Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

Yuklab olish (118 KB)(pdf)

 

Davlat statistika sohasiga oid qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining ijrosini ijtimoiy statistika yo`nalishida  o`z vaqtida ta`minlash choralarini ko`rish.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha bo`yicha statistika kuzatuvlarini o`tkazilishi, statistik ma`lumotlarning to`liqligi, haqqoniyligi va o`z vaqtida taqdim etilishini muvofiqlashtish.

O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy, demografik, mehnat bozori, aholi turmush darajasi, ta`lim, sog`liqni saqlash va xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo`yicha statistik axborotlarni shakllantirilishini tashkil etish.

Davlat boshqaruvi organlariga ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirilishi monitoringi uchun statistik axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish.

Ijtimoiy statistika ma`lumotlarini yig`ish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish.

Ijtimoiy soha va xizmatlar statistikasiga oid davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, joriy etish  va statistika kuzatuvlarini o`tkazish usullari bo`yicha takliflar tayyorlash ishlarini tashkil etish.

Davlat statistikasi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish.

Ijtimoiy va xizmatlar sohasida xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlar reyting baholarini tuzish uchun foydalaniladigan axborot manbalarini o`rganishni muvofiqlashtirish, ular asosida shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ko`rsatkichlar tarkibini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishni tashkil etish.

Ijtimoiy statistika sohasidagi ilg`or xorijiy tajribani o`rganish, umumlashtirish va tarqatish ishlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro tavsiyalar asosida ko`rsatkichlarni hisoblash metodikalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish.

Ijtimoiy statistika, hisobot ko`rsatkichlarining va o`tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarini tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini, statistika axborotlardan foydalanishning qulayligi va oshkoraligini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi muvofiqlashtirish.

Mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash