2020- yilning 10 oyida hududlar bo‘yicha eng ko‘p Surxondaryo viloyatida 3664 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning 1- noyabr holatiga, respublika bo‘yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 
15 430 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 967 taga ko‘paygan.  O‘sish sur'ati 47,5 foizga oshgan.

Eng ko‘p yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar bo‘yicha hududlar:

Surxondaryo viloyati – 3664 ta;

Samarqand viloyati – 2287 ta;

Andijon viloyati – 1336 ta;

Farg‘ona viloyati – 1221 ta;

Xorazm viloyati – 1198 ta.

Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:

 Sanoat – 4997 ta;

 Savdo – 4715 ta;

 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 3172 ta;

 Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1540 ta;

 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 108 ta.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech