Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta`minlash, aholining turmush darajasini oshirish va samarali bandligini ta`minlashda xizmatlar sohasining har tomonlama rivojlanishi muhim masalalardan biri bo`lib hisoblanadi.

Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o`sishni ta`minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo`yishmoqda.

1-rasm

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi bo’yicha xizmatlarning asosiy turlari

Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo`layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta`sir ko`rsatadi, bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini ko`rsatib beradi.

O`zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim yo`nalishlari
va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashda mazkur soha muhim o`rinni egallamoqda.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari va yo`nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2016 yillarda bozor xizmatlari hajmi 2,7 martaga oshib, 92,5 trln.so`mgacha ko`paydi. Aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 2,3 martaga o`sdi va 2,9 mln. so`mni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval

2010-2016 yillarda O`zbekiston Respublikasi bo`yicha xizmatlar sohasi asosiy ko`rsatkichlarining dinamikasi

 

2010 y.

2011 y.

2012 y.

2013 y.

2014 y.

2015 y.

2016 y.

I. Xizmatlar hajmi,
trln. so’m

26,0

33,7

42,6

53,7

65,9

75,4

92,5

O’tgan yilga nisbatan o’sish, foizda

116,1

117,2

114,7

114,4

115,1

114,0

114,5

2009 yilga nisbatan o’sish, foizda

116,1

136,1

156,1

178,6

2,1 m.

2,3 m.

2,7 m.

II. Aholi jon boshiga ko’rsatilgan xizmatlar hajmi, ming so’m

911,7

1148,7

1429,1

1774,0

2141,9

2407,6

2905,6

 

Hozirgi vaqtda, respublikada xizmatlar sohasida 16,5 mingdan ortiq yirik tashkilotlar (bozor xizmatlarini ko`rsatuvchi notijorat tashkilotlarini qo`shgan holda) va 126 mingdan ortiq kichik tadbirkorlik sub`ektlari faoliyat ko`rsatmoqda.

2-rasm

Faoliyat turlari bo’yicha xizmatlar sohasida bandlarning ulushi

2010-2016 yillarda xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi deyarli barcha hududlarda ijobiy rivojlanish tendentsiyalarini ko`rsatib turibdi.

2016 yilda Namangan, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahri peshqadamlar qatoridan joy egallashgan. Toshkent shahrida yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlanishi, avvalo aholi real daromadlarining o`sishi, yakuniy iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, bu har xil turdagi xizmatlarning rivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatmoqda (3-rasm)

3-rasm

2016 yilda hududlar kesimida xizmatlar ishlab chiqarish hajmining o`sishi

(foizda)

 

Xizmatlar sohasining aholi jon boshiga nisbatan rivojlanishi ko`rsatkichiga aholi soni muhim ta`sir ko`rsatadi. Masalan, aholi soni nisbatan kam bo`lgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari aholi zich joylashgan hududlar hisoblangan Qashqadaryo, Namangan, Farg`ona, Andijon va Samarqand viloyatlariga qaraganda ancha yaxshi ko`rinadi(4,5-rasm).

4-rasm

2010 yilda aholi jon boshiga xizmatlar hajmi bo’yicha hududlar reytingi

(ming so’m)

5-rasm

2016 yilda aholi jon boshiga xizmatlar hajmi bo’yicha hududlar reytingi

(ming so’m)

Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, sanoati rivojlangan hududlarda (qazib olish sanoatini hisobga olmagan holda) – Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri bo`yicha xizmatlar sohasining o`rtacha jon boshiga ko`rsatkichlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Jizzax va Surxondaryo viloyatlariga nisbatan yuqoriligi kuzatildi (6-rasm).

6-rasm

2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga ko`rsatilgan xizmatlar hajmi

(ming so’m)

7-rasm

Hududlar bo’yicha aholi jon boshiga xizmatlar o’sishi

(foizda)

Shu bilan birga, respublikaning iqtisodiy rivojlangan hududlarida yuqori salmoqqa ega bo`lgan xizmat turlarining oshishi tendentsiyasi kuzatilmoqda (8-rasm).

8-rasm

Jami transport xizmatlari hajmida hududlar bo’yicha transport xizmatlarining ulushi

(foizda)

Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi hisobiga O`zbekiston Respublikasida 2010 yildan 2016 yilgacha sohaning yaIMdagi hissasi ortib bordi. Xususan, 2010 yilda yaIMda xizmatlar sohasining ulushi 46,9 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 2016 yil yakuni bo`yicha (dastlabki ma`lumot) 49,5 foizga yetdi (9-rasm).

9-rasm

YAIMda xizmatlar ulushi

Aholi tomonidan har xil turdagi xizmat ko`rsatish turlariga bo`lgan talabning doimiy o`sishi va davlat tomonidan ushbu sohaga aloqador infratuzilmalarni (ijtimoiy, transport-kommunikatsiya, savdo va boshqalar) rivojlantirish bo`yicha ko`rilayotgan amaliy choralar xizmatlar sohasining barcha tarmoqlarini jadal rivojlanishini ta`minladi (10-rasm).

10-rasm

2010-2016 yillarda alohida xizmat turlarining o`sishi

 Masalan, savdo oddiy taqsimlash mexanizmidan iste`molchiga yo`naltirilgan bozor talablarini shakllantirish jarayonlarida faol ishtirokchiga aylandi. Hozirgi vaqtda, savdo xizmatlari iqtisodiyotda ko`rsatilgan jami xizmatlar hajmining sezilarli (27,4 trln.so`m) qismini tashkil etib, 2010-2016 yillarda 3,1 martaga ko`paygan(11-rasm).

11-rasm

2016 yilda savdo va boshqa xizmatlar hajmining o’zaro bog’liqligi

(trln so’m)

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari jadal rivojlanib, ularning umumiy hajmi 4,6 martaga oshgan. Telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish milliy dasturlarining amalga oshirilishi, simsiz telefon aloqalarning o`sishiga, uyali aloqa abonentlari va Internet tarmog`iga jamoaviy ulanish joylari sonining ko`payishiga olib kelmoqda.(12, 13-rasmlar).

12-rasm

Mobil aloqa xizmatlarining o’sish darajasi

(foizda)

 

13-rasm

Internet xizmarlari hajmi va abonentlar sonining o’sishi

2016 yil yakunlari bo`yicha, aholining uyali aloqa bilan ta`minlanishi 100 kishi hisobiga 65,3 birlikni tashkil etdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma`lumotlariga ko`ra, xalqaro kanallarning ma`lumotlarni uzatish qobiliyati 54980 Mbit/s (2010 yilda 2510 Mbit/s.)ni tashkil etgan. Hozirgi vaqtda, raqamli televideniega to`liq o`tish bo`yicha keng ko`lamli dasturlar amalga oshirilmoqda(14-rasm).

14-rasm

Xalqaro kanallarning ma’lumotlarni uzatish qobiliyati

2010-2016 yillarda moliyaviy xizmatlar hajmi 4,2 martaga oshdi. Bunday o`sishga, tijorat banklarining, ularni kapitallashtirish va moliyaviy barqarorligini oshirishni o`z ichiga olgan moliyaviy faoliyatlarini takomillashtirish natijasida erishildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini kreditlashning takomillashgan mexanizmi, istiqbolli investitsiya loyihalarini kreditlashni kengaytirish, shuningdek yangi elektron to`lov texnologiyalarini joriy qilgan holda moliyaviy tashkilotlarning hududiy tarmoqlarini kengaytirish moliyaviy xizmatlarning o`sishiga ta`sir ko`rsatgan boshqa omillar bo`ldi (15-rasm).

15-rasm

Moliyaviy xizmatlarning o’sishi

 

Sog`liqni saqlash tizimining isloh qilinishi, yuqori texnologik tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha tibbiy xizmat ko`rsatish darajasining oshirilishi, sog`liqni saqlash amaliyotiga ilg`or chet el tajribalarini keng joriy etilishi sog`liqni saqlash sohasi xizmatlarini 4,9 martaga oshirish imkonini berdi (16-rasm).

16-rasm

Sog’liqni saqlash sohasida xizmatlar hajmi

(mlrd so’m)

 

Hozirgi vaqtda, xizmatlar ishlab chiqarish iste`molchilarning daromadlari darajasi, didi va nimani afzal ko`rishlariga qarab tabaqalanib bormoqda.

Hajmlarning o`sishi bilan birga, bozor xizmatlarining tarkibiy nisbatlari ham o`zgardi. Xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlari qisqarib, yangi bozor xizmatlarining ulushi ko`paydi.

Xususan, 2010-2016 yillarda transport xizmatlarining ulushi 36,2 foizdan 28,2 foizga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 8,0 foizdan 6,8 foizga kamaygan. Shu bilan birga, savdo xizmatlarining ulushi 25,4 foizdan 29,6 foizga, moliyaviy xizmatlar ulushi 10,2 foizdan 10,7 foizga, ta`lim sohasidagi xizmatlar 2,9 foizdan 3,5 foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 1,1 foizdan 3,3 foizga, ko`chmas mulk bilan bog`liq xizmatlar 3,1 foizdan 3,7 foizga ko`paydi. Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta`mirlash bo`yicha xizmatlar, me`morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar va boshqa xizmatlarning jami xizmatlar hajmidagi ulushi o`zgarishsiz qolgan (17- va 18-rasmlar).

17-rasm

2010 yil xizmatlar tarkibi

(foizda)


18-rasm

2016 yil xizmatlar tarkibi

(foizda)

 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishi xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta`minlamoqda. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida, tadbirkorlik sub`ektlariga, xizmatlar ko`rsatish bo`yicha yangi tashkil etiladigan korxonalarni texnologik jihozlash uchun katta miqdordagi imtiyozli kreditlar taqdim etildi. Natijada, kichik tadbirkorlikning bozor xizmatlari ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 53,9 foizdan 61,4 foizga ko`paydi (19-rasm).

19-rasm

2010-2016 yillarda kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi

 yangi ish o`rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada barqaror o`sishini ta`minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy o`zgarishlar qilish imkonini beradi.

 Bu esa, O`zbekistonda xizmatlar ishlab chiqarish va iste`mol qilishning oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta`minlash imkonini beradi.

 

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Tugmani bosing Tinglash