Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Doimiy aholi soni hamda demografik holat ko`rsatkichlari Adliya vazirligining joylardagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari tomonidan taqdim etiladigan ma`lumotlar va Ichki ishlar vazirligining joylardagi Ichki ishlar boshqarmasi (bo`limi)ning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlari tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlar asosida shakllantirilgan.

Ushbu hisob-kitoblar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan uslubiy Nizomga muvofiq amalga oshirilgan.

. Doimiy aholi soni.

O`zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2017 yil 1 yanvar holatiga 32,1 mln. kishini tashkil etib, 1991 yilga nisbatan 11,5 mln. kishiga, ya`ni 55,9 foizga o`sgan (1-jadval).

1-jadval

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni to`g`risida ma`lumo

(yil boshiga; ming kishi)

 

1991 y.

2017 y.

2017 yilning 1991 yilga nisbatan farqi

soni

ulushi, %

soni

ulushi, %

+,-

%

Jami aholi soni

20607,7

100,0

32120,5

100,0

11512,8

155,9

shu jumladan:

           

erkaklar

10188,0

49,4

16121,0

50,2

5933,0

158,2

ayollar

10419,7

50,6

15999,5

49,8

5579,8

153,6

 

1-rasm

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining jinsi bo’yicha taqsimlanishi

(foizda)

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni to`g`risidagi statistik ma`lumotlarning tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, respublika aholisi 1926 yilda – 4,6 mln. kishini, 1939 yilda – 6,3 mln. kishini, 1959 yilda – 8,1 mln. kishini, 1970 yilda – 11,8 mln. kishini, 1979 yilda – 15,4 mln. kishini, 1989 yilda esa 19,8 mln. kishini tashkil etgan (2-rasm).

2-rasm

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni

(ming kishi)

Mazkur yillarda respublika aholisining joylashuvi bo`yicha tarkibida ham sezilarli o`zgarishlar kuzatilgan, ya`ni 1926 yilda shahar aholisining jami aholi sonidagi ulushi – 21,9 foizni tashkil etgan bo`lsa, ushbu ko`rsatkich 1939 yilda – 23,4 foizni, 1959 yilda – 33,6 foizni, 1970 yilda – 36,6 foizni, 1989 yilda – 40,7 foizni, 2017 yil 1 yanvar holatiga kelib esa – 50,6 foizni tashkil etdi (3-rasm).

3-rasm

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining joylashuvi bo`yicha taqsimlanishi

(foizda)

Respublika aholisining milliy tarkibida ham o`zgarishlar kuzatilgan. 1991 yilda respublika aholisi tarkibida o`zbeklar sonining jami aholi sonidagi ulushi - 72,8 foizni, qoraqalpoqlar - 2,1 foizni, ruslar – 7,7 foizni, tojiklar – 4,8 foizni, qozoqlar – 4,1 foizni, tatarlar – 2,0 foizni, ukrainlar – 0,7 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilning 1 yanvar holatiga kelib o`zbeklar ulushi – 83,8 foizni, qoraqalpoqlar - 2,2 foizni, ruslar – 2,3 foizni, tojiklar – 4,8 foizni, qozoqlar – 2,5 foizni, tatarlar – 0,6 foizni, ukrainlar – 0,2 foizni tashkil etgan (2-jadval).

2-jadval

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining milliy tarkibi to`g`risida ma`lumot

(yil boshiga; ming kishi)

 

1991 y.

2011 y.

2017 y.

soni

ulushi, %

soni

ulushi, %

soni

ulushi, %

Jami aholi

20607,7

100,0

29123,4

100,0

32120,5

100,0

shu jumladan:

           

o`zbek

14995,3

72,8

23983,2

82,3

26917,7

83,8

qoraqalpoq

431,9

2,1

641,5

2,2

708,8

2,2

tojik

980,7

4,8

1411,6

4,8

1544,7

4,8

qozoq

845,3

4,1

832,7

2,9

803,4

2,5

rus

1593,8

7,7

837,5

2,9

750,0

2,3

qirg`iz

182,6

0,9

254,6

0,9

274,4

0,9

tatar

414,6

2,0

218,6

0,8

195,0

0,6

turkman

126,6

0,6

174,7

0,6

192,0

0,6

koreys

183,7

0,9

188,0

0,6

176,9

0,6

ukrain

146,8

0,7

78,2

0,3

70,7

0,2

boshqalar

706,4

3,4

502,8

1,7

486,9

1,5

 

4-rasm

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining milliy tarkibi
(2017 yil 1 yanvar holatiga; foizda)

Respublika aholisining 1991-2017 yillarda yosh tarkibida ham sezilarli o`zgarishlar kuzatilgan.

Jumladan, 1991 yilda mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar (0-15 yoshdagilar) ulushi 43,1 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar (erkaklar 16-59 yosh, ayollar 16-54 yosh) 49,1 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar (erkaklar 60 yosh va undan katta, ayollar 55 yosh va undan katta) 7,8 foizni tashkil etgan. 2017 yil 1 yanvar holatiga mazkur ko`rsatkichlar mos ravishda 30,1 foiz, 60,5 foiz va 9,4 foizni tashkil etgan (3-jadval).

3-jadval

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh tarkibi to`g`risida ma`lumot

(yil boshiga; ming kishi)

 

1991 y.

2011 y.

2017 y.

soni

ulushi, %

soni

ulushi, %

soni

ulushi, %

             

Jami aholi soni

20607,7

100,0

29123,4

100,0

32120,5

100,0

shu jumladan:

           

mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar

8883,7

43,1

9099,3

31,3

9665,7

30,1

mehnatga layoqatli yoshdagilar

10122,5

49,1

17804,7

61,1

19440,8

60,5

mehnatga layoqatli yoshdan kattalar

1601,5

7,8

2219,4

7,6

3014,0

9,4

 

5-rasm

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh tarkibi

(foizda)

2017 yilda 1991 yilga nisbatan mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar ulushi kamayish tendentsiyasiga ega bo`lgan bo`lsa, mehnatga layoqatli yoshdagilar va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushi esa o`sgan (5-rasm).

6-rasm

O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh tarkibi

(ming kishi)

Respublika bo`yicha 1991 yilda aholining o`rtacha yoshi 23,3 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilga kelib bu ko`rsatkich 28,5 yoshni tashkil etmoqda, ya`ni respublika aholisining o`rtacha yoshi 5,2 yoshga keksayganligini kuzatish mumkin.

7-rasm

O`zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholining o’rtacha yoshi
(2017 yil 1 yanvar holatiga; yosh)

. Aholining tabiiy harakati.

Aholining tabiiy harakati ko`rsatkichlarida ham o`zgarishlar kuzatilib, 1991 yilda respublikada 723,4 ming nafar bola tug`ilgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan tug`ilish koeffitsienti 34,5 promilleni, mazkur yilda 130,3 ming kishi vafot etgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffitsienti 6,2 promilleni tashkil etgan bo`lib, aholining tabiiy o`sishi 593,1 ming kishiga, ya`ni 1000 aholiga nisbatan aholining tabiiy o`sish koeffitsienti 28,3 promilleni tashkil etgan.

Quyidagi jadvalda respublika aholisining tabiiy harakati ko`rsatkichlari keltirilgan (4-jadval).

4-jadval

O`zbekiston Respublikasi aholisining tabiiy harakati ko`rsatkichlari to`g`risida ma`lumot

(ming kishi)

 

1991 y.

2001 y.

2016 y.

soni

1000 aholiga nisbatan

soni

1000 aholiga nisbatan

soni

1000 aholiga nisbatan

             

Tug`ilganlar

723,4

34,5

513,0

20,4

726,2

22,8

O`lganlar

130,3

6,2

132,5

5,3

154,8

4,9

Aholining tabiiy o`sishi

593,1

28,3

380,5

15,1

571,4

17,9

Tuzilgan nikohlar, ming birlik

270,3

12,9

170,1

6,8

275,0

8,6

Nikohdan ajralishlar,
ming birlik

33,3

1,6

15,7

0,6

29,3

0,9

 

8-rasm

O’zbekiston Respublikasi bo’yicha tug’ilganlar soni
(yilda; ming kishi)

9-rasm

O’zbekiston Respublikasi bo’yicha o’lganlar soni
(yilda; ming kishi)

10-rasm

O’zbekiston Respublikasi aholisining tabiiy o’sishi
(yilda; ming kishi)

11-rasm

O`zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholining tabiiy harakati koeffitsientlari
(2016 yil; 1000 aholiga nisbatan, promille)

 

  1. Tug`ilganlar soni.

Respublikada 2016 yilda 726,2 ming nafar bola tug`ilganligi qayd etilgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan tug`ilish koeffitsienti 22,8 promilleni tashkil etgan.

12-rasm

O`zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha tug`ilganlar soni

(2016 yil; ming bola)

2015 yilga qadar respublikada tug`ilishning eng yuqori ko`rsatkichi 1991 yilga to`g`ri kelib, mazkur yilda 723,4 ming nafar bola tug`ilgan. 1992 yildan 2003 yilgacha tug`ilganlar soni kamayish tendentsiyasiga ega bo`lib, 2003 yilda 508,5 ming nafar bola tug`ilgan. 2004-2015 yillarda tug`ilganlar soni o`sish tendentsiyasiga ega bo`lib, 2015 yilda respublika tarixida eng ko`p, ya`ni 734,1 ming nafar bolaning tug`ilganligi qayd etilgan.

Respublikada 1000 aholiga nisbatan tug`ilish koeffitsienti 90-yillarning boshlarida 30-35 promilleni tashkil etgan bo`lsa, 1994-1997 yillarda 25-30 promilleni, 1998-2016 yillarda esa 20-23 promilleni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari 1991 yillarda fertil yoshdagi (15-49 yosh) 1 ayol hayoti davomida tuqqan bolalar soni, ya`ni tug`ilishning yig`indi koeffitsienti 4,2 ni tashkil etgan bo`lsa, keyingi yillarda pasayish tendentsiyasi kuzatildi va 2016 yilda bu ko`rsatkich 2,5 ni tashkil etdi (13-rasm).

13-rasm

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha tug`ilishning yig`indi koeffitsienti

(15-49 yoshli ayollarning hayoti davomida tuqqan bolalari soni)

  1. O`lganlar soni.

Respublikada 2016 yilda 154,8 ming kishining vafot etganligi qayd etilib, 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffitsienti 4,9 promilleni tashkil etgan.

14-rasm

O`zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha o`lganlar soni

(2016 yil; ming kishi)

Respublikada 1991 yilda 130,3 ming kishi, 2001 yilda 132,5 ming kishi, 2011 yilda 143,3 ming kishi vafot etgan bo`lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffitsienti 6,2 promille, 5,3 promille, 4,9 promilleni tashkil etgan.

Respublikada 1000 aholiga nisbatan o`lim koeffitsienti 1991-1996 yillarda 6,0-6,6 promilleni, 1997-2008 yillarda 5,0-6,0 promilleni tashkil etgan bo`lsa, 2009-2016 yillarda 4,8-4,9 promilleni tashkil etmoqda.

Vafot etganlarni o`lim sabablari bo`yicha tahlil qiladigan bo`lsak, 2016 yilda 100 ming aholiga nisbatan o`lim koeffitsienti 486,0 ni tashkil etib, o`lim sabablari bo`yicha 291,1 – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 44,8 – o`simtalardan, 32,3 – baxtsiz hodisalar, zaharlanish va jarohatlardan, 28,3 – ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 24,5 – nafas olish organlari kasalliklaridan o`lganligi kuzatilgan.

Respublikada onalar o`limi ko`rsatkichi ham pasayish tendentsiyasiga ega bo`lib, 100 000 tug`ilgan bolaga nisbatan 1991 yilda onalar o`limi koeffitsienti 65,3 ni tashkil etgan bo`lsa, 2000 yilda 33,1 ni, 2010 yilda 21,0 ni va 2016 yilda esa 17,4 ni tashkil etdi (15-rasm).

15-rasm

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha onalar o`limi ko`rsatkichi

(100 000 tug`ilgan bolaga nisbatan)

Respublikada 2016 yilda bir yoshgacha o`lgan bolalar soni 7,8 ming nafar bolani tashkil etib, 1000 tug`ilgan bolaga nisbatan go`daklar (1 yoshgacha bolalar) o`limi koeffitsienti 10,7 promilleni tashkil etgan.

Respublikada 1000 tug`ilgan bolaga nisbatan go`daklar (1 yoshgacha bolalar) o`limi koeffitsienti 1991 yilda 35,5 promilleni, 2000 yilda 18,9 promilleni, 2010 yilda 11,0 promilleni tashkil etgan (16-rasm).

16-rasm

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha go`daklar va bolalar o`limi ko`rsatkichlari

(1000 tug`ilgan bolaga nisbatan; promille)

Go`daklar (1 yoshgacha bolalar) o`limi koeffitsienti 2016 yilda 1000 tug`ilganga nisbatan 10,7 ni tashkil etib, shundan asosiy o`lim sabablari bo`yicha - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan o`lganlar - 5,94, nafas organlari kasalliklaridan – 2,44, tug`ma anomaliyalardan - 1,11, infeksion va parazitar kasalliklardan – 0,35, boshqa kasalliklardan - 0,84 ni tashkil etgan.

Respublikada 2016 yilda besh yoshgacha o`lgan bolalar soni 10,1 ming nafarni tashkil etib, 1000 tug`ilgan bolaga nisbatan bolalar (5 yoshgacha) o`limi koeffitsienti 14,1 promilleni tashkil etgan.

Respublikada 1000 tug`ilgan bolaga nisbatan bolalar (5 yoshgacha) o`limi koeffitsienti 1991 yilda 48,2 promilleni, 2000 yilda 28,5 promilleni, 2010 yilda 14,8 promilleni tashkil etgan.

  1. Tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi.

Aholining yashash sifati ko`rsatkichlaridan biri bu tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi hisoblanadi. Respublikada 2016 yilda mazkur ko`rsatkich 73,8 yoshni (ayollarda – 76,2 yosh, erkaklarda – 71,4 yosh) tashkil etgan (17-rasm).

17-rasm

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi

(yosh)

Tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi ko`rsatkichi so`nggi yillarda o`sish tendentsiyasiga ega bo`lib, jumladan 1991 yilda ushbu ko`rsatkich 66,4 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2000 yilda 70,8 yoshni, 2010 yilda 73,0 yoshni tashkil etgan.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan barcha sohalar kabi tibbiyot sohasida ham jiddiy islohotlar olib borish ishlari boshlandi. Tibbiyot sohasida davlatimiz tomonidan ko`plab qonunlar, farmonlar, qarorlar, dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etila boshlandi.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida respublikada o`lim darajasi, jumladan, bolalar va onalar o`limi ko`rsatkichlarining pasayish tendentsiyasi kuzatildi va bu o`z navbatida respublikada tug`ilishda kutilgan umr davomiyligi ko`rsatkichining o`sishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi.

  1. Tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralishlar.

Respublika bo`yicha 2016 yilda 275,0 mingta nikoh qayd etilgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsienti 8,6 promilleni tashkil etgan (18-rasm).

18-rasm

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha nikoh tuzish va nikohdan ajralish koeffitsientlari

(1000 aholiga nisbatan; promille)

Respublikada 2000 yillarda birinchi marta nikoh qurgan qiz bolalarning o`rtacha yoshi 21,4 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda bu ko`rsatkich 22,6 yoshni tashkil etdi, ya`ni 1,2 yoshga ko`paydi.

Respublikada 2000 yillarda birinchi marta nikoh qurgan o`g`il bolalarning o`rtacha yoshi 24,2 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda ushbu ko`rsatkich 26,0 yoshni tashkil etdi, ya`ni 1,8 yoshga ko`paydi

19-rasm

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha ilk bor nikoh tuzuvchilarning o`rtacha yoshi

(yosh)

Respublika bo`yicha 2016 yilda 29,3 mingta nikohdan ajralish qayd etilgan bo`lib, o`tgan yilga nisbatan 0,3 mingtaga kamaygan. 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsienti esa 0,9 promilleni tashkil etgan.

1991 yilda respublikada 33,3 mingta nikohdan ajralish qayd etilgan bo`lib, 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsienti 1,6 promilleni tashkil etgan. Keyingi yillarda nikohdan ajralishlar soni kamayib borish tendentsiyasiga ega bo`lib, 2013 yildan boshlab yana o`sish kuzatilgan.

III. Ma`muriy hududiy birliklar.

Respublikada 2017 yil 1 yanvar holatiga 168 ta tuman, 119 ta shahar (respublika bo`ysunuvida – 2 ta, viloyatlar bo`ysunuvida – 24 ta va tumanlar bo`ysunuvida – 93 ta), 1081 ta shaharcha, 1468 ta qishloq fuqarolar yig`inlari, 10998 ta qishloq aholi punkti hamda 8207 ta mahalla fuqarolar yig`inlari mavjud.

Respublika hududi 448,97 ming kv.km tashkil etib, 1 kv.kmga 71,5 kishi to`g`ri keladi.

20-rasm

O`zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholi zichligi

(2017 yil 1 yanvar holatiga; 1 kv.km ga to’g’ri keladigan aholi soni)

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash