Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

Yuklab olish

 

Davlat statistika tizimida axborot resurslarini yaratish va axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash.

Mehnat unumdorligini oshirish, statistika axborotlarini tezkor uzatish va qayta ishlash, davlat statistikasi yagona axborot tizimini respublikaning boshqa axborot tizimlari bilan mutanosibligi va o`zaro hamkorligini ta`minlashga yo`naltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Davlat statistika qo`mitasining yagona texnologik siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun me`yoriy-huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni yaratish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish.

Davlat statistika qo`mitasining hisoblash tizimida yaxlit va xavfsiz axborot muhitini ta`minlash ishlarini tashkil etish.

Axborotlashtirish sohasida davlat dasturlari va loyihalarining ekspertizasini o`tkazish va amalga oshirish, tarmoqlararo axborot almashish standartlari va mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

Davlat statistika tizimida yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo`nalishlari va kompleks chora-tadbirlarini belgilash.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini samarali faoliyat yuritishi, uni rivojlantirish va Milliy axborot tizimiga integratsiyalash bo`yicha ishlarni tashkil etish.

Statistika organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy qilishda, idoralararo elektron o`zaro hamkorlikni tashkil qilishda, yagona elektron reestrlar va ma`lumotlar bazalarini, “yagona darcha” tamoyili bo`yicha elektron davlat xizmatlari ko`rsatish tizimlarini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni amalga oshirish.

elektron hukumat sohasida, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko`rsatish doirasida idoralararo elektron o`zaro hamkorlikni ta`minlash, statistika organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

Statistika organlari boshqaruviga va tizimga innovatsiyalarni joriy qilishga, raqamli iqtisodiyot o`sishini rag`batlantirishni, shu jumladan, kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy qiladi, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.

Davlat organlarining faoliyati va aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat boshqaruvidagi ishtiroki to`g`risidagi axborotdan foydalana olishini ta`minlashni hisobga olgan holda statistika organlari faoliyatining shaffofligini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish.

Davlat statistika qo`mitasining rasmiy veb-sayti va boshqa veb-resurslarini rivojlantirish hamda ommaviylashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, butunjahon Internet axborot tarmog`ida yaratiladigan mahalliy statistika axborotlarini yanada ilgari surish va ommaviylashtirishni ta`minlash.

Tizimda foydalaniladigan aloqa tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun uskunalar hamda xizmatlar yetkazib beruvchilarni tanlash bo`yicha tender hamda tanlovlarni tashkillashtiradi va bu ishlarga rahbarlik qilish.

Mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash