Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo`yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlarini ta`minlash imkonini bermoqda. 2000-2016 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 31,0 foizdan 56,9 foizga o`sib, 25,9 foiz birlikka ortgan (1-rasm).

1-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi

(foizda)

Taqqoslash uchun bir qator chet el davlatlarida kichik biznesning YAIMdagi ulushini olib qaraydigan bo`lsak, Fransiyada bu ko`rsatkich 62 foizni, Italiyada - 60 foizni, Yaponiyada - 55 foizni, Germaniyada - 54 foizni, Buyuk Britaniyada - 53 foizni, AQShda - 52 foizni, Qozog`istonda - 25,6 foizni, Rossiyada – 20,0 foizni tashkil etadi (2-rasm).

2-rasm

Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning YAIMdagi ulushi

(foizda)

Bunda turli davlatlarda sub`ektlarning kichik biznes sohasiga taalluqliligi mezonlariga ham e`tibor berish lozim. Masalan, AQShda xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik aylanmasi hajmi 3 dan 12 mln.AQSh.dollarigacha bo`lgan sub`ektlar kichik biznes sub`ektlari hisoblanadi. Xodimlar soni 100 dan 500 kishigacha bo`lgan sub`ektlar esa o`rta biznes sub`ektlari deb yuritiladi. Shuningdek, Rossiyada kichik biznes sub`ektlariga xodimlar soni 100 kishigacha hamda yillik tushum hajmi 400,0 mln.rublgacha bo`lgan sub`ektlar taalluqli bo`ladi.

2016 yilda respublikamiz hududlari bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining YAHMdagi ulushi Namangan va Jizzax viloyatlarida yuqori darajaga yetib, 80,3 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida bu ko`rsatkich 78,0 foiz, Surxondaryo viloyatida 75,3 foiz va Xorazm viloyatida 74,2 foizni tashkil etgan. Sirdaryo, Buxoro, Andijon, Farg`ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida, Toshkent shahri va Qoraqalpog`iston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 50-70 foizlar oralig`ida bo`lib, o`rta darajani qayd etgan. Shu bilan birga, past daradaja qolayotgan Navoiy viloyatida bu ko`rsatkich 37,6 foizni tashkil etgan (1-jadval).

1-jadval

 Kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining YAHMdagi ulushi 

(foizda)

  yillar 2000-2016 yillarda o’zgarish
(+;-)
2000 y.1) 2005 y. 2010 y. 2016 y.
Yuqori darajada
Namangan viloyati 33,4 45,2 76,0 80,3 46,9
Jizzax viloyati 37,1 58,3 77,3 80,3 43,2
Samarqand viloyati 44,3 49,9 73,6 78,0 33,7
Surxondaryo viloyati 39,1 42,8 71,7 75,3 36,2
Xorazm viloyati 34,2 47,1 71,8 74,2 40,0
O’rta darajada
Sirdaryo viloyati 38,9 59,8 77,4 68,7 29,8
Buxoro viloyati 33,0 40,7 64,1 67,9 34,9
Andijon viloyati 32,9 35,8 54,7 66,0 33,1
Farg’ona viloyati 32,0 40,8 59,5 63,4 31,4
Toshkent shahri 41,5 46,4 49,9 58,9 17,4
Toshkent viloyati 34,0 32,3 54,7 57,1 23,1
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
26,9 45,1 63,6 57,0 30,1
Qashqadaryo viloyati 25,8 34,9 55,0 51,7 25,9
Past darajada
Navoiy viloyati 21,5 18,5 34,4 37,6 16,1

1) Kichik va o’rta bisnes

3-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning Yalpi xududiy mahsulotdagi ulushi

(2016 yil, foizda)

Kichik biznes sub`ektlarining demografiyasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini har tomonlama qo`llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin oshib bormoqda. 2017 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlari soni (dehqon va fermer xo`jaliklaridan tashqari) 218170 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 118731 taga yoki 2,2 barobar ko`paygan (4-rasm).

4-rasm

Faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari soni

(1 yanvar holatiga, ming birlikda)

2017 yil 1 yanvar holatiga iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha 61220 ta kichik biznes sub`ektlari (jami sub`ektlarning 28,1 foizi) savdo sohasida, 42862 tasi (19,6 foizi) sanoatda, 21796 tasi (10,0 foizi) qurilishda, 18051 tasi (8,3 foizi) qishloq, o`rmon va baliq xo`jaliklarida, 15355 tasi (7,0 foizi) yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish sohasida, 10639 tasi (4,9 foizi) yuk tashish va saqlash sohasida va 48247 tasi (22,1 foizi) boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda (5-rasm).

5-rasm

2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes sub’ektlari sonining iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi

(jamiga nisbatan foizda)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandlik.

2000 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat faoliyati bilan band bo`lganlar soni 4,5 mln.kishini tashkil etgan bo`lsa, 2010 yilda bu ko`rsatkich 8,6 mln.kishini, 2016 yilda esa 10,4 mln.kishini tashkil etib, mazkur sohada band bo`lganlar soni 2000 yilga nisbatan solishtirilganda 5,9 mln.kishiga yoki 2,3 barobar ko`payganligini ko`rish mumkin (6-rasm).

2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo`lganlarning 79,0 foizi (8,2 mln.kishi) yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida, 21,0 foizi (2,2 mln.kishi) kichik korxona va mikrofirmalarda mehnat faoliyati bilan band bo`lgan.

6-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo’lganlar soni

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo`lganlarning iqtisodiyotda band bo`lganlar umumiy sonidagi ulushi 2000 yilda 49,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2005 yilda bu ko`rsatkich 64,8 foizni, 2010 yilda 74,3 foizni, 2016 yilda esa 78,2 foizni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 28,4 foiz birlikka oshgan (7-rasm).

2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo`lganlarning iqtisodiyotda band bo`lganlar umumiy sonidagi ulushi 78,2 foizni tashkil etgan. Shundan 61,9 foizini yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo`lganlar tashkil etsa, 16,3 foizini kichik korxona va mikrofirmalarda band bo`lganlar tashkil etadi.

7-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotda band bo’lganlar umumiy sonidagi ulushi

Kichik biznesning iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidagi ulushi turli xorijiy davlatlar ko`rsatkichlari bilan taqqoslanganda, Yaponiyada bu ko`rsatkich 78,0 foizni, Italiyada 71,0 foizni, Germaniyada 69,5 foizni, Buyuk Britaniyada 56,0 foizni, AQShda 54,0 foizni, Rossiyada 25,6 foizni tashkil etganligini ko`rishimiz mumkin (8-rasm).

8-rasm

Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning iqtisodiyotda band bo’lganlarning umumiy sonidagi ulushi Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari rivojlanishida kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikning o`rni.

Sanoat. Mazkur tarmoqda kichik biznes sub`ektlari sonining yuqori sur`atlarda o`sishi, qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, yagona soliq to`lovi stavkalarining pasaytirilishi, resurslardan va ishlab chiqarish infratuzilmalaridan foydalanishga ruxsat berish shartlarining soddalashtirilishi hamda kichik biznes sub`ektlarini yirik kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarining kuchayishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 2000 yildagi 12,9 foizdan 2016 yilda 45,3 foizga yoki 32,4 foiz birlikka sezilarli daraja o`sdi (9-rasm).

9-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi

2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 50654,5 mlrd.so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan (jami sanoat mahsulotlarining 45,3 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 16,4 foizga o`sgan.

So`nggi yillarda sanoatning asosiy tarmoqlarida, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati hamda farmatsevtika sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining oshib borayotganligi va ular tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o`sish sur`atlari qayd etilayotganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushini barqaror ravishda oshib borishini ta`minlashda asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilmoqda.

Shu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son “O`zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmoniga muvofiq, sanoatning sermehnat tarmoqlari bo`lmish oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va qurilish materiallari sanoati tarmoqlarida kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik cheklangan soni 200 kishigacha oshirilganligi mazkur tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub`ektlari sonining ko`payishiga imkoniyat yaratib berayotganligini alohida qayd etish zarur.

2016 yilda hududlar bo`yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent shahrida 71,0 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Namangan viloyatida bu ko`rsatkich 69,4 foizni va Samarqand viloyatida 60,1 foizni tashkil etgan. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha o`rta darajada bo`lgan Jizzax, Andijon, Xorazm, Sirdaryo, Buxoro, Farg`ona va Surxondaryo viloyatlari 45-60 foiz oralig`idagi ko`rsatkichlarni qayd etgan. Toshkent viloyatida bu ko`rsatkich 34,0 foizni, Qashqadaryo viloyatida 27,0 foizni, Qoraqalpog`iston Respublikasida 26,6 foizni va Navoiy viloyatida 20,8 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan (2-jadval).

2-jadval

Hududlar bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi

(foizda)

  yillar 2000-2016 yillarda ozgarish (+;-)
2000 y.1) 2005 y. 2010 y. 2016 y.
Yuqori darajada
Toshkent shahri 31,0 32,0 39,5 71,0 40,0
Namangan viloyati 15,6 18,8 42,6 69,4 53,8
Samarqand viloyati 19,1 24,8 45,9 60,1 41,0
O’rta darajada
Jizzax viloyati 19,7 31,9 42,3 59,1 39,4
Andijon viloyati 8,9 4,1 15,5 50,4 41,5
Xorazm viloyati 24,0 10,0 38,8 47,7 23,7
Sirdaryo viloyati 10,1 8,8 26,9 46,5 36,4
Buxoro viloyati 10,6 10,7 28,5 46,0 35,4
Farg’ona viloyati 5,6 6,0 22,5 45,4 39,8
Surxondaryo viloyati 23,1 10,1 25,4 45,2 22,1
Past darajada
Toshkent viloyati 8,1 8,1 21,5 34,0 25,9
Qashqadaryo viloyati 6,8 4,2 29,1 27,0 20,2
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
19,8 12,6 29,5 26,6 6,8
Navoiy viloyati 2,9 1,3 8,7 20,8 17,9

1) Kichik va o’rta biznes

Qishloq xo`jaligi. Qishloq xo`jaligi iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom-ashyoga bo`lgan talabini qondiradi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida qishloq xo`jaligida chuqur tarkibiy islohotlar o`tkazilib, sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o`tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo`jaliklari faoliyatini yo`lga qo`yish kabi muhim masalalarni hal etishga katta e`tibor berildi. Bugungi kunda fermerlik farakati jadal rivojlanib, dehqonchilikda: g`allachilik, paxtachilik, sholikorlik, meva-savzavotchilik hamda chorvachilikda: qoramolchilik, qo`ychilik, qorako`lchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik yo`nalishlarida hamda mahsulotlarni qayta ishlash sohalarida faoliyat ko`rsatayotgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklari rivojlanib bormoqda.

Respublikamizda fermer xo`jaliklarining yuqori sur`atlarda rivojlanishi natijasida 2000-2016 yillarda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 73,6 foizdan 98,2 foizga oshgan (10-rasm).

10-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qishloq xo’jaligidagi ulushi

Qurilish. Qishloq joylarda namunaviy uylar qurish bo`yicha Hukumat dasturlarining qabul qilinishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan respublikamizda, shu jumladan qishloq joylarda qurilish ishlari hajmining barqaror o`sishi ta`minladi. Turar joylarning qurilishi bilan birga, ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari, qishloq vrachlik punktlari, umumta`lim muassasalari, xizmat ko`rsatish va servis sohalaridagi ob`ektlarning qurilishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining qurilish sohasidagi ulushi 2000 yilda 38,4 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda 67,8 foizga yetib, 29,4 foiz birlikka sezilarli darajada oshgan (11-rasm).

11-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilishdagi ulushi

2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 20488,5 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 67,8 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 11,9 foizga o`sgan.
Shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 10197,1 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 33,7 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 15,0 foizga o`sgan. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 10291,4 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 34,1 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 8,8 foizga o`sgan.

2016 yilda hududlar bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilish tarmog’idagi ulushi bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichlar Namangan (95,1 foiz), Samarqand (94,9 foiz), Andijon (93,7 foiz), Jizzax (92,6 foiz), Sirdaryo (90,3 foiz) va Farg’ona (90,1 foiz) viloyatlariga tegishli.

Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida 80,3-88,9 foiz oralig’ida o’rta darajada qayd etilgan.

Navoiy viloyatida bu ko’rsatkich 74,9 foizni, Toshkent viloyatida 73,8 foizni, Qashqadaryo viloyatida 73,3 foizni, Toshkent shahrida 70,2 foizni tashkil etib, eng past ko’rsatkich 66,4 foizni Buxoro viloyati qayd etilgan (12-rasm).

12-rasm

Qurilish tarmog'ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi
(2016 yil, foizda)

Savdo. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ulushi 2000 yildagi 74,1 foizdan 2016 yilda 89,6 foizga yetib, 15,5 foiz birlikka oshgan (13-rasm).

13-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasi hajmidagi ulushi


2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 78867,4 mlrd.so`mni tashkil etgan (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 89,6 foizi). Shu jumladan 17754,0 mlrd.so`mlik chakana savdo hajmi (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 20,2 foizi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga hamda 61113,3 mlrd.so`mlik chakana savdo hajmi (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 69,4 foizi) yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga to`g`ri keladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi savdo faoliyati. Import o`rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes sub`ektlarining davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanishi eksport hajmida kichik biznesning hissasini oshirish imkonini bermoqda.

Respublikamiz eksportining umumiy hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yilda 10,2 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda 26,5 foizga yetgan, ya`ni 16,3 foiz birlikka oshgan (14-rasm).

14-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tovarlar va xizmatlar importi hajmidagi ulushi 2013 yilda 42,4 foizni tashkil etgan bo’lsa 2016 yilda bu ko’rsatgich 46,7 foizga teng bo’lib, 4,3 foiz birlikka oshgan (15-rasm).

15-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tovarlar va xizmatlar importi hajmidagi ulushi

(foizda)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiyalar. Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes sub`ektlarining faol xo`jalik faoliyati yuritishining muhim indikatorlaridan biri bu kiritilgan investitsiyalar hajmidir.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida ular tomonidan 2016 yilda iqtisodiyotga 19482,8 mlrd.so`mlik investitsiyalar kiritildi va bu 2015 yilga nisbatan 18,7 foizga ko`pdir.

2016 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 39,1 foizni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 23,7 foiz birlikka oshgan (16-rasm).

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan jami investitsiyalar hajmidagi ulushining oshib borishi ularning yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishga qaratilgan investitsiya maqsadlarida jalb qilinayotgan uzoq muddatli kreditlari hajmining oshishi bilan bog`liqdir. Shu sababli kichik biznes sub`ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo`yicha tarkibida o`z mablag`lari va bank kreditlarining ulushi eng yuqori salmoqni tashkil etadi.

16-rasm

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi ulushi

(foizda)

Statistik ko`rsatkichlar dinamikasi shuni ko`rsatmoqdaki, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati yil sayin oshib bormoqda. Mazkur sohalardagi ijobiy tendentsiyalarga bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobat muhitini rivojlantirish va xususiy mulkni himoya qilishga oid tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi hisobiga erishilmoqda.

Oilaviy tadbirkorlik. Oilaviy korxonalarning mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum 2016 yil yakuni bilan 679320,3 mln. so’mni tashkil etgan.

2012 yilda mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum bitta oilaviy korxona hisobiga o`rtacha 27,6 mln so`mni tashkil etgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2016 yilda 5,1 baravarga o`sgan.

2016 yilda o`rtacha bitta oilaviy korxonaga to`g`ri keladigan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumning eng yuqori ko`rsatkichi Toshkent shahrida 323,4 mln. so`mni tashkil etgan bo`lsa, eng past ko`rsatkich 39,7 mln. so`m bo`lib Sirdaryo viloyati sub`ektlariga to`g`ri kelgan (17-rasm).

17-rasm

Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumning bitta oilaviy korxonaga to'g'ri keladigan o'rtacha hajmi

(mln. so'mda)

2016 yilda oilaviy korxonalarning mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumning 40,8 foizi sanoat tarmog`i, 33,1 foizi savdo, 11,1 foizi yashash va ovqatlanish, 3,3 foizi qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi, 3,0 foizi qurilish, 0,8 foiz tashish va saqlash, 7,9 foiz boshqa iqtisodiy faoliyat turlari bilan shug`ullanuvchi korxonalar hissasiga to`g`ri keladi (18-rasm).

18-rasm

Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha oilaviy korxonalarda mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum hajmi

(foizda)

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash