2019-yil 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida “Iqtisodiy–statistik tahlilda idekslar usulining qo‘llanishi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik  tadqiqotlar markazi Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Q.Jumayev mavzu yuzasidan fikr bildirdi. Ishtirokchilarga yurtimizdagi  ijtimoiy-iqtisodiy holatni aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichlarning rivojlanish darajasini baholashda statistik indekslardan foydalanish borasida batafsil tushuncha berildi.

Shuningdek, tadbirda indekslarning tasniflanishi va har bir indeksning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda qo‘llanilishi borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Statistika amaliyotida statistik indekslarni qo‘llash borasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni ishtirokchilar keng muhokama qildi.

Axborot xizmati