Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Litsenziya kelishuvi muddatini uzaytirish

 

Batafsil: Korporativ tarmoqning barcha nuqtalari markazlashgan himoyasi   Dr.Web Enterprise Security Suite dasturiy ta`minoti litsenziya kelishuvi muddatini uzaytirish. Litsenziya tarkibida quyidagilar bo`lishi lozim:

  1. Web Desktop Security Suite (ishchi stantsiyalar, terminal va virtual serverlar a`zolari, ichki tizim a`zolari) dasturiy ta`minoti, 1650 ta foydalanuvchilar himoyasi;
  2. Web Server Security Suite (ma`lumotlar uchun va ilovalar uchun mo`ljallangan serverlar himoyasi (shu jumladan terminal va virtual serverlar), 50 ta serverlar himoyasi;
  3. Dr.Web Mail Security Suite (elektron pochta himoyasi), 1650 ta foydalanuvchilar himoyasi;
  4. Dr.Web Gateway Security Suite (Shlyuzlar himoyasi), 1650 ta foydalanuvchilar ximoiyasi.

1    Umumiy talablar

1.1    Tizimning barcha qismlari yagona texnik ko`mak ko`rsatish xizmatiga ega  bir savdo belgisiga tegishli bo`lishi lozim. Texnik ko`mak ko`rsatish to`g`ridan-to`g`ri dasturiy mahsulotni yetkazib beruvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim. Ishlab chiqaruvchining texnik ko`magi rus tilida amalga oshirilishi lozim.

1.2    Ishlab chiqaruvchining virus bazalari va dasturiy ta`minot qismlarining xesh-summ tekshiruvi va foydalanuvchi avtorizatsiyasi orqali to`laqonli yangilab borish imoniyatiga ega serverlarining mavjudligi. 

1.3    Dasturiy ta`minot to`liq rus tilida bo`lishi.

1.4    Ishlab chiqaruvchining sayti va ma`lumotlar bazasining rus tilida bo`lishi.

Mazkur yo`nalishda va bozordagi tajribasining 3 yildan kam bo`lmasligi. Shartnoma shartlarini bajarish uchun yetarli darajada moliyaviy, texnik, maxsulot,  kadrlar va boshqa imkoniyatlarga ega bo`lishi. Shartnoma tuzish huquqiga ega bo`lishi.  Soliq va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha  qarzdorlikning mavjud bo`lmasligi.  Bankrotlik holatida bo`lmasligi. Ishonchsiz ijrochilar yagona reestriga  kiritilmaganligi. Shartnoma imzolashda quyidagilar taqdim etiladi: Davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvoxnoma nusxasi, Dasturiy ta`minotini sotishga oid Vazirlar Mahkamasining tegishli litseziyasi nusxasi, belgilangan xajmdagi Dr.Web  dasturiy ta`minoti litsenziyalarini yetkazib beruvchi vakili orqali  xarid qiluvchini ta`minlashga doir ishlab chiqaruvchi xujjatining asl nusxasi.

 

Tugmani bosing Tinglash