Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O‘zaro kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida 1-may kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari Prezidentimizning shu yil 6-7-mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalar bo‘yicha yuksak darajadagi aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Bugungi kunda agrosanoat kompleksidagi, temir yo‘l tizimini ta’mirlash va modernizatsiya qilish va boshqa sohalardagi savdo shartnomalari va qo‘shma kooperatsiya loyihalari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbarlari belgilangan dasturlar va hamkorlik loyihalarini, avvalambor, iqtisodiy sohadagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida yanada faol hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladilar.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, shuningdek, yaqin istiqboldagi qo‘shma tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qardosh O‘zbekiston xalqiga ezgu istaklarini bildirdi.

Suhbat O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga xos samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv, hurmat va yaqin qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.

 

O'zA

 

 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash