2020- yil 15- iyul kuni BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) tomonidan yuqori darajadagi siyosiy forum tashkil etildi. Ushbu forumda respublikamizning tegishli vazirlik va idora rahbarlari ishtirok etishdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan forumda O'zbekiston vakili sifatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Narboyeva so'z yuritdi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ortiqov O'zbekistonning birinchi Ixtiyoriy milliy sharhini (VNR) taqdim etdi.

Shuningdek, forumda Davlat statistika qo'mitasi raisi o'rinbosari  M. Ziyodullayev  hamda qo'mitaning boshqarma boshliqlari ham ishtirok etishib, mavzu yuzasidan o’z fikr mulohazalarini bildirishdi.

 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 2019 yil iyun oyida o'zining birinchi Ixtiyoriy milliy sharhini (VNR) BMTning EKOSOSiga taqdim etish niyatini bildirgan edi.

VNRni tayyorlash Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda olib borildi. Ushbu ma'lumotlarning asosiy manbai O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining statistik ma'lumotlari asosida shakllantirilgan.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech