Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

 

Qo‘mita nomi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

Veb-manzil

www.stat.uz

 

 

Hukumatdagi o‘rni

O‘z funksiyalarini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi quyidagi vakolatlarga ega:

  • davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solish;
  • davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash va idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishish;
  • moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idora va agentliklardan, yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslardan, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlarini, idoraviy hisobotlar ma’lumotlarini va davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni, shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida) so‘rash, olish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
  • statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
  • statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va to‘liqligini belgilangan tartibda tekshirish. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish hamda jamlanma statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
  • xalqaro statistika va iqtisodiy tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
  • statistika sohasidagi seminarlar va yig‘ilishlarni, shu jumladan xalqaro, tashkil qilish va ishtirok etish.

 

Tashkiliy tuzilmasi

Rais

Raisning birinchi o‘rinbosari

Raisning 3 ta o‘rinbosari

Asosiy majburiyatlari

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi 2002-yil 12-dekabrdagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
  • davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirishni va funksional tartibga solishni amalga oshirish;
  • xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish;
  • davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika ma’lumotlari bilan belgilanan tartibda ta’minlash;
  • Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;
  • davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash;
  • Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish;
  • davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda O‘zbekiston respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida o‘z vaqtida aks ettirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

Asosiy funksiyalar:

  • davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish;
  • xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish;
  • davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
  • korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish;
  • davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy o‘zgarishlarni ochib beruvchi ko‘rsatkichlardan erkin foydalanish imkonini  ta’minlash;
  • Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish.

Ustivor yo‘nalishlar:

  • o‘rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy darajalarda qamrab olishni kengaytirishga qaratilgan statistika ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiya va usullarini keng joriy etish yo‘li bilan statistika kuzatuvlari tizimini qabul qilingan xalqaro tajribaga yanada moslashtirish;
  • mahalliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistik ma’lumotlarning maksimal ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta’minlash, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan xalqaro statistik to‘plamlarda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichlari va materiallarini nashr qilish;
  • milliy iqtisodiyot va hududlarning rivojlanishini to‘liq tavsiflovchi statistika ma’lumotlarini sifatli va tezkor tayyorlash, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, respublika hududlarini kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasidagi sifat o‘zgarishlari bo‘yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish;
  • statistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, taqdim etish va tarqatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, statistika ma’lumotlari bilan ishlash jarayonining avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistika ma’lumotlarining yagona bankini shakllantirish;
  • statistika nashrlariga ko‘rsatkichlarni vizuallashtirishning ilg‘or metodlarini joriy etishni va tarqatilayotgan statistika ma’lumotlarini tahliliy va ma’lumotnoma materiallar bilan birga berishni ta’minlash, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun dokladlar, press-relizlar va maqolalarni nashr qilish orqali statistika organlarining tahliliy salohiyatini kuchaytirish;
  • davlat va idoraviy statistika kuzatuvlarini maqbullashtirish, tanlanma statistika kuzatuvlari sonini va natijalarining ishonchliligini bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan xolis, sifatli va talab yuqori bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish
  • mamlakatdagi ilmiy va ta’lim muassasalari va xorijiy statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda statistika sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda tashkil qilish.

Qisqacha tarixi va boshqa tegishli ma’lumotnoma tarzidagi axborot

  • 1924-yil. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Markaziy statistika boshqarmasining O‘rta Osiyo bo‘yicha vakilining 1924-yil 30-noyabrdagi 1-son buyrug‘i bilan O‘zbekiston SSRning Markaziy statistika boshqarmasi tashkil etildi. O‘zbekiston SSRning Markaziy statistika boshqarmasi 1925-yil 22-martda MSKning qaroriga muvofiq Samarqand sh., Qarshi ko‘chasi 18-uyga ko‘chirilgan, u yerda 1931-yilning 7-yanvariga qadar joylashgan.
  • 1987- O‘zbekiston SSR Yuqori Kengashi Prezidiumining 1987-yil 24-avgustdagi 1867- XI-son farmoni bilan O‘zbekiston SSRning Davlat statistika komiteti tashkil etilgan.
  • 1992-yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-449-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat komiteti tashkil qilingan.
  • 1997-yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 15-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga o‘zgartirish to‘g‘risida”gi PF-1780-son Farmoni bilan Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil qilingan.
  • 2002 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta  tashkil  etish  to‘g‘risida” PF-3183-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 8-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil etildi.
  • 2017-yil. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-3165-son qarori qabul qilindi hamda mazkur qaror bilan “2017–2021-yillarda statistika faoliyati samaradorligini oshirish, statistik axborotlarning va ularni tarqatish tizimining sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” va Davlat statistika qo`mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
  • 2017 yil. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi “O`zbekiston Respublikasi davlat statistika qo`mitasi to‘g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan o‘zgartirilgan nizom tasdiqlandi.
  • 2019-yil. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida” PQ-4273-sonli qarori qabul qilindi hamda mazkur qaror bilan “O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi” va “Alohida tarkibiy indikatorlar bo‘yicha Statistika salohiyati indeksida mamlakatning o‘rnini yaxshilashga oid Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Huquqiy asos

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini  qayta  tashkil  etish  to‘g‘risida”     PF-3183-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 8-son qaroriga muvofiq ta’sis etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Nizomi va tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 8-son qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining o‘zgartirilgan Nizomi va tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan.

Boshqa rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilar

Moliya vazirligining statistika ma’lumotlari:

  • Budjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar
  • Tashqi auditning xulosasi
  • Budjet qonunchiligi
  • Fuqarolar uchun budjet
  • Budjetnoma

 

Markaziy bankning statistika ma’lumotlari:

  • Pul-kredit statistikasi;
  • Bank tizimi faoliyati ko‘rstkichlari;
  • Nobank kredit tashkilotlari ko‘rsatkichlari;
  • To‘lov tizimi ko‘rsatkichlari;
  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlari;
  • O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsiya mavqei va tashqi qarzi;
  • Tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi;
  • Markaziy bankning statistika byulleteni.

 

Ma’lumot yig‘ish

Eng oxirgi aholini ro‘yxatga olish

1989-yil.

Ma’muriy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati

Davlat tashkilotlarining (tarmoq vazirliklari va idoralari) rasmiy statistikasidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Ma’lumotlarni tarqatish

Asosiy nashrlar

Sayt quyidagi asosiy tematik bo‘limlardan iborat:

Mamlakatning qisqacha sharhi – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar; o‘zbek iqtisodiyotining zamonaviy holati; yer uchastkasi, joylashgan yeri, hududlari, iqlimi va sh.k.

Shuningdek, foydalanuvchilarga statistika ma’lumotlarini Davlat statistika qo‘mitasining veb-sayti orqali qulay formatda taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan, shu maqsadda Davlat statistika qo‘mitasining veb-saytida “Rasmiy statistika” va “Ochiq ma’lumotlar” bo‘limlari, Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini nashr qilish uchun http://nsdg.stat.uz sayti, XVFning k-MTUT ko‘rsatkichlarini nashr qilish uchun http://nsdp.stat.uz sayti,  gender statistiksi ko‘rsatkichlarini nashr qilish uchun https://gender.stat.uz sayti, metodik materiallar  uchun elektron kutubxona  https://lib.stat.uz/uz/ sayti, tashkilotlar va korxonalar to‘g‘risida ma’lumot olish uchun (KTYaDR ma’lumotlari)  http://registr.stat.uz/ sayti faoliyat ko‘rsatmoqda.

 “Rasmiy statistika” bo‘limida quyidagi kichik bo‘limlar mavjud:

Ma’lumotlarni nashr qilishning dastlabki kalendari – unda nashrlarni va indikatorlarni chiqarish vaqti va sanasi ko‘rsatilgan;

Metama’lumotlar – ma’lumotlar manbalari, metodologiyalar, ta’riflar, klassifikatsiyalar va ma’lumotlarning sifati to‘g‘risida foydalanuvchilarga taqdim etiladigan axborotda statistik ma’lumotlar va statistik jarayonlarni standart shaklda tavsiflovchi ma’lumotlar va boshqa hujjatlar.

Makroko‘rsatkichlar – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari;

Milliy hisoblar – ishlab chiqarish usuli bilan hisoblangan joriy narxlardagi YaIMning asosiy ko‘rsatkichlari;

Narxlar va indekslar – iste’mol narxlari indeksi va ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksining asosiy ko‘rsatkichlari;

Investitsiyalar – investitsiya-qurilish faoliyatining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

Qurilish – nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalarning, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning, asosiy fondlar,ishlab chiqarish quvvatlari, turor-joy binolari, ijtimoiy soha ob’ektlarining  tarkibi va dinamikasini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar;

Tashqi iqtisodiy faoliyat – eksport va import; savdo balansi; tashqi savdo yo‘nalishi;

Ichki savdo – chakana savdo va umumiy ovqatlanish tovar aylanmasining hajmlari, chakana tovar aylanmasining tovar tarkibi, chakana tarmoqdagi tovar zahiralari, mulkchilik shakllari bo‘yicha savdoning rivojlanishi, dehqon, kiyim-kechak va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda tarmoq xodimlarining soni to‘g‘risida ma’lumot;

Sanoat – hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ishlab chiqarish hajmlari to‘g‘risida ma’lumot, shuningdek ishlab chiqarish indeksi nashr qilinadi;

Qishloq xo‘jaligi – qishloq xo‘jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari va yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i, qishloq xo‘jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish bilan band xodimlar soni, ekin maydonlari, yalpi hosil, hosildorlik, mahsuldorlik, chorva mollari bosh soni, chorvachilik maxsulotlari ishlab chiqarish to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan;

Ekologiya - muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, shu jumladan havoning ifloslantirilishi va chiqindilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan;

Demografiya – O‘zbekiston Respublikasidagi demografik vaziyatni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar;

Mehnat bozori – ishchi kuchining xarakati va ish vaqtidan foydalanish, mehnat sharoiti, ishchi kuchiga va mutaxassislarni tayyorlashga qilingan xarajatlar, xalqaro qiyoslashni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar;

Aholi turmush darajasi – aholi turmush darajasining, bandlik va ishsizlikning, aholi pul daromadlari miqdori va tarkibining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va indikatorlari,  

Ijtimoiy soha – O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimining asosiy ko‘rsatkichlari;

Gender statistikasi – mamlakatdagi gender tenglik to‘g‘risidagi batafsil statistik ma’lumotlar;

Kichik biznes va tadbirkorlik – mikro va kichik tashkilotlar soni, xodimlar soni, ish haqi, maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmi, sanoat ishlab chiqarish hajmi, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish, tovar aylanmasi, tashkilotlar faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risida batafsil maxlumotlar;

KTYADR – korxonalar va tashkilotlarning soni to‘g‘risida batafsil statistik ma’lumotlar;

Jinoyatchilik – jinoyatchilik va adliya statistikasi to‘g‘risidagi batafsil statistik ma’lumotlar;

Atrof-muhit – atrof-muhitning, jumladan suv va yer resurslarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ko‘rsatkichlar;

Boshqa makroiqtisodiy va moliyaviy statistika – moliyaviy statistikani tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar;

k-MTUT (XVF) – jamlanma ma’lumotlarning milliy sahifasi;

Barqaror rivojlanish maqsadlari – barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar bo‘yicha indikatorlar;

Xalqaro satistika – xalqaro taqqoslama jadvallar;

Nashrlar – elektron va qog‘oz nashrlar ro‘yxati:

·         O‘zbekiston Respublikasining yillik statistik to‘plami – ikki yilda bir marta

·         O‘zbekiston raqamlarda – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda ta’lim – ikki yilda bir marta

·         O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash – ikki yilda bir marta

·         O‘zbekiston demografik yillik to‘plami – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda mehnat va bandlik  – yilda bir marta

·         O‘zbekiston Respublikasi ayollari va erkaklari – yilda bir marta

·         O‘zbekiston sanoati – yilda bir marta

·         O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda qurilish – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda savdo  – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda transport va aloqa – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda asosiy fondlar – uch yilda bir marta

·         O‘zbekiston hududlarining yillik statistik to‘plami – yilda bir marta

·         O‘zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlari – yilda bir marta

·         Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati – har chorakda

Ushbu nashrlardan tashqari Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ekspress-ma’lumotlar, oylik va choraklik press-relizlar, yillik tahliliy materiallar va rasmiy veb-sayt orqali nashr qilinuvchi boshqa statistik nashrlar tayyorlanadi.

Asosiy nashrlar qaysi tilda

O‘zbek, rus, ingliz.

Ma’lumotlar qanday tarqatiladi (qog‘ozda, kompakt-diskda, veb-sayt, onlayn-ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar banki orqali)?

Veb-sayt orqali, foydalanuvchilarning so‘roviga muvofiq qog‘ozda yoki elektron shaklda.

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash