Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech
Maqola

1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TOIFALI ILMIY VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLARNI TAYYОRLASH.

Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo'lgan extiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim, kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, mustaqil izlanuvchilik) doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi.

1-rasm

Doktorantlar tayyorlovchi muassasalar soni, birlik (2000-2016 yillar)

Doktorantlar tayyorlovchi muassasalar (katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutlari) soni 2016 yilga kelib 128 tani tashkil etdi va 2000 yildagiga nisbatan 1,6 barobarga oshdi. 2016 yilda doktorantlarni tayyorlovchi muassasalarning 65 tasini ilmiy institutlar, 63 tasini oliy ta’lim muassasalari tashkil qildi.

2-rasm

Doktorantlar soni (2000-2016 yillar)

(kishi)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456 sonli Farmoniga asosan dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimini joriy qilindi, bu katta ilmiy xodim izlanuvchilar sonining ortishiga ham sabab bo‘ldi. Xususan, ushbu muassasalarda doktorant sifatida o’qiyotganlar soni 2016 yilda 2000 yildagi sonidan 4 barobardan ortiqroqqa oshdi va 334 nafardan 1370 nafargacha yetdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958 sonli Farmoniga binoan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali shakli dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi “tayanch doktorantura” va dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi “doktorantura” tizimini joriy qilindi

1-jadval

Doktoranturada o‘qiydiganlarning fan sohalari bo‘yicha dinamikasi (2000-2016 yillar)

 

2000y.

2005y.

2010y.

2016y.

         

Jami

334

183

217

1370

shu jumladan fanlar bo‘yicha:

       

tabiiy fanlar

82

51

50

309

texnika fanlari

26

12

21

167

tibbiyot fanlari

83

45

30

113

qishloq xo‘jaligi fanlari

11

8

10

154

ijtimoiy fanlar

93

47

70

348

gumanitar fanlar

39

20

36

279

 

So‘nggi yillarda fan sohalari bo‘yicha doktorantlar soni yuqori sur’atda o‘sib bormoqda. Jumladan, 2000-2016 yillarda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar sonining eng ko‘p ortishi qishloq xo‘jaligi fanlari (2016 yilda 2000 yilga nisbatan 14 barobarga oshgan), gumanitar fanlar (7,2 barobar) va texnika fanlari (6,4 barobar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Quyidagi grafikda so‘nggi 5 yil davomida doktoranturada o‘qiydiganlarning fan sohalari bo‘yicha o‘zgarishi keltirilgan.

3-rasm

Fan sohalari bo‘yicha doktorantlar soni (2012-2016 yillar)

2. ILMIY-TADQIQOT VA TAJRIBA-KONSTRUKTORLIK ISHLANMALARINING BAJARILISHI

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari tadqiqotlar yoki amaliy tajribalar natijasida olingan va yangi materiallar, mahsulotlar, jarayonlar, qurilmalar, xizmatlar, tizimlar yoki usullarni yaratishga yo‘naltirilgan mavjud bilimlarga asoslangan tizimli ravishda amalga oshiriladigan ishlar kiradi. Ishlanmalar tarkibiga konstruktorlik, loyihaviy va texnologik ishlar kiradi.

4-rasm

Ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar dinamikasi (2000-2016 yillar)

Ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlanmalari bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar soni 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 19 taga ko‘paydi va 437 tani tashkil etdi. Ular tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan ilmiy tadqiqot tajriba konstruktorlik ishlari hajmi 2016 yilda 396 mlrd. so‘mga yetdi va 2000 yilga nisbatan 37 barobarga oshdi.

2-jadval

2016 yilda fan sohalari bo‘yicha sektorlar kesimida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar, mln.so‘m

 

Jami

Shu jumladan:

tabiiy fanlar

texnika fanlari

tibbiyot fanlari

qishloq xo‘jaligi fanlari

ijtimoiy fanlar

gumanitar fanlar

Jami

440285,2

143634,3

154625,7

28737,3

36706,1

47288,8

29293,1

shu jumladan:

             

davlat sektori

178812,9

83044,5

21871,8

15171,9

26481

15161,2

17082,5

tadbirkorlik sektori

173622,6

42930,8

111779,5

6199,3

5334

6929,1

449,9

oliy ta’lim sektori

82424,6

17659

18683,3

7254,8

4891

22427,8

11508,5

xususiy notijorat sektor

5425,1

-

2291,0

111,2

-

2770,7

252,2

 

2016 yilda davlat sektoriga tegishli tashkilotlarda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga qilingan xarajatlarning asosiy qismi tabiiy fanlar hissasiga (jami xarajatlarning 46,4 foizi), tadbirkorlik sektorida texnika fanlari hissasiga (64,4 foiz), oliy ta’lim hamda xususiy notijorat sektorlarida ijtimoiy fanlar hissasiga (mos ravishda 27,2 va 51,1 foiz) to‘g‘ri keladi.

3-jadval

O‘z kuchi bilan bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga xarajatlarni moliyalashtirish manbalari (2000-2016 yillar)

 

2000 y.

2005 y.

2010 y.

2016 y.

O‘z kuchi bilan bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga xarajatlar, mln.so‘m

11210,5

36448,1

116121,7

428485,5

shu jumladan:

jami davlat byudjeti mablag‘lari

4444,1

16307,8

70457,9

247220,2

byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lar

166,0

2365,2

5824,6

18084,9

o‘z mablag‘lari

1594,1

6273,8

12409,8

95424,1

buyurtmachi mablag‘lari

4962,8

11289,4

24553,3

64188,9

xorijiy manbalar mablag‘lari

46,5

211,9

2876,1

3567,4

 

So‘nggi o‘n yetti yil mobaynida respublikamizda ilmiy muassasalar tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish manbasi tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Xususan, 2000 yilda bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishga asosan buyurtmachi mablag‘lari (jami xarajatlarning 44,3 foizi) jalb qilingan bo‘lsa, so‘nggi yillarda ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda ko‘proq davlat byudjeti mablag‘lari (57,7 foizi) va o‘z mablag‘laridan (22,3 foizi) foydalanilmoqda. Bundan tashqari ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda xorijiy manbalar va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘laridan foydalanish ham sezilarli ortgan.

2000 yilda asosan buyurtmachilar mablag‘lari hamda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan (jami moliyalashtirishning 84 foizi) moliyalashtirilgan bo‘lsa, 2016 yilda davlat byudjeti mablag‘lari qatorida o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning ham ulushi ortgan.

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan band bo‘lgan tadqiqotchi mutaxasislar soni 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 27,4 foizga oshdi va 31966 nafarni tashkil etdi.

4-jadval

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan ilmiy xodimlar (2000-2016 yillar)

 

2000 y.

2005 y.

2010 y.

2016 y.

         

Ilmiy xodimlar – jami (oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik xodimlarini qo‘shgan holda)

36837

34094

36358

36984

shu jumladan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar

25083

26685

30343

31966

ulardan ilmiy darajaga ega bo‘lganlar:

       

fan doktori

2009

2353

2549

2242

fan nomzodi

8192

8363

9254

8200

 

5-rasm

2016 yilda fan sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni

2016 yilda tadqiqotchi-mutaxassislarning 26,2 foizi (8391 nafar) tabiiy fanlar sohasida, 20,2 foizi (6457 nafar) gumanitar fanlar sohasida, 18,3 foizi (5852 nafar) ijtimoiy fanlar sohasida, qolgan 35,2 foizi (11266 nafar) texnika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan.

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Tugmani bosing Tinglash