uchun. Bizning yozig‘imiz o‘zgartirilgan edi, jannatning yozig‘i haqida esa gapirilmaydi.
Tomas Mann
Oilada hamma bir-birini himoya qilishi kerak, aks holda, ko‘rgiliklar eshik qoqib keladi.
Albert Enshteyn
Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting ma'no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go‘zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir.
Charli Chaplin
Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni ko‘rolmaydi
Nolan Bushnell
Eng muhimi – muvaffaqiyatga erishish uchun nimadir qilish va bunga hoziroq kirishish. Juda oddiy bo‘lishiga qaramay, muvaffaqiyatning eng asosiy sir-sinoati shu. Ajoyib-g‘aroyib g‘oyalar har kimda bor, biroq uni hayotda tatbiq etayotganlar, ayniqsa, ayni damda shu ish bilan shug‘ullanayotganlar juda kam. Ertaga yoki keyingi hafta emas, hoziroq ishga kirishish kerak.
Uorren Baffet
Obro‘-e'tiborni shakllantirish va mustahkamlash uchun yigirma yil kerak bo‘ladi. Uni yo‘qqa chiqarish uchun esa besh daqiqa ham yetarli. Agar siz buni jiddiy o‘ylab ko‘radigan bo‘lsangiz, qilayotgan ishingizga munosabatingiz albatta o‘zgaradi.
Goratsiy
Hayot og‘ir mehnat va tashvishlarsiz sizga hech narsa hadya etmaydi.
Rimliklarning hikmatli so‘zlari
Arastu – hamisha Arastu emas (ya’ni, donishmand ham xato qiladi).
Amir Temur
Kimda-kim o‘z kayfiyatini, e’tiborini, yuz ifodalarini boshqara olmas ekan, siyosatda arzigulik muvaffaqiyatga erishish to‘g‘risida xayol qilmasa ham bo‘laveradi. Kayfiyatiga tobe, uni yashira bilmagan odam qanchalik donish bo‘lmasin, uning ustidan eng aqli past ham g‘alaba qilishi mumkin.
Erkin Vohidov
Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yo‘qmi, o‘qituvchilar saviyasiga bog‘liq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim.
Lev Tolstoy
Har tun kunduzi o‘rganganlaringni takrorla.
TAGOR
Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.
Li Shan-In
Masalaning mohiyatiga yetmasdan boshqalarni urishish;
– o‘rinsiz taqlid qilish;
– bolalarga to‘la erkinlik berib qo‘yish kabilar befoydadir.
Konfutsiy
Hech bir do‘st o‘zing kabi bo‘lolmaydi.
G‘aybulloh as-Salom
Men so‘zshunos professordan ko‘ra didli muharrirni afzal ko‘raman. Chunki professor — ko‘p, yaxshi muharrir esa — … Hozir O‘zbekistonda zo‘r muharrir kim? Qani, nomma-nom ayting-chi?..
Albert Enshteyn
Mantiq sizga A nuqtadan B nuqtaga borib olishingiz uchun yordam beradi. Tasavvur esa butun dunyoni kezishingiz uchun qanot bag‘ishlaydi.
Charli Chaplin
Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi.
Amir Temur
Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin.
Rimliklarning hikmatli so‘zlari
Shoh – qonun emas, qonun – shoh.
Erkin Vohidov
Biz o‘zbeklarda istihola kuchli. O‘zni namoyon qilishdan tortinamiz… Endi o‘sha istiholani yig‘ishtirib, xalq bilan muloqotning hamma shakllaridan foydalanishimiz lozim. Bu zamon oldidagi, Vatan oldidagi burchimizdir.
Navoiy
Tabiatga har neki odat bo‘lur,
Chu eskirdi odat tabiat bo‘lur.
Albert Enshteyn
Buyuk aqllar hamisha o‘rtacha aqllarning shiddatli qarshiligiga duch keladi. Chunki o‘rtacha aql egalari eskicha fikrlashdan yiroq, o‘z salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kishilarni qabul qila olmaydi.
Tomas Mann
Vaqt undan foydalanib aqlliroq, yaxshiroq, pishiqroq va mukammalroq bo‘lishimiz uchun berilgan qimmatbaho sovg‘adir.
Semyuel Jonson
Buyuk muvaffaqiyatlar qat’iyat va qunt-matonatning natijasi, xolos
Rimliklarning hikmatli so‘zlari
Ilmning ufqi keng, hayot esa qisqa.
Tomas Mann
Axloq va hayot bir butundir. Axloq – hayot tirgagi, axloqli odam hayotning chinakam fuqarosidir.
Fridrix Shiller
To‘g‘rilik har qanday unvonni bezaydi.
Rimliklarning hikmatli so‘zlari
O‘z ustingdan hukmronliging – eng oliy hukmronlik.
Alixonto‘ra Sog‘uniy
Hayot olamida eng ulug‘, oliy darajalik yaratilgan narsa – shubhasiz bu insondir. Shuning uchun inson huquqlarini eng yuqori darajada saqlash haqiqiy madaniyatning ayrilmas bir tarmog‘idir...
Arastu
Harakat hayot ko‘zgusidir.
A. Oripov
Uchrashdi dunyoning ikki zo‘r piri
Ularni qiynardi dunyoning siri.
Biri yig‘lab derdi:-Uni tushundim,
Tushunmadim-deya yig‘lardi biri.
Rasul Hamzatov
Birov bilan suhbatlashayotganingizda yoki sirlashayotganingizda tilingizga ehtiyot bo‘ling aks holda o‘zingizga yomon bo‘lar ekan...
Inson so‘zlashni o‘rganishi uchun ikki yil kifoya, tilni tiyishni o‘rganish uchun 60 yil kamlik qiladi
Blez Paskal
Insonning ulug‘ligi uning fikr yuritishga qodirligidadir.
Kaykovus.”Qobusnoma”
Og‘izdan chiqmagan so‘zing – sening quling, og‘izdan chiqqaniga esa sen quldirsan.
Mishel de Monten
Birovni o‘rgatishingga o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lgandan ham ko‘ra ko‘proq aql kerak.
Imom G‘azzoliy
Ilmning avvali sukut, so‘ng eshitish, so‘ng yod olish, so‘ng amal qilish, so‘ng uni tarqatish.
Norbert Viner
Haqiqiy yashash – to‘g‘ri axborotga ega bo‘lib yashashdir.
O‘tkir Xoshimov
Umr ikki eshik orasiga o‘xshaydi. Birinchi eshikdan kirib ikkinchi eshikdan chiqib ketamiz. Shu vaqt orasida hayot deb atalmish imoratga bitta g‘isht qo‘yishga ulgurish kerak. Shundaylar borki g‘isht qo‘yish u yoqda tursin, iloji bo‘lsa bironta g‘ishtni o‘marib ketish payida bo‘ladi.
Albert Enshteyn
Men hamma bilan bir xil muomala qilaman. Xoh u farrosh bo‘lsin, xoh – universitet rektori.
Charli Chaplin
Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qo‘yishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uyg‘unlashtira olsam, u o‘sha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi.
Gyote
Noshukrlik kuchsizlikning ko‘rinishidir. Buyuk odamlar hech qachon noshukr bo‘lmaydi.
Brayan Treysi
Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat o‘z foydasini o‘ylaydiganlar esa mag‘lubiyatga uchrayveradi.
Javoharla’l Neru
Muvaffaqiyat faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yo‘qlaydi.
Erkin Vohidov
Insonga bir marta beriladigan hayotda u umridan, o‘tgan kunidan qoniqib yashashi kerak. Vijdoniga xilof ish qilmay yashasa – bundan ulug‘ baxt yo‘q. Har bir aytgan so‘zing, ishing oֲ‘zingning xohishingga muvofiq bo‘lsa – eng katta baxt shu. Aksincha, insonning o‘z ichki intilishlari, qalbi, e’tiqodi, so‘zi bilan ishi o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lsa, vijdoni buyurganini qilolmasa, bu – inson uchun juda katta baxtsizlikdir.
Filip Chesterfild
Inson ongiga uning qalbi orqali yo‘l topgan ma’qulroq.
Amir Temur
Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay.
Rimliklarning hikmatli so‘zlari
Himmat himmatni chaqiradi, ishonch ishonchni tug‘diradi, va’da ijrosi bilan chiroyli.
Tomas Mann
Mukammallik katta quvonch olib keladi.
Jorj Eliot
O‘zingiz orzu qilgan kishi bo‘lishingiz uchun hech qachon kech emas.
Charli Chaplin
Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir.
Jak Iv Kusto
Haqiqiy boylik – hayotning o‘zi va qizg‘in faoliyatdir.
Albert Enshteyn
Kichik ishlarda haqiqatdan ko‘z yumadigan kishiga muhim ishlarni topshirib bo‘lmaydi.
Alisher Navoiy
Menga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam ersam, ushbu basdur.
Konfutsiy
Men bilimdon bo‘lib yaralgan emasman, shu bois bilimni o‘tmishdan olishga jiddu jahd qildim.
Frans Kafka
Odamlar bilan muloqotda bo‘lish o‘zingni anglashingga olib keladi.
Lev Tolstoy
Har kun zaifroq biladigan tilingda she'r yodla.
G‘aybulloh as-Salom
Tilning g‘aribligi — tafakkurning qashshoqligidan.
Don Aminado
Yangicha hayotni dushanbadan boshlagan ma'qul.
Bernard Shou
“ Jamiyatga optimistlar ham, pessimistlar ham hissa qo‘shadi. Optimist samolyotni o‘ylab topgan bo‘lsa, pessimist parashyutni ixtiro qilgan.
Bernard Shou
“ Agar sizda bitta olma, menda bitta olma bo‘lsa va biz ularni alishsak, har ikkimizda bittadan olma qoladi. Agar menda bitta g‘oya, sizda bitta g‘oya bo‘lsa va biz ularni alishsak, ikkovimizda ham ikkitadan g‘oya bo‘ladi.
Doktor Oiz Qarniy
“ Hech kimni past sanama, hatto Allohga kabira gunoh qilayotgan kishini ham. Chunki, qiyomat kuni Allohga sen yaqinroq bo‘lasanmi yoki u yaqinroq bo‘ladimi, bilmaysan!
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
“Daraxtga xizmat qilgandim, meva berdi. Basharga xizmat qilgandim, inkor qildi.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
“Aqldek boylik yo‘q. Johillikdek faqirlik yo‘q. Odobdek meros yo‘q. Mushovaradek yordamchi yo‘q.
TAGOR
“Agar sen barcha ishtibohlarga eshigingni berkitsang, haqiqat ham tashqarida qoladi.
Hayot hikmatlaridan
“Agar butun Fransiyadagi atirlar bir idishga joylansa ham yaxshi ko‘rgan insonimizning hididan o‘ta olmaydi.
Hayot hikmatlaridan
“To‘rta narsa to‘rt narsaga olib boradi:
Jim turish salomat bo‘lishga.
Yaxshilik qilish ulug‘ bo‘lishga.
Saxovat ko‘rsatish ustun bo‘lishga.
Shukr qilish ziyoda bo‘lishga.
Hayot hikmatlaridan
“Hurmat qilsang, hurmat qilinasan. Sadaqa qilsang, rizqing yana ziyoda bo‘ladi. Tabassum qilsang, ajr olasan. Tavozu'li bo‘lsang, yuksalasan.
Hasan al-Basriy
“Husni xulq bu—yaxshilik ulashmoq, yomonlikdan tiyilmoq va ochiq yuzli bo‘lmoqdir”!
Alisher Navoiy
Yo'l yomonu yaxshisidan yema g'am,
Bismilloh, degilu qo'yg'il qadam.
Rimliklarning hikmatli so'zlari
Yaxshi boshlanish – ishning yarmi.
Hayot falsafasi
Minnatdorlik barcha eshiklar kalitidir. Sendagi bor narsalarga shukronalik qilsanggina undanam ko'piga munosibsan. Zero, kimlardir sendagi boriga muhtojlikda yashamoqda.
Ayub Shahobiddinov
"Vaqtni qadrlay olmagan inson hech narsaga erisholmaydi".
Konfutsiy
Biz uchun eng katta huzur – uyquda emas, har tong uyg'onishdadur.
Lev Tolstoy
Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
Aflotun
Yaxshilar mas'uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo'lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo'l topadilar.
Leonardo Da Vinchi
Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi.
Albert Enshteyn
Erishgan barcha yutuqlarim alohida aql sohibi ekanimdan emas. Men masalalarni yechishda uzoq vaqt taslim bo'lmayman.
Charli Chaplin
Tabassumsiz kun – yo'qotilgan kun.