Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizomga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasida (keyingi o’rinlarda – Davlat statistika qo’mitasi) Davlat statistika qo’mitasi raisi (hay’at raisi), uning o’rinbosarlari (lavozimiga ko’ra), shuningdek Davlat statistika qo’mitasi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi markaziy apparat tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq,

Hay’at quyidagilarni amalga oshiradi:

  • statistika faoliyati samaradorligini yanada oshirish, respublika va hududiy darajada davlat statistika organlarining funkstiyalari va vazifalarini takomillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda davlat statistika tizimi faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan asosiy yo’nalishlarini tanqidiy ko’rib chiqish;
  • davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Davlat statistika qo’mitasi faoliyatida boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
  • davlat statistika ishlari bajarilishining borishi natijadorligini har chorakda tanqidiy ko’rib chiqish;
  • xorijiy mamlakatlar statistika organlari bilan statistik axborotlarni almashishni tashkil etish, shuningdek statistik axborotlarni xalqaro statistik, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga taqdim etish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan tushgan murojaatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqish asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta’minlovchi ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasidagi eng muhim muammolarni hal etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • joylarda davlat statistikasi organlari faoliyatining dolzarb masalalarini muhokama qilgan, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli qarorlar ishlab chiqqan va qabul qilgan holda, kengaytirilgan sayyor hay’at yig’ilishlari o’tkazilishini tashkil etish;
  • hududiy statistika organlari hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tizimli asosda tashkil qilish, ularga yuklangan vazifalar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hay’at a’zolari tarkibini tasdiqlash to’g’risida”gi 836-son qarori bilan hay’at a’zolarining soni 11 kishidan iborat bo’lishi belgilab qo’yilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hay’ati quyidagi  tarkibda tasdiqlangan.

  

1.

Begalov Baxodir Abdusalomovich

Rais, Hay’at raisi

2.

Mirusmanov Boxodir Mirxosilovich

Raisning birinchi o’rinbosari

3.

Ikramov Agzam Anvardjonovich

Raisning iqtisodiy statistika bo’yicha o’rinbosari

4.

Ziyadullaev Maxmudjon Djurakulovich

Raisning ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari

5.

Lavozim bo`yicha

Raisning axborot-kommunikastiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo’yicha o’rinbosari

6.

Juraev Xurshid Mamatkulovich

Yig’ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i

7.

Mamirov Aziz Otaxonovich

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig’i

8.

Umarov Muxtor Turaevich

Narhlar statistikasi boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchisi

9.

Berdikulov Kobil Gulamovich

Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig`i

10.

G’ayibnazarov Bahodir Karimovich

Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi direktori

11.

Shermatov Dilshod Bahtiyarovich

Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig’i

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash