Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

Yuklab olish (119 KB)(pdf)

Respublika Hukumati, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarini respublikada va hududlarda yuz berayotgan o`zgarishlarni tahlil qilish va prognozi uchun zarur bo`lgan, ijtimoiy va iqtisodiy sohaning turli jabhalari bo`yicha o`z vaqtida va sifatli statistika axborotlari bilan ta`minlash ishlarini tashkil etish.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustuvor          yo`nalishlarini amalga oshirish holatining monitoringi uchun statistik ma`lumotlarni tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturi doirasida statistik ishlanma-larning to`liq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta`minlash.

Davlat statistika sohasiga tegishli qonunlar, O`zbekiston Res-publikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining ijrosiga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek ularning so`zsiz bajarilishini nazorat qilish.

Statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, umumlashtirish, to`plash, tahlil qilish, taqdim etish va saqlash jarayonida, respublika va hududlar darajasida davlat statistika tizimi tuzilmalarining o`zaro samarali hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish.

Xalqaro standartlarga mos keluvchi, statistik ko`rsatkichlar tizimining yanada rivojlanishini ta`minlaydigan, ilmiy asoslangan statistika metodologiyasi va instrumentariysini takomillashtirish bo`yicha yo`nalishlar va kompleks chora-tadbirlarni belgilash.

Makroiqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishda matematik tahlil uslublari va zamonaviy ixtisoslashtirilgan statistik dasturiy mahsulotlardan foydalanishni kengaytirish bo`yicha ishlarni tashkil etish.

Davlat statistika organlari vakolatlari doirasida me`yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish ishlarini tashkil etish.

Davlat statistika organlarining dasturiy-texnik ta`minotini yaxshilash va axborot tizimini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbir-larni amalga oshirish.

Zamonaviy amaliyotga muvofiq, respondentlar va statistika ma`lumotlaridan foydalanuvchilar bilan o`zaro aloqalarni ta`minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Axborot xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda, axborot almashish jarayonida davlat statistika tizimining o`zaro hamkorligi uchun samarali asos yaratish.

Davlat statistika organlarining kadrlar salohiyatini rivoj-lantirish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini yaxshilashni ta`minlash. Davlat statistika tizimining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, xodimlar mehnatini rag`batlantirishni oshirish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rish.

 

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash