Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikаsi Davlat stаtistikа qo‘mitаsi rаisi o‘rinbosаri

M.Ziyadullaev 1970 yil 10 oktyabrda Buxoro viloyati, Qorako`l tumani tug`ilgan. Mutaxassisligi bo`yicha huquqshunos. 2000 yilda O`zbekiston Milliy universitetini, 2005 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

 1986-1988 yillarda – “Oktyabr” jamoa xo`jaligida ishlagan.

1988-1990 yillarda – harbiy xizmatda bo`lgan.

1990-1991 yillarda – Buxoro viloyati Qorako`l tuman sudida ishlagan.

1991-1993 yillarda – Toshkent yuridik texnikumi talabasi bo`lgan.

1993-1993 yillarda – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huquqshunosi bo`lib ishlagan. 

1994-2005 yillarda – Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limida 2-toifali mutaxassis, 1-toifali mutaxassis, bo`lim boshlig`ining 1-o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2004-2005 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo`lgan.

2005-2006 yillarda – Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2006-2007 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi Pensiya ta`minotini tashkil etish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2007-2008 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi Pensiya ta`minoti boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2008-2010 yillarda – Buxoro viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2010-2011 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

2011-2017 yillarda – O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.

2017 yilning avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisining ijtimoiy statistika bo`yicha o`rinbosari etib tayinlangan.

 Uylangan, ikki o`g`il va bir qizi bor.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash