Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech
Maqola

 

 

Qo'mita nomi

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi

Veb-manzil

www.stat.uz

 

 

Hukumatdagi o`rni

O`z funktsiyalarini bajarish uchun O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi quyidagi vakolatlarga ega:

 

Tashkiliy tuzilmasi

Rais

Raisning birinchi o`rinbosari

Raisning 3ta o`rinbosari

Asosiy majburiyatlari

O`zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to`g`risida”gi 2002 yil 12 dekabrdagi qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Asosiy funktsiyalar:

Ustivor yo`nalishlar:

 

Qisqacha tarixi va boshqa tegishli ma`lumotnoma tarzidagi axborot

Qisqacha tarixi va boshqa tegishli ma`lumotnoma tarzidagi axborot

 

Huquqiy asos

Pravovaya osnova

 

Huquqiy asos

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini  qayta  tashkil  etish  to`g`risida”     PF-3183-son Farmoni va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi davlat statistika qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 8-son qaroriga muvofiq ta`sis etilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining Nizomi va tashkiliy tuzilmasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi “O`zbekiston Respublikasi davlat statistika qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 8-son qarori bilan tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining o`zgartirilgan Nizomi va tashkiliy tuzilmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrdagi  “O`zbekiston Respublikasi davlat statistika qo`mitasi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan.

Drugie proizvoditeli ofitsialnoy statistiki

Boshqa rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilar

Moliya vazirligining statistika ma`lumotlari:

 

Markaziy bankning statistika ma`lumotlari:

 

Ma`lumot yig`ish

eng oxirgi aholini ro`yxatga olish

1989

Ma`muriy ma`lumotlardan foydalanish imkoniyati

Davlat tashkilotlarining (tarmoq vazirliklari va idoralari) rasmiy statistikasidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Ma`lumotlarni tarqatish

Asosiy nashrlar

Sayt quyidagi asosiy tematik bo`limlardan iborat:

Mamlakatning qisqacha sharhi – asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar; o`zbek iqtisodiyotining zamonaviy holati; yer uchastkasi, joylashgan yeri, hududlari, iqlimi va sh.k.

Shuningdek, foydalanuvchilarga statistika ma`lumotlarini Davlat statistika qo`mitasining veb-sayti orqali qulay formatda taqdim etish yo`lga qo`yilgan, shu maqsadda Davlat statistika qo`mitasining veb-saytida “Rasmiy statistika” va “Ochiq ma`lumotlar” bo`limlari, Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini nashr qilish uchun http://nsdg.stat.uz sayti, XVFning k-MTUT ko`rsatkichlarini nashr qilish uchun http://nsdp.stat.uz sayti,  gender statistiksi ko`rsatkichlarini nashr qilish uchun https://gender.stat.uz sayti, metodik materiallar  uchun elektron kutubxona  https://lib.stat.uz/uz/ sayti, tashkilotlar va korxonalar to`g`risida ma`lumot olish uchun (KTyaDR ma`lumotlari)  http://registr.stat.uz/ sayti faoliyat ko`rsatmoqda.

 “Rasmiy statistika” bo`limida quyidagi kichik bo`limlar mavjud:

Ma`lumotlarni nashr qilishning dastlabki kalendari – unda nashrlarni va indikatorlarni chiqarish vaqti va sanasi ko`rsatilgan;

Metama`lumotlar – ma`lumotlar manbalari, metodologiyalar, ta`riflar, klassifikatsiyalar va ma`lumotlarning sifati to`g`risida foydalanuvchilarga taqdim etiladigan axborotda statistik ma`lumotlar va statistik jarayonlarni standart shaklda tavsiflovchi ma`lumotlar va boshqa hujjatlar.

Makroko`rsatkichlar – O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari;

Milliy hisoblar – ishlab chiqarish usuli bilan hisoblangan joriy narxlardagi yaIMning asosiy ko`rsatkichlari;

Narxlar va indekslar – iste`mol narxlari indeksi va ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksining asosiy ko`rsatkichlari;

Investitsiyalar – investitsiya-qurilish faoliyatining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlari;

Qurilish – nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalarning, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning, asosiy fondlar,ishlab chiqarish quvvatlari, turor-joy binolari, ijtimoiy soha ob`ektlarining  tarkibi va dinamikasini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlar;

Tashqi iqtisodiy faoliyat – eksport va import; savdo balansi; tashqi savdo yo`nalishi;

Ichki savdo – chakana savdo va umumiy ovqatlanish tovar aylanmasining hajmlari, chakana tovar aylanmasining tovar tarkibi, chakana tarmoqdagi tovar zahiralari, mulkchilik shakllari bo`yicha savdoning rivojlanishi, dehqon, kiyim-kechak va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy ko`rsatkichlari hamda tarmoq xodimlarining soni to`g`risida ma`lumot;

Sanoat – hududlar va iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ishlab chiqarish hajmlari to`g`risida ma`lumot, shuningdek ishlab chiqarish indeksi nashr qilinadi;

Qishloq xo`jaligi – qishloq xo`jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari va yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i, qishloq xo`jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish bilan band xodimlar soni, ekin maydonlari, yalpi hosil, hosildorlik, mahsuldorlik, chorva mollari bosh soni, chorvachilik maxsulotlari ishlab chiqarish to`g`risida ma`lumotlar kiritilgan;

ekologiya - muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, shu jumladan havoning ifloslantirilishi va chiqindilar to`g`risidagi ma`lumotlar va ko`rsatkichlarni o`z ichiga olgan;

Demografiya – O`zbekiston Respublikasidagi demografik vaziyatni tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlar;

Mehnat bozori – ishchi kuchining xarakati va ish vaqtidan foydalanish, mehnat sharoiti, ishchi kuchiga va mutaxassislarni tayyorlashga qilingan xarajatlar, xalqaro qiyoslashni tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlar;

Aholi turmush darajasi – aholi turmush darajasining, bandlik va ishsizlikning, aholi pul daromadlari miqdori va tarkibining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlari va indikatorlari,   

Ijtimoiy soha – O`zbekistonda ta`lim va sog`liqni saqlash tizimining asosiy ko`rsatkichlari;

Gender statistikasi – mamlakatdagi gender tenglik to`g`risidagi batafsil statistik ma`lumotlar;

Kichik biznes va tadbirkorlik – mikro va kichik tashkilotlar soni, xodimlar soni, ish haqi, maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmi, sanoat ishlab chiqarish hajmi, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish, tovar aylanmasi, tashkilotlar faoliyatining moliyaviy natijalari to`g`risida batafsil maxlumotlar;

KTyaDR – korxonalar va tashkilotlarning soni to`g`risida batafsil statistik ma`lumotlar;

Jinoyatchilik – jinoyatchilik va adliya statistikasi to`g`risidagi batafsil statistik ma`lumotlar;

Atrof-muhit – atrof-muhitning, jumladan suv va yer resurslarining holati to`g`risidagi ma`lumotlar va ko`rsatkichlar;

Boshqa makroiqtisodiy va moliyaviy statistika – moliyaviy statistikani tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlar;

k-MTUT (XVF) – jamlanma ma`lumotlarning milliy sahifasi;

Barqaror rivojlanish maqsadlari – barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar bo`yicha indikatorlar;

Xalqaro satistika - xalqaro taqqoslama jadvallar;

Nashrlar – elektron va qog`oz nashrlar ro`yxati:

·         O`zbekiston Respublikasining yillik statistik to`plami – ikki yilda bir marta

·         O`zbekiston raqamlarda – yilda bir marta

·         O`zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi – yilda bir marta

·         O`zbekistonda ta`lim – ikki yilda bir marta

·         O`zbekistonda sog`liqni saqlash – ikki yilda bir marta

·         O`zbekiston demografik yillik to`plami – yilda bir marta

·         O`zbekistonda mehnat va bandlik  – yilda bir marta

·         O`zbekiston Respublikasi ayollari va erkaklari – yilda bir marta

·         O`zbekiston sanoati – yilda bir marta

·         O`zbekiston qishloq xo`jaligi – yilda bir marta

·         O`zbekistonda qurilish – yilda bir marta

·         O`zbekistonda savdo  – yilda bir marta

·         O`zbekistonda transport va aloqa – yilda bir marta

·         O`zbekistonda kichik tadbirkorlik – yilda bir marta

·         O`zbekistonda asosiy fondlar – uch yilda bir marta

·         O`zbekiston hududlarining yillik statistik to`plami – yilda bir marta

·         O`zbekistonda barqaror rivojlanish maqsadlari – yilda bir marta

·         Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati – har chorakda

Ushbu nashrlardan tashqari Davlat statistika qo`mitasi tomonidan ekspress-ma`lumotlar, oylik va choraklik press-relizlar, yillik tahliliy materiallar va rasmiy veb-sayt orqali nashr qilinuvchi boshqa statistik nashrlar tayyorlanadi.

Asosiy nashrlar qaysi tilda

O`zbek, rus, ingliz

Ma`lumotlar qanday tarqatiladi (qog`ozda, kompakt-diskda, veb-sayt, onlayn-ma`lumotlar bazasi, ma`lumotlar banki orqali)?

Veb-sayt orqali, foydalanuvchilarning so`roviga muvofiq qog`ozda yoki elektron shaklda.

Tugmani bosing Tinglash