2017 yil 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida 6542 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari mavjud bo`lib, ularning soni 1991 yilga (3027 ta) nisbatan ikki barobardan ko`proqqa oshdi. Shifoxona muassasalari soni esa aksincha, 1991 yilda 1388 ta shifoxona muassasasi faoliyat yuritgan bo`lsa, 2016 yilga kelib 20 foizga kamaydi, ya`ni 1106 tani tashkil etdi (1-rasm).
1-rasm
Davolash profilaktika muassasalari soni
(1991-2016 y.)
2-rasm
Viloyatlar kesimida davolash profilaktika muassasalari soni
(2016 y.)
2016 yilda ambulatoriya-poliklinika muassasalarining bir smenadagi quvvati 1991 yilga nisbatan 46 foizga oshdi. 1991 yilda Ambulatoriya-poliklinika muassasalari bir smenada 282,2 ming kishini qabul qilish imkoniyatiga ega bo`lgan bo`lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko`rsatkich 411,9 ming kishiga yetdi. Bir yilda bir kishiga to`g`ri keladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalariga qatnovlar soni 2000 yilda o`rtacha 7 martaga to`g`ri kelgan bo`lsa, ushbu ko`rsatkich 2016 yilga kelib 10 martadan oshdi. (3-rasm).
3-rasm
Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining bir smenadagi quvvati
ming kishi. (1991-2016 yillar)
Sog`liqni saqlash tizimini maqbullashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar natijasida mustaqillik yillarida statsionar shifoxona muassasalarida ham tarkibiy o`zgartirishlar amalga oshirildi, natijada 2016 yilda statsionar muassasalar soni 1991 yilga nisbatan 20 foizga kamaydi. Samarasiz ishlayotgan shifoxonalardagi shifo o`rinlarini optimallashtirilishi natijasida statsionar muassasalardagi o`rinlar soni 1991 yilga nisbatan 49 foizga, har 10000 aholiga to`g`ri keladigan o`rinlar soni esa 67 foizga kamaydi (4-rasm).
4-rasm
Aholining shifoxona o`rinlari bilan ta`minlanganlik darajasi dinamikasi
(1991-2016 yillar)
2016 yilda tibbiyot muassasalarida birinchi marta ro`yxatga olingan kasalliklar soni 17196,4 mingta bo`lib, ulardan 54 foizi ayollarda va 46 foizi erkaklarda aniqlangan (5-rasm).
5-rasm
O`zbekiston Respublikasida jinsi bo`yicha aholining kasalliklarga chalinishi
(2016 yil)
6-rasmda hududlar va bemorlar jinsi bo`yicha ma`lumotlar keltirilgan. Birinchi marta qo`yilgan tashxis bilan qayd qilingan kasalliklar har 100000 aholi soniga nisbatan hisoblanganda, deyarli barcha hududlarda ayollar ulushining yuqoriligi kuzatiladi.
6-rasm
O`zbekiston Respublikasida viloyatlar bo`yicha aholining kasalliklarga chalinishi
(2016 yil)
2016 yilda birinchi marta qo`yilgan tashxis bilan qayd qilingan kasalliklar bemorlarning yosh guruhlari bo`yicha tahlil qilinganda, asosiy qismi, ya`ni 59 foizi 18 va undan katta yoshdagilar hissasiga to`g`ri keldi. Har yuz ming aholiga nisbatan hisoblansa, o`rtacha 53995 nafar aholida kasallik qayd qilingan. Yosh guruhlari bo`yicha mos yoshdagi aholi guruhlariga nisbatan hisoblanganda esa, eng ko`p holat,15-17 yoshlardagi yuz ming aholining 94315,6 nafarida kasallik qayd qilingani kuzatiladi (7-rasm). Ularda kuzatilgan asosiy kasallik guruhlaridan nafas organlari kasalliklari - 30,4 foiz, ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklari - 15,3 foiz, qon va qon yaratish a`zolari kasalliklari, immun mexanizmiga ta`sir etuvchi ayrim buzilishlar - 12,8 foizini tashkil etadi. yuz ming aholiga nisbatan hisoblanganda ko`proq qismi 15-17 yoshlardagi aholi ulushiga to`g`ri keladi. 8-rasmda ko`ringanidek, respublika hududlari bo`yicha nisbatan yuqori ma`lumotlar Jizzax (114261,4), Namangan (125260,5) viloyatlari va Toshkent shahrida (194824,5) kuzatildi.
7-rasm
O`zbekiston Respublikasida yosh guruhlari bo`yicha birinchi marta ro`yxatga olingan kasalliklar
(2016 yil)
8-rasm
Hududlar kesimida yosh guruhlari bo`yicha birinchi marta ro`yxatga olingan kasalliklar
(2016 yil)
1991 yilda aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sohasida 75 ming shifokor faoliyat yuritgan bo`lsa, 2016 yilga kelib ularning soni 84,1 ming kishini (12 foizga oshdi) tashkil etadi. O`rta tibbiyot xodimlari soni esa 1991 yilga nisbatan 41 foizga (341,3 ming kishi) ko`paydi. 1-jadval ma`lumotlari bo`yicha 10000 aholiga hisoblangan shifokorlar soni 35,5 (1991 yil) dan 26,2 (2016 yil) gacha, o`rta tibbiyot xodimlari soni esa mos ravishda 114,7 dan 106,3 gacha kamaygan. Mavjud shifokorlarning 34 foizini oliy toifali shifokorlar tashkil etadi, ularning sifat jihatdan rivojlanishi 9-rasmda ko`rsatilgan. Shuningdek, rasmlarda malaka toifasiga ega bo`lmagan, ya`ni 5 yildan kam ish stajiga ega bo`lgan shifokorlar ulushi kamayib borayotganligi kuzatiladi.
1-jadval
Aholining tibbiyot xodimlari bilan ta`minlanganligi
(1991-2016 yillar)
Jami shifokorlar soni (ming) |
10000 aholiga to'gri keladigan shifokorlar soni | Jami o'rta tibbiyot xodimlari soni (ming) | 10000 aholiga to'gri keladigan o'rta tibbiyot xodimlari soni | |
1991 y. |
75,0 | 35,5 | 242,2 | 114,7 |
1995 y. |
76,2 | 33,2 | 249,6 | 108,9 |
2000 y. |
81,5 | 32,8 | 259,7 | 104,7 |
2005 y. |
76,5 | 29,1 | 271,0 | 103,0 |
2010 y. |
79,9 | 27,4 | 310,2 | 106,5 |
2016 y. |
84,1 | 26,2 | 341,3 | 106,3 |
9-rasm
Bitta shifokorga to`g`ri keladigan aholi soni
(1991-2016 yillar)
10-rasm
Bitta o`rta tibbiyot xodimiga to`g`ri keladigan aholi soni
(1991-2016 yillar)
2-jadval
Shifokorlarning malaka toifalari bo`yicha taqsimlanishi
(2000-2016 yillar)
2000y. | 2005y. | 2010y. | 2016y. | |||||
ayollar | erkaklar | ayollar | erkaklar | ayollar | erkaklar | ayollar | erkaklar | |
Jami shifokorlar soni, ming kishi |
41,5 | 40,0 | 41,0 | 35,5 | 41,2 | 38,8 | 43,2 | 40,9 |
malaka toifalari bo'yicha, foizda: | ||||||||
oliy |
12,1 | 13,1 | 17,2 | 23,7 | 31,7 | 33,5 | 34,1 | 34,7 |
I |
22,8 | 24,7 | 27,7 | 35,3 | 17,2 | 20,8 | 8,1 | 10,3 |
II |
3,8 | 3,4 | 2,5 | 3,9 | 1,8 | 2,6 | 7,5 | 9,4 |
III |
- | - | - | - | - | - | 0,5 | 1,1 |
malaka toifasiga ega bo'lmagan |
61,2 | 58,8 | 52,6 | 37,1 | 49,3 | 43,1 | 49,8 | 44,5 |
11-rasm
Shifokorlar malaka toifalari bo`yicha 2016 yil ma`lumotlarini 2000 yil bilan taqqoslama grafik.
2016 yilda aholining ayrim yuqumli va parazitar kasalliklarga chalinishi bo`yicha holatlar tahlil qilinganda bo`g`ma, qizamiq, qizilcha, bezgak kabi kasallik turlari qayd etilmagan.
Bundan tashqari so`nggi yillarda sog`liqni saqlash sohasida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi sezilarli darajada ortib borayotganligi ham ta`kidlab o`tish zarur. Bunga misol tariqasida 2016 yilda statsionar muassasalar sonida kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 2015 yildagi 37,9 foiz o`rniga 40,4 foizni tashkil etganligi, ambulatoriya-poliklinika muassasalaridagi ulushi esa 2015 yildagi 35,9 foiz o`rniga 39 foizni tashkil etganligini keltirish mumkin. Kichik korxona va mikrofirmalardagi shifoxona o`rinlari soni 1,7 mingtaga oshdi, shuningdek, 2015 yilda jami davolangan bemorlarning 2,8 foizi, 2016 yilda esa 205,1 ming bemor, ya`ni 3,7 foizi kichik korxona va mikrofirmalarda davolangan.
Axborot xizmati