Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

Yuklab olish (118 KB)(pdf)

 

Respublika iqtisodiyotining rivojlanish holati, iqtisodiyotni rivojlantirish va isloh qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi holati to`g`risidagi yillik va choraklik statistik va tahliliy materiallarni tayyorlash va e`lon qilish ishlarini muvofiqlashtirish.

Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarni rivojlantirish bo`yicha qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishini, aholi turmush darajasidagi sifat o`zgarishlarini yanada to`liq aks ettiradigan yig`ma statistik axborotlarni tezkor va sifatli tayyorlash ishlarini tashkil etish.

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar tizimi ko`rsatkichlarini shakllantirish, tahlil qilish, e`lon qilish tizimiga xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlar tajribasini joriy etish ishlarini tashkil etish.

Statistik ma`lumotlarni hisobga olish amaliyotiga xalqaro standart va qoidalar talablarini hisobga olgan holda narxlar statistikasi bo`yicha ma`lumotlarni o`z muddatida va sifatli tayyorlanishini ta`minlash.

Statistik klassifikatorlarni, metama`lumotlar va sifatni boshqarish tizimini joriy etish, yuritish va rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish.

Davlat statistika kuzatuvlari tizimini doimiy asosda takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish.

Davlat statistika hisobotlarini qabul qilish jarayonida tadbirkorlik sub`ektlariga yuqori darajada qulay shart-sharoitlarni ta`minlash bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish.

Xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlar reyting baholarini tuzish uchun foydalaniladigan axborot manbalarini shakllantirish va tarqatiladigan statistik ko`rsatkichlar tarkibini kengaytirish ishlarini amalga oshirish.

Statistik axborotlarning maksimal darajada ochiq-oydinligi va oshkoraligini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko`rsatkichlari va materiallarini xalqaro statistik tashkilotlar bilan almashuvini tashkil etish.

Mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.

 

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash