Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Chakana savdo

Tahlillarga ko`ra, aholi turmush darajasining oshib borishi chakana savdo tovar aylanmasiga ta`sirini ko`rsatayotganligi kuzatilmoqda.

Xususan, tovar aylanmasi 2005 yilga nisbatan 4,8 marotaba, 2010 yilga nisbatan esa 2,3 marotabaga oshib, 2016 yil yakuni bilan 88071,6 mlrd. so`mni, 2015 yilga nisbatan 14,4 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, bugungi kunda 34,4 mingdan ziyod chakana savdo faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik korxonalar mavjud bo`lib, tovar aylanmasi hajmi 3850 ta korxonada 1 mlrd.so`mdan ko`proqni tashkil etmoqda.

1-rasm

Chakana savdo dinamikasi

Chakana savdo tovar aylanmasida oziq-ovqat tovarlarining ulushi 48,5 foizni, nooziq ovqat tovarlari ulushi esa 51,5 foizni tashkil etgan. 2000 yilda bu ko`rsatkich mos ravishda 60,5 va 39,5 foizni tashkil etgan.

Oziq-ovqat tovarlarining ulushi 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 12 foizga kamaygan, mos ravishda nooziq-ovqat tovarlari ulushi ko`tarilgan.

Natijada, oziq-ovqat tovarlari xajmi 2000 yilga nisbatan 4,3 marotabaga, nooziq ovqat tovarlari esa 9,7 marotabaga oshgan.

2-rasm

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibining o'sishi

(mlrd so'm)

Nooziq-ovqat tovarlari aylanmasining o`sishiga asosan avtomobil, tamaki mahsulotlari, benzin va siqilgan gaz mahsulotlariga bo`lgan talabning oshishi o`z ta`sirini ko`rsatganligi kuzatilmoqda.

Chakana savdo tovar aylanmasining oshishida Toshkent shahar (jamidagi ulushi 21,9 foiz), Toshkent (10,5 foiz), Farg`ona (8,7 foiz) va Samarqand (8,6 foiz) viloyatlari ulushi yuqori bo`lgani holda, Sirdaryo (1,8 foiz), Jizzax (3,3 foiz), Qoraqalpog`iston Respublikasi (3,3 foiz) va Xorazm (3,8 foiz) viloyatlari eng kam natijani qayd etdilar.

3-rasm

Chakana savdo tovar aylanmasining hududlardagi ulushi

(foizda)

Shuningdek, o`sish sur`atining yuqoriligiga go`sht, parranda go`shtini qo`shgan holda va go`sht mahsulotlari (8,0 foiz umumiy chakana savdo tovar aylanmasi hajmidan), farmatsevtika tovarlari (4,3 foiz), avtomobillar (4,2 foiz), meva, qayta ishlangan meva va poliz mahsulotlari (3,7 foiz), alkogol mahsulotlari (3,1 foiz), sabzavotlar (2,8 foiz), avtomobil benzini (2,7 foiz), siqilgan tabiiy gaz (2,2 foiz) mahsulotlari sotilishi ta`sir qilgan.

Shu bilan birga, yirik korxonalarda ham chakana savdo tovar aylanmasining 2015 yilga nisbatan 8,3 foizga pasayganligi kuzatilmoqda.

2000 yilda ularning jamidagi ulushi 25,4 foizni, 2005 yilda 11,8 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilga kelib bu ko`rsatkich 10,4 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kichik tadbirkorlikning jadal rivojlanishi sohada asosiy tayanchga aylanmoqda.

Jumladan, kichik tadbirkorlikning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2005 yilga nisbatan 4,9 marotaba, 2010 yilga nisbatan esa 2,4 marotabaga oshib, 2016 yil yakuni bilan 78935,6 mlrd. so`mni, ya`ni
2015 yilga nisbatan 17,8 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, kichik tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasidagi ulushi 2000 yildagi 74,6 foizdan, 2005 yilda 88,2 foizga, 2010 yilda 85,1 foizga, 2015 yilda 87,1 foizga va 2016 yilda 89,6 foizga yetdi.

4-rasm

Kichik tadbirkorlikning tovar aylanmasi va ulushi

Bugungi kunda, respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borishi, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari natijasida aholi daromadlari, ish haqi va pensiyalar hamda aholi soni o’sib, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlariga bo’lgan talab keskin o’zgarmoqda va o’z-o’zidan chakana savdo tovar aylanmasi yillar davomida muntazam oshmoqda.

Jumladan, 2016 yilda 2000 yilga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlarining chakana sovdosini taxlil qilinganda shuni ko’rsatmoqdaki: tuxum –19,3 marttaga, qandolat mahsulotlari – 8,2 marttaga, sut va sut mahsulotlari – 4,6 marttaga, o’simlik yog’i – 2,9 marttaga, go’sht va go’sht mahsulotlari – 2,7 marttaga o’sgan.

1-jadval

O’zbekiston Respublikasida chakana savdo tovar aylanmasining tovar tarkibi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari

(mlrd. so’m)

Tovarlar nomi

2000 y.

2005 y.

2010 y.

2015 y.

2016 y.

2016 yil 2000 yilga nisbatan, foizda

Go’sht va go’sht mahsulotlari

214,6

759,7

2 201,0

6 803,9

6 823,7

2,7 м.

Sut va sut mahsulotlari

22,5

58,8

203,3

478,1

547,0

4,6 м.

Tuxum

13,8

13,8

266,5

999,1

1 092,6

19,3 м.

Sabzavot

80,9

251,2

803,4

2 202,9

2 405,3

83,0

Kartoshka

43,2

101,8

249,4

784,2

889,3

121,7

Qandolat mahsulotlari

36,8

82,2

455,1

1 403,5

1 733,4

8,2 м.

Mevalar, tarvuz va qovunlar

97,1

237,8

1 149,9

2 923,7

3 140,0

163,5

O’simlik yog’i

49,8

99,6

370,9

781,7

911,6

2,9 м.

 

2016 yilda O`zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi hisobi 2 765,4 ming so`mni yoki 2015 yilga nisbatan 12,4 foizni tashkil etgan. 2000 yilga nisbatan aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi 4,8 marotabaga, 2005 yildan 3,9 marotabaga, 2010 yildan 2,0 marotabaga oshgan.

5-rasm

Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi, ovqatlanish korxonalarini qo’shgan holda

(ming so’m)

2016 yil aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi tarkibida oziq ovqat tovarlari ulushi 48,5 foizni, nooziq ovqat tovarlari ulushi esa 51,5 foizni (2000 yilda oziq ovqat tovarlari – 60,5 va nooziq ovqat tovarlari – 39,5 foiz bo`lgan) tashkil etgan.

6-rasm

Сhakana savdo tovar aylanmasi tarkibi

(foizda)

2016 yil aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi hisobida eng yuqori ko`rsatkich Toshkent shahari (7998,4 ming so`m yoki o`tgan yilga nisbatan 13,0 foiz) eng past ko`rsatkich Qoraqalpog`iston Respublikasi (1635,2 ming so`m yoki 12,4 foiz) hissasiga to`g`ri keladi.

7-rasm

2016 yil aholi jon boshiga chakana tovar aylanmasi

(ming so'm)

Tahlillarga ko`ra 2000 yildan 2016 yil yakuniga qadar qariyib 60 mingta savdo ob`ektlari ishga tushirilib, ularning umumiy soni 114,3 mingdan oshdi. Savdo ob`ektlari umumiy sonidan 42 mingga yaqini (36,4 foizi) qishloq joylarida faoliyat ko`rsatmoqda.

8-rasm

Chakana savdo ob`ektlari soni

(ming birlikda)

9-rasm

O’zbekiston Respublikasi buyica chakana savdo ob’ektlari 10000 aholiga

Savdo ob`ektlari eng ko`p joylashgan hudud Toshkent shahri (19,4 mingta), eng kam joylashgan hudud Sirdaryo viloyati (3,5 mingta) hisoblanadi.

10-rasm

Savdo ob`ektlarining hududlardagi ulushi

(foizda)

Shuningdek, 11,6 mingdan ziyod ovqatlanish tashkilotlari mavjud bo`lib, ulardan qariyib 2 mingtasi qishloq joylarda faoliyat yuritadi.

O`zbekiston Respublikasida ovqatlanish tashkilotlari tovar aylanmasining 2,6 trln. so`mdan (2015 yilga nisbatan 26,4 foizga) oshganligini kuzatish mumkin. Ovqatlanish tashkilotlari tovar aylanmasining ulushi umumiy chakana savdo tovar aylanmasi hajmida 3 foizni tashkil etgan.

Hisob kitoblarga ko`ra 2000 yilga nisbatan ovqatlanish tashkilotlari aylanmasi 5 marotabaga oshganligini ko`rish mumkin.

11-rasm

Ovqatlanish tashkilotlari tovar aylanmasi

Ovqatlanish tashkilotlari tovar aylanmasi tarkibida nodavlat mulkining ulushi 2000 yildagi 86,2 foizdan 2016 yilda 96,7 foizga o`sdi.

2-jadval

O`zbekiston Respublikasida 2000-2016 yillarda ovqatlanish korxonalari tovar aylanmasi

Ko`rsatkich nomi 2000 y. 2005 y. 2010 y. 2015 y. 2016 y.

Ovqatlanish korxonalari tovar aylanmasi, mlrd. so`mda

52,9 141,5 573,3 1 969,5 2 608,0
o`tgan yilga nisbatan o`sish sur`ati, foizda 117,8 98,8 119,9 115,4 126,4

Ovqatlanish korxonalari tovar aylanmasi

mulkchilik shakllari bo`yicha taqsimlanishi,foizda

100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
Davlat mulki 13,8 10,8 2,4 3,9 3,3
Nodavlat mulki 86,2 89,2 97,6 96,1 96,7

 

Ulgurji savdo

2016 yilda ulgurji savdo faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslar soni 11,9 mingdan ziyodni tashkil etdi. 3773 ta tashkilotlarda 1 milliard so`mdan yuqori bo`lgan tovar aylanmasi qayd etildi.

Respublika bo`yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 38,3 trln. so`mdan oshib, 2015 yilga nisbatan 16,5 foizga o`sganligi kuzatildi.

Yirik korxonalarning ulgurji tovar aylanmasidagi ulushi 33,9 foizni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 66,1 foizni tashkil etdi.

Ulgurji savdo tovar aylanmasi tarkibida oziq-ovqat tovarlari ulushi 21,3 foizni (8152,3 mlrd.so`m), nooziq-ovqat tovarlari ulushi 78,7 foizni (30149,7 mlrd.so`m) tashkil etdi.

12-rasm

Ulgurji savdoning tovar aylanmasi

(foizda)

Ulgurji savdo tovar aylanmasining oshishida Toshkent shahar (jamidagi ulushi 45,2 foiz), Toshkent (12,3 foiz) va Samarqand (8,2 foiz) viloyatlari ulushi yuqori bo`lgani holda, Jizzax va Navoiy (1,6 foiz), Xorazm (2,0 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi (2,1 foiz) eng kam natijani qayd etdilar.

13-rasm

Ulgurji savdo tovar aylanmasining hududlardagi ulushi

(foizda)

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash