Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisi

 

Begalov Bahodir Abdusalomovich

1968 yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug`ilgan. Oliy iqtisodiy ma`lumotga ega. Iqtisod fanlari doktori, professor. Ta`limni axborotlashtirish akademiyasi va Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining haqiqiy a`zosi.

1986 - 1988 yillarda harbiy xizmatda bo`lgan.

1992 yilda Moskva iqtisod-statistika institutini tugatgan.

O`qishni bitirib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (TDIU) Hisoblash markazida 3-toifali muhandis bo`lib ishlagan.

1992 - 1996 yillarda Moskva  moliya-iqtisod institutining aspiranturasida o’qigan. Uni tamomlashi bilan, “Issledovanie i razrabotka modeley i algoritmov kompyuternoy texnologii reklamnoy deyatelnosti (na primere informatsionnix produktov i uslug)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va  iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo`lgan.

1996 - 1999 yillarda  TDIU  “Iqtisodiy informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari” kafedrasida  katta o`qituvchi va dotsent lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.

1999 - 2001 yillarda TDIU “Informatika, menejment va iqtisodiy ta`lim pedagogikasi” fakulteti dekanining o`quv ishlari bo`yicha muovini bo`lib ishlagan.

2001 - 2002 yillarda TDIUning «Iqtisodiy informatika va  avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari» kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2001 yilda “Axborot-kommunikatsiya bozorining shaklllanish va rivojlanish tendentsiyalarini ekonometrik modellashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2002 - 2008 yillarda TDIUning “Informatika, menejment va iqtisodiy ta`lim pedagogikasi” fakulteti dekani vazifasini bajargan.

2008 - 2011 yillarda TDIUning “Axborot texnologiyalari va menejment” fakulteti dekani bo`lib ishlagan.

2011 - 2012 yillarda TDIUning Ilmiy ishlar bo`yicha prorektori lavozimida ishlagan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan, 2012–2016 yillarda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari bo`lib ishlagan. O`rindoshlik asosida TDIUning “Iqtisodiyotda axborot tizimlari” kafedrasi professori lavozimida ishlagan.

2013 yilning mart oyidan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 6 martdagi 65-son qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Rayosatining iqtisodiyot fanlari bo`yicha a`zosi etib tasdiqlangan.

2016 - 2017 yillarda Toshkent moliya instituti rektori lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

2017  yil 23 maydan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5051-son Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangan.

Ilmiy va pedagogik faoliyatni olib boradi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” kafedrasi professori hisoblanadi. "O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi", "Iqtisod va ta`lim" va "O`zbekiston iqtisodiyoti" jurnallar tahririyat a`zosidir.

300 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 4 ta darslik, 8 ta o`quv qo`llanma, 9 ta monografiya, 32 ta o`quv-uslubiy ishlar chop etgan.

Oilali, uch qiz va bir o`g`li bor.

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash