Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2752-son qarori, 2016-2017 yillar uchun korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha amaliy harakatlar Kompleks rejasini o`z vaqtida va samarali amalga oshirish, davlat statistika organlarining ochiqliligini ta`minlash va Davlat statistika qo`mitasi tizimida korruptsiya holatlari yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, Qo`mitaning 2017 yil 21 fevralda tasdiqlangan Davlat statistika qo`mitasi tizimida 2017-2018 yillarga mo`ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida, joriy yilning 18-28 sentyabr kunlari Qo`mita tizimi organlarining rasmiy veb-saytlari orqali “Davlat statistika organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari bo`yicha so`rovnoma” shaklida so`rovlar o`tkazildi.

So`rovlar tizimdagi korruptsiya holatlarining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo`yicha korruptsiya darajasini pasaytirish usullarini izlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu so`rovlar Qo`mita tizimi organlari rasmiy saytlari orqali tashkil etilib, respublikaning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan fuqarolar, shuningdek axborotdan foydalanuvchilarning so`rovlarda ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratildi.

O`z navbatida axborotdan foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, so`rovnomalar o`zbek va rus tillarida taqdim etildi.

So`rovlarda respublikaning barcha hududlaridagi axborotdan foydalanuvchilar ishtirok etib, ularning 53,5 foizini tadbirkorlik sub`ektlari, 11,6 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar vakillari, 11,6 foizini jismoniy shaxslar yoki ularning vakillari, 4,7 foizini talabalar hamda 18,6 foizini boshqa toifadagi axborotdan foydalanuvchilar tashkil etdi.

So`rovlarda barcha hududlarning to`liq qamrab olinishi natijasida, ularda respublikaning barcha tuman va shaharlarida yashovchi axborotdan foydalanuvchilar ishtirok etishdi.

O`z navbatida, so`rovlarning anonimligi ta`minlanib, shu bilan birga unda respondentning shaxsiga oid ma`lumotlar hech qaerda ko`rsatilmasligi va savollarga berilgan javoblar faqat umumlashtirilgan holda ishlatilishi, shuningdek javoblarning respondentga yoki boshqa shaxsga qarshi ishlatilishiga aslo yo`l qo`yilmasligi kafolatlandi.

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan ushbu so`rovlar natijalari bo`yicha axborotlar tahlil qilinib, tahlil natijalariga ko`ra davlat statistika organlarida korruptsiyaga duch kelish holatlari, ularning davriyligi va yuzaga kelish sabablari atroflicha o`rganib chiqildi. Shuningdek, so`rovlar natijalari Davlat statistika qo`mitasining korruptsiyaga qarshi idoraviy komissiyasi yig`ilishida muhokama etilib, tizim organlarida korruptsiya holatlariga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Davlat statistika qo`mitasi, ushbu so`rovnomada ishtirok etib, ko`rsatgan yordamlari uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi!

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash