Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

1.Ro`yxatdan o`tgan yuridik shaxslar holati.

Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitida olib borilgan islohotlar natijasida, 2017 yil 1 yanvar holatiga, respublika bo`yicha ro`yxatdan o`tgan korxonalar va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 285,3 mingni tashkil etib, bu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 2,5 foizga oshganligini ko`rsatdi. Ushbu korxonalarning asosiy qismi, 56,5 mingtasi Toshkent shahriga, 29 mingtasi Toshkent, 27,7 mingtasi Andijon, 23,8 mingtasi Farg`ona, 21,0 mingtasi Samarqand, 20,2 mingtasi Namangan, 18,9 mingtasi Qashqadaryo viloyatlariga va 13,7 mingtasi Qoraqalpog`iston Respublikasiga to`g`ri keladi.

1-rasm

Ro`yxatdan o`tgan korxonalar va tashkilotlar soni dinamikasi

2.Faoliyat ko`rsatayotgan yuridik shaxslar faolligi.

Shu bilan birga, 2017 yil 1 yanvar holatiga kelib, respublikada faoliyat ko`rsatayotgan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 268 mingdan ortdi.

2-rasm

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni
(fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari)

Mazkur ko`rsatkich respublika bo`yicha 2006 yilga nisbatan 2 marta, Xorazm viloyatida 2,3 marta, Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahrida 2,2 marta, Buxoro viloyatida 1,8 marta, Qashqadaryo viloyatida 1,6 marta, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida 2,0 marta, Farg`ona viloyatida 1,9 marta, Samarqanda viloyatida 1,5 marta, Surxondaryo viloyatida 1,4 marta va Qoraqalpog`iston Respublikasida esa 1,7 martaga o`sgan.

3-rasm

Iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha solishtirilganda, sanoat tarmog`ida - 2,4 marta, qurilish tarmog`ida - 1,7 marta, transport va aloqa sohasida esa - 3,3 marta ortganligini ko`rish mumkin.

Shuningdek, hududlar kesimida esa, faoliyat ko`rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy qismi, ya`ni 20,5 foizi Toshkent shahriga, 9,8 foizi Andijon, 9,3 foizi Toshkent, 8,7 foizi Farg`ona, 7,2 foizi Samarqand, 7,0 foizi Namangan, 6,7 foizi Qashqadaryo, 5,5 foizi Buxoro, 5,0 foizi Xorazm, 4,8 foizi Surxondaryo, 4,0 foizi Jizzax, 3,3 foizi Navoiy, 3,3 foizi Sirdaryo va 4,8 foizi Qoraqalpog`iston Respublikasiga to`g`ri keladi.

1-jadval

Faoliyat ko`rsatayotgan yuridik shaxslar demografiyasi
(fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari)

 
  01.01.2006 y. 01.01.2017 y. o`sishi, marta hududlar ulushi, %
01.01.2006 y. 01.01.2017 y.
O`zbekiston
Respublikasi
137303 268406 2,0 100,0 100,0
Qoraqalpog`iston
Respublikasi
7398 12944 1,7 5,4 4,8
viloyatlar:          
Andijon 11711 26277 2,2 8,5 9,8
Buxoro 8401 14808 1,8 6,1 5,5
Jizzax 4833 10693 2,2 3,5 4,0
Qashqadaryo 11448 18003 1,6 8,3 6,7
Navoiy 4361 8770 2,0 3,2 3,3
Namangan 8343 18739 2,2 6,1 7,0
Samarqand 12970 19434 1,5 9,4 7,2
Surxondaryo 9536 13002 1,4 6,9 4,8
Sirdaryo 4535 8989 2,0 3,3 3,3
Toshkent 11403 25018 2,2 8,3 9,3
Farg`ona 12101 23310 1,9 8,8 8,7
Xorazm 5780 13342 2,3 4,2 5,0
Toshkent sh. 24483 55077 2,2 17,8 20,5

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha 2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko`rsatayotgan 268,4 mingta yuridik shaxsning (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 43,5 mingtasi sanoat, 22,1 mingtasi qurilish, 18,3 mingtasi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi, 61,7 mingtasi savdo, 10,9 mingtasi tashish va saqlash, 15,5 mingtasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 6,4 mingtasi axborot va aloqa, 11,3 mingtasi ko`chmas mulk bilan operatsiyalar, 11,9 mingtasi professional, ilmiy va texnik faoliyat, 19,8 mingtasi ta`lim, 8,2 mingtasi sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish hamda 38,8 mingtasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri keladi.

4-rasm

Faoliyat ko'rsatayotkan yuridik shaxslarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha soni

(fermer va dexqon xo'jaliklarisiz)

Respublikamizda 2017 yil 1 yanvar holatiga tashkiliy-huquqiy shakllari tasniflagichi bo`yicha faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalarining umumiy soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 213089 tani tashkil qiladi.

5-rasm

Faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shakllari tasniflagichi bo`yicha taqsimlanishi, foizda

(fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari)

Faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalarining 57,0 foizini mas`uliyati cheklangan jamiyatlar, 33,2 foizini xususiy korxonalar, 3,9 foizi oilaviy korxonalar, 1,1 foizi unitar korxonalar, 0,3 foizini aktsiyadorlik jamiyatlari hamda 4,5 foizini boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardagi korxonalar tashkil etadi.

2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko`rsatayotgan yirik tijorat korxonalari soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 2302 tani tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida mazkur korxonalar va tashkilotlarning 101 tasi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi, 542 tasi sanoat, 292 tasi qurilish, 513 tasi savdo, 217 tasi tashish va saqlash, 86 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 34 tasi axborot va aloqa, 125 tasi sog`likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish hamda 392 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri keladi.

6-rasm

Faoliyat ko`rsatayotgan yirik tijorat korxonalarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi

(foizda)

Kichik tadbirkorlik sub`ektlariga tegishli bo`lgan tashkilotlar tasniflagichining takomillashtirilishi va sanoatdagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun imtiyozlarning kengaytirilishi natijasida, faoliyat ko`rsatayotgan yirik tijorat tashkilotlar soni dinamikasi 2011 yilga nisbatan barqaror pasayish tendentsiyasiga ega bo`ldi.

7-rasm

2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko`rsatayotgan xorij kapitali ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 5 mingdan ortdi.

Faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning soni o`sish darajasiga ega bo`lib, 2005 yilga nisbatan 2,2 barobarga o`sgan.

8-rasm

Faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning o`sish dinamikasi

2017 yil 1 yanvar holatiga hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning eng yuqori ulushi Toshkent shahri 66,8 foiz, Toshkent viloyati 10,7 foiz hissasiga to`g`ri kelgan.

9-rasm

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning ulushi

(foizda)

Ushbu sub`ektlardan 961 tasi Rossiya Federatsiyasi, 704 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 559 tasi Buyuk Britaniya, 461 tasi Koreya Respublikasi, 441 tasi Turkiya Respublikasi, 229 tasi Qozog`iston Respublikasi, 164 tasi AQSh, 120 tasi eron Islom Respublikasi, 115 tasi GFR, 113 tasi Hindiston Respublikasi, 101 tasi Afg`oniston Respublikasi, 88 tasi BAA, 85 tasi Shveytsariya, 71 tasi Ozarboyjon Respublikasi, 56 tasi Ukraina, 54 tasi Pokiston Islom Respublikasi rezidentlari kapitali ishtirokida tashkil etilgan.

10-rasm

Faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning norezidentlar kesimidagi ulushi

(foizda)

2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada faoliyat ko`rsatayotgan xorij kapitali ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha 45,0 foizi sanoatda, 19,3 foizi savdoda, 5,0 qurilishda, 4,3 foizi yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar sohasida, 3,0 foizi tashish va saqlash sohasida, 2,5 foizi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida, 1,9 foizi axborot va aloqa sohasida, 1,3 foizi sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasida hamda 17,7 foizi boshqa faoliyat turlarida faoliyat yuritmoqda.

11-rasm

Faoliyat ko`rsatayotgan xorij kapitali ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari kesimidagi taqsimoti

(foizda)

3. Kichik tadbirkorlik.

Ro`yxatdan o`tgan kichik tadbirkorlik sub`ektlari

Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitida olib borilgan islohotlar natijasida, 2017 yil 1 yanvar holatiga, respublika bo`yicha ro`yxatdan o`tgan kichik tadbirkorlik sub`ektlari soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 233,3 mingni tashkil etib, bu ko`rsatkich 2013 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 26,7 mingtaga ortganini ko`rsatdi.

12-rasm

Kicik tadbirkorlik sub'ektlarining o'sish dinamikasi

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub`ektlari (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) dinamikasida o`sish kuzatildi. Ta`kidlash lozimki, 2012 yilda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub`ektlarining jami faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlariga nisbati 11 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda bu ko`rsatkich 14 foizdan oshdi.

13-rasm

Kichik tadbirkorlik sub`ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha tarkibi

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 2017 yil 1 iyul holatiga faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlarining soni (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari) 229,4 mingtani tashkil etdi.

4.Oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi

Mamlakatimizda “Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi Qonunning qabul qilinishi, tadbirkorlikning rivojlanishida yangi tashkiliy-huquqiy shaklni kirib kelishiga zamin yaratdi. yuridik shaxs sifatida davlat ro`yxatidan o`tgan oilaviy korxonalar soni - 2013 yilning 1 yanvar holatiga 424 tani tashkil etib, 2014 yilda 2700 ta, 2015 yilda 4645 ta, 2016 yilda 6363 ta, 2017 yilda esa 8689 taga yetdi. Bu esa, faqatgina so`nggi yilda ularning 36,6 foizga o`sganligini ko`rsatdi.

14-rasm

Oilaviy korxonalarning asosiy qismi, ya`ni 1,6 mingtasi Farg`ona, 1,2 mingtasi Toshkent shahriga, 1,1 mingtasi Toshkent, 946 tasi Samarqand, 599 tasi Xorazm, 522 tasi Buxoro, 452 tasi Surxondaryo, 451 tasi Andijon, 444 tasi Qoraqalpog`iston Respublikasi, 409 tasi Qashqadaryo, 359 tasi Navoiy, 274 tasi Jizzax ,161 tasi Namangan hamda 56 tasi Sirdaryo viloyatlariga to`g`ri keladi.

15-rasm

Faoliyat ko`rsatayotgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha ulushi

(foizda)

2017 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 8326 tani tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida oilaviy korxonalarning 38,2 foizi sanoat, 19,4 foizi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 15,7 foizi savdo, 13,6 foizi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi, 1,5 foizi axborot va aloqa, 1,2 foizi qurilish hamda 10,4 foizi boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri keladi.

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Tugmani bosing Tinglash