1. Iste`mol narxlari indeksi va inflyatsiya darajasi
Pul-kredit va inflyatsiyaga qarshi siyosat o`tkazilishi, milliy valyutani barqarorligini ta`minlashi natijasida, iste`mol sektorida inflyatsiya darajasini pasayishiga erishildi. Masalan, 2005 yilda tovar va xizmatlar narxlari darajasi o`rtacha 7,8%ga o`sgan bo`lsa, 2015 – 2016 yillarga kelib, yillik o`rtacha narxlarning o`sish darajasi mos ravishda 5,6% va 5,7%ni tashkil qildi.
1-grafika
O`zbekiston Respublikasi bo`yicha iste`mol narxlari indeksi dinamikasi
(dekabr o`tgan yilning dekabriga nisbatan, %)
O`zbekiston 2010 yil yakunlari bo`yicha Moldova va MDHning o`nta davlati ichida eng past inflyatsiya darajasi bilan birinchi o`rinda bo`ldi, 2016 yil yakunlari bo`yicha esa respublikada inflyatsiya darajasi Ozarbayjon, Belarus, Qozog`iston, Tojikiston va Ukraina kabi davlatlarga nisbatan past bo`ldi.
1-jadval
MDH davlatlarida iste`mol narxlari indeksi
(dekabr o`tgan yilning dekabriga nisbatan, %)
MDH davlatlarida iste`mol narxlari indeksi |
|||
2005 y. |
2010 y. |
2016 y. |
|
Armaniston |
99,8 |
109,4 |
98,9 |
Ozarbayjon |
105,4 |
107,9 |
115,7 |
Belarus |
108,0 |
109,9 |
110,6 |
Qozog`iston |
107,5 |
107,8 |
108,5 |
Qirg`iziston |
104,9 |
119,2 |
103,4 |
Moldova |
110,0 |
108,1 |
102,4 |
Rossiya |
110,9 |
108,8 |
105,4 |
Tojikiston |
107,1 |
109,8 |
106,1 |
Ukraina |
110,3 |
109,1 |
112,4 |
O`zbekiston |
107,8 |
107,3 |
105,7 |
2005, 2010 va 2016 yillar uchun iste`mol narxlari indeksi taqqoslanganda, ham umumiy narxlarning (2005 yildagi 7,8%dan 2016 yilda 5,7% gacha), ham iste`mol tovarlari narxlarining (2005 yildagi 6,7%dan 2016 yilda 0,3%gacha) o`sish suratlarini pasayishi tendentsiyasi borligi namoyon bo`lmoqda.
1-diagramma
O`zbekiston Respublikasi bo`yicha iste`mol narxlari indekslari
(dekabr o`tgan yilning dekabriga nisbatan, %)
O`zbekiston Respublikasida 2005–2016 yillarda iste`mol narxlari indeksining o`rtacha yillik o`sishi sur`ati tahlili, xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining o`sish sur`atlari oziq-ovqat tovarlari narxlaridagi xuddi shunday o`zgarishlarga nisbatan sezilarli darajada ilgarilab ketganligini ko`rsatib turibdi.
2-jadval
2005 – 2016 yillar uchun o`rtacha yillik iste`mol narxlari indeksi
2005 – 2016 yillar uchun o`rtacha yillik iste`mol narxlari indeksi (foizda) |
|
Yig`ma indeks |
106,9 |
Oziq - ovqat mahsulotlari |
103,8 |
Nooziq-ovqat mahsulotlari |
107,3 |
Xizmatlar |
115,7 |
2005, 2010 va 2016 yillar uchun yillik iste`mol narxlari indeksiga ta`sir etuvchi omillarning tahlili, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`sishi yig`ma indeksning o`sishiga ta`siri ulushining sezilarli darajada qisqarganligini namoyon etmoqda (2005 yildagi 54,2%ga nisbatan 2016 yilda 2,0%), bu vaqtda esa asosiy inflyatsion omil sifatida nooziq-ovqat tovarlari (ta`sir ulushining ko`payishi 2005 yildagi 19,0%dan 2016 yilda 60,4%gacha) hamda xizmatlar narxining ko`tarilishi sabab bo`ldi (2015 yildagi 26,8%ga nisbatan
2016 va 2010 yillarda mos ravishda 37,6% va 53,4%), bu quyidagi diagrammada yaqqol namoyish etilgan:
2-diagramma
Iste`mol narxlari indeksiga oziq–ovqat, nooziq–ovqat mahsulotlari va
xizmatlar narxlari o`zgarishining ta`sir ulushi
So`nggi 12 yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishi (2005 yildagi 6,7%dan 2016 yilda 0,3%gacha) sezilarli darajada qisqargan.
3-diagramma
2005–2016 yillarda oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlaridagi o`rtacha yillik narxlar o`zgarishi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi:
4-diagramma
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari
(foizda)
Diagrammadagi ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida oziq-ovqat mahsulotlari guruhida birmuncha sezilarli inflyatsion jarayonlar go`sht mahsulotlari, non mahsulotlari, yog`-moy va sut mahsulotlarida, shuningdek shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida kuzatildi.
Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari o`rtacha narxlarining eng yuqori o`sish darajasi 2005 yilga to`g`ri keldi (yillik 6,7%), bu esa go`sht, parranda go`shti va baliq mahsulotlari (24,0%ga), non mahsulotlari (12,6%ga), tuxum (9,6%ga) va sut mahsulotlari (6,1%ga) narxlarining sezilarli oshishi bilan bog`liq bo`lib, ushbu mahsulotlar ijtimoiy muhim turdagi mahsulotlar bo`lib hisoblanadi va iste`mol narxlari indeksini hisoblash uchun tovar va xizmatlar tuzilmasida o`zining ahamiyatli salmog`iga egadir (2005 yil yakunida ularning qiymat ulushi jami yakuniy ko`rsatkichda 32,9%ni va oziq-ovqat tovarlarida 52,1%ni tashkil etgan). Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`sish sur`atlarining sezilarli darajada sekinlashishi 2016 yilda qayd etilgan bo`lib, bunda narxlarning o`sish sur`ati atigi 0,3%ni tashkil etgan. Bunda, tuxum narxlari 8,6%ga, sut mahsulotlari narxi 4,2%ga, go`sht mahsulotlari narxi 3,8%ga oshdi, non mahsulotlari narxi 1,0%ga pasaydi (guruch narxining 25,6%ga, mosh 11,9%ga, fasol 4,1%ga pasayishi hisobiga).
Tahlil etilayotgan davr mobaynida, nooziq-ovqat mahsulotlarining iste`mol bozoridagi inflyatsion jarayonlar dinamikasi sezilarli tebranishlar doirasida tavsiflanadi, xususan, narxlarning maksimal o`sishi 2010 yilda (10,0%ga), minimal o`sish sur`ati 2009 yilda (3,1%ga) qayd etilgan.
5-diagramma
2005 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrda, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o`rtacha yillik o`sish hisobi 7,3%ni tashkil qildi. Bunda, tovarlar va xizmatlarning jami tuzilmasida ularning ulushlaridagi tebranishlar oralig`i 21%dan 34%gacha tashkil qiladi.
2005 yildan 2016 yilgacha bo`lgan davrlarda, asosiy nooziq-ovqat mahsulotlar guruhlarida o`rtacha yillik narxlarning o`zgarishi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi:
6-diagramma
Asosiy nooziq-ovqat mahsulotlar guruhlarining
o`rtacha yillik narxlari o`zgarishi
(foizda)
Ko`rib chiqilayotgan davrda, nooziq-ovqat mahsulotlarining kuzatilayotgan guruhlari orasida, nisbatan narxlarning sezilarli o`sishi avtomobillar uchun yoqilg`i (o`rtacha yillik o`sish 18,1%), shaxsiy transport (o`rtacha yillik o`sish 10,5%) va qurilish mollari (o`rtacha yillik o`sish 7,5%) bo`yicha qayd etilgan. Ularning nooziq-ovqat mahsulotlari salmoq tuzilmasidagi jami ulushi 22% atrofidani tashkil etadi.
Ko`rsatib o`tilgan uch guruhdagi mahsulotlar narxlarining indeksi dinamikasining tahlili shuni ko`rsatadiki, avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari 2008 yilda (43,8%ga), shaxsiy transport bo`yicha 2015 yilda (21,7%ga) va qurilish mollari narxlari 2007 yilda (23,8%ga) maksimal sur`atda o`sgani qayd etilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, so`nggi 12 yil davomida xizmatlar sohasida tariflarni o`sish sur`ati tovarlarning shu kabi ko`rsatkichlaridan ancha yuqori.
7-diagramma
Xizmat tariflarining eng yuqori o`sish darajasi 2008 va 2010 yilda qayd etilgan. Bu ikki yilning o`ziga xos xususiyatlari, uy-joy kommunal xizmatlari (2008 yilda o`rtacha 42,0% va 2010 yilda 31,6%ga), maktabgacha ta`lim muassasalari xizmatlari (2008 yilda 2 baravardan ziyodroq va 2010 yilda 32,0%ga) va ta`lim xizmatlari (2008 yilda 54,0%ga va 2010 yilda 51,3%ga) sohalarida tariflarning maksimal darajada o`sganligi hisoblanadi.
8-diagramma
2005-2016 yillarda xizmatlarning o`rtacha yillik
iste`mol narxlari indeksi
(foizda)
2005 yildan xizmatlar sohasida narxlarning o`rtacha yillik o`zgarishi tahlili, davlat tomonidan nazorat qilinadigan maktabgacha ta`lim muassasalari (28,6%ga), oliy ta`lim (23,1%ga), uy-joy kommunal xizmatlari (23,5%ga) tariflarining boshqa xizmatlarga nisbatan sezilarli darajada o`sishi tendentsiyasini aks ettiradi.
Uy-joy kommunal xizmatlaridan tabiiy gaz (o`rtacha yillik o`sish sur`ati – 31,5%), maishiy chiqindilarni tashish (o`rtacha yillik o`sish sur`ati – 25,5%) va issiq suv ta`minoti (o`rtacha yillik o`sish – 22,5%) uchun tariflar birmuncha yuqori sur`atlarda oshib borgan.
Yo`lovchi transporti xizmati tariflari oxirgi 12 yil davomida yiliga o`rtacha 12,0%ga oshgan, jumladan shahar elektr transportida – 18,2%, havo transportida – 17,9%, temir yo`l transportida – 14,7%, avtomobil transportida – 11,2%ga tariflar qimmatlashgan. Shu bilan birga, tariflarning maksimal o`sish darajasi 2007 yilda qayd etilgan, bunda, temir yo`l transportidan foydalanish qiymati bir yil davomida 31,4%ga, havo transportida – 29,9%ga, shahar elektr transportida – 23,0%ga va avtomobil transportida – 20,9%ga oshgan.
Ko`rilayotgan davr mobaynida, aloqa xizmatlari sohasida asosan pochta va telefon aloqasi xizmatlari tariflari sezilarli darajada oshgan (o`rtacha yillik o`sish sur`ati mos ravishda 25,3% va 11,9%). yangi aloqa xizmatlari turlarining paydo bo`lishi va rivojlanishi tufayli, mobil aloqa va internet xizmatlari ham tariflar kuzatuvi qamroviga olindi. So`nggi 9 yil mobaynida mobil aloqa xizmatlari tariflari indeksining o`rtacha yillik o`sishi 11,0%ni tashkil etdi, mobil internet xizmatlari esa 2016 yil davomida 15,3%ga qimmatlashdi.
2. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning
narxlari indeksi
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish sohasidagi inflyatsion jarayonlar so`nggi 12 yil davomida iste`mol sektoriga nisbatan birmuncha sezilarli namoyon bo`ldi.
9-diagramma
O`zbekiston Respublikasi bo`yicha sanoat mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilarining narxlari indeksi dinamikasi
(o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, foizda)
Diagramma ko`rsatkichlari shuni ko`rsatadiki, sanoat sohasida mahsulot ishlab chiqaruvchilar narxlarining eng yuqori o`sishi, 20 foizdan ortiq bo`lgan darajada 2005, 2006, 2009 va 2011 yillarda qayd etilgan. Ushbu yillarda narxlarning o`sishiga, yoqilg`i sanoati, qora va rangli metallurgiya, qurilish materiallari hamda oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining qimmatlashishi asosiy omil sifatida ta`sir ko`rsatgan.
3-jadval
Asosiy sanoat tarmoqlari bo`yicha sanoat mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilarning narxlari indeksi
(o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, foizda)
2005 y. |
2006 y. |
2009 y. |
2011 y. |
|
Sanoat- jami |
128,1 |
124,0 |
129,5 |
120,4 |
elektroenergetika |
119,2 |
109,0 |
106,9 |
119,4 |
Yoqilg`i sanoati |
177,7 |
121,4 |
122,6 |
125,0 |
Neft qazib olish |
214,9 |
101,2 |
174,6 |
129,3 |
Neftni qayta ishlash |
124,4 |
144,3 |
105,3 |
114,1 |
Gaz |
263,2 |
100,0 |
134,1 |
131,3 |
Ko`mir |
113,8 |
105,9 |
107,8 |
121,5 |
Qora va rangli metallurgiya sanoati |
154,6 |
158,8 |
226,1 |
108,8 |
Qora metallurgiya |
116,7 |
100,9 |
163,0 |
106,8 |
Rangli metallurgiya |
159,2 |
167,9 |
237,5 |
109,3 |
Kimyo va neftekimyo sanoati |
112,2 |
107,4 |
99,0 |
120,1 |
Kimyo |
112,6 |
107,6 |
98,9 |
120,0 |
Neftekimyo |
100,0 |
101,8 |
106,1 |
129,8 |
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash |
110,5 |
113,7 |
101,3 |
119,1 |
Mashinasozlik |
110,8 |
114,1 |
101,7 |
119,3 |
Yog`ochni qayta ishlash va i sellyuloza-qog`oz sanoati |
100,5 |
103,7 |
102,9 |
117,9 |
Qurilish materiallari sanoati |
122,7 |
134,0 |
101,0 |
121,5 |
Engil sanoat |
109,1 |
114,6 |
110,5 |
119,0 |
Oziq-ovqat sanoati |
108,9 |
121,3 |
112,4 |
130,8 |
Mikrobiologiya sanoati |
114,3 |
101,0 |
121,4 |
110,6 |
Tegirmon-yorma va ozuqa-em sanoati |
101,6 |
110,4 |
116,9 |
124,1 |
Tibbiyot sanoati |
108,4 |
102,7 |
114,9 |
139,7 |
Sanoatda inflyatsion jarayonlarning sezilarli darajada sekinlashishi 2008 yilda yuz berdi. Bu, birinchi navbatda, narxlarning kotirovkalashga asoslangan holda shakllantirilishi oqibatida rangli metallurgiya sanoati mahsulotlari narxlarining pasayishi (60,9%ga) bilan bog`liq.
Tahlil qilinayotgan davrda, sanoatda narxlarning o`rtacha yillik o`sishi 17,0%ni tashkil etdi.
10-diagramma
2005-2015 yillarda sanoatning asosiy tarmoqlari bo`yicha
narxlarning o`rtacha yillik o`sishi
(foizda)
Yoqilg`i (19,4%) va elektroenergetika (19,2%) sanoatidagi narxlar, sanoat mahsulotlari narxlarining o`rtacha o`sish darajasidan ko`ra birmuncha yuqoriroq sur`atda oshib bordi.
11-diagramma
2005-2016 yillarda yoqilg`i sanoati mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilarning o`rtacha yillik narxlari indeksi
(foizda)
Yoqilg`i sanoati tarmoqlari orasida, narx siyosati davlat tomonidan belgilanib boriladigan neft va tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash sohalarida narxlar boshqa sohalarga nisbatan yuqori sur`atlarda oshib bordi. Neft va gaz kondensati narxlarining maksimal darajada o`sishi 2005 yilda (2,6 martaga) va 2009 yilda (1,7 martaga) ro`y berdi. Neftni qayta ishlash mahsulotlari, ayniqsa 2006-2008 yillarda (shu uch yil davomida o`rtacha yillik o`sish 42,2%ni tashkil etdi), qazib olinadigan va qayta ishlanadigan tabiiy gaz esa 2005 yilda (2,6 martaga) birmuncha sezilarli darajada qimmatlashdi.
Elektr energiyasining turli toifadagi iste`molchilar uchun tartibga solinuvchi tariflarining oshishi (o`rtacha yillik o`sish – 19,3%) elektroenergetika sohasidagi narxlar holatiga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Maksimal o`sish 2015 yilda (bir yilda 1,5 martadan ortiq), minimal o`sish esa 2009 yilda (yillik o`sish 7,4%ga) ro`y berdi.
Metallurgiya sanoatida narxlarning o`zgaruvchanlik darajasi ayniqsa so`nggi yillarga kelib yuz berdi. Xususan, 2005 yilda metallurgiya sohasidagi narxlar 1,5 martaga, 2006 yilda 1,6 martaga, 2009 yilda 2,3 martaga oshdi, 2007 va 2008 yillarda esa mos ravishda 1,7%ga hamda 51,8%ga pasaydi. 2010 yildan boshlab esa sohada narxlarning yillik o`sishi 8,8%dan 15,5%gacha bo`lgan oraliqlarda bo`ldi.
So`nggi yillar mobaynida, respublikada ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari narxlari dinamikasidagi o`zgarishlar bir me`yorda bo`lmadi. Narx indekslarining o`zgaruvchanlik diapazoni 2006 yildagi maksimal o`sishni (34,6%) va 2014 yilda pasayishni (7,3%) o`z ichiga oladi. Mazkur sohadagi narxlar darajasiga, sement ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari (narxlarning o`rtacha yillik o`sishi – 12,6%), asbesttsement mahsulotlari (narxlarning o`rtacha yillik o`sishi – 17,9%), yumshoq tom yopish va gidroizolyatsiya materiallari (narxlarning o`rtacha yillik o`sishi – 20,0%), noruda qurilish materiallari (narxlarning o`rtacha yillik o`sishi – 18,4%) va qurilish mollari sanoatining boshqa sohalari mahsulotlari (narxlarning o`rtacha yillik o`sishi – 25,5%) narxlarining o`zgarishi tendentsiyalari asosiy ta`sir ko`rsatdi.
Oziq-ovqat sanoatida inflyatsion jarayonlar asosan 2008 yilda (narxlarning o`sishi 33,4%) va 2011 yilda (narxlarning o`sishi 30,8%) sezilarli darajada yuz berdi, mazkur yillarda yog`-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari mos ravishda 58,4% va 29,2%ga, non ishlab chiqarishda mos ravishda 49,7% va 30,0%ga, moy-pishloq hamda sutli mahsulotlar ishlab chiqarishda mos ravishda 10,8% va 41,7%ga, shakar ishlab chiqarishda mos ravishda 18,7% va 23,6%ga qimmatlashdi. Narxlarni o`sish sur`atlarining sekinlashishi ayniqsa 2013 yilda yaqqol kuzatilgan bo`lib, bunda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bir yilda bor yo`g`i 6,9% ga o`sdi.
Engil sanoatda narxlar darajasiga (narx indeksining o`rtacha yillik o`sishi – 14,0%), asosan to`qimachilik sanoati (o`rtacha yillik o`sish – 14,7%), shu jumladan, paxta tozalash (o`rtacha yillik o`sish – 16,0%) va ip-gazlama (o`rtacha yillik o`sish – 12,1%) sanoati tarmoqlaridagi narx o`zgarishlari ta`sir ko`rsatdi.
Vazirlar Maxkamasining 205-f-son farmoyishiga muvofiq, 2016 yildan boshlab sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksini hisoblash, Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-2) tuzilmasi asosida amalga oshirilmoqda.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksining o`sishi 2016 yil yanvar-dekabr oylarida 13,0%ni, o`rtacha oylik o`sish esa 1,0%ni tashkil etdi.
Asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha narxlarning o`zgarishi quyidagi ma`lumotlar bilan tavsiflanadi:
4-jadval
Asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha
ishlab chiqaruvchilarning narxlari indeksi
(o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, foizda)
2016 yil |
|
Sanoat ishlab chiqarish faoliyati |
113,0 |
Tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash |
103,5 |
Xom neft va tabiiy gaz qazib olish |
106,5 |
Temir rudasini qazib olish |
96,4 |
Qayta ishlash sanoati |
114,1 |
Oziq – ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish |
114,1 |
Ichimliklar ishlab chiqarish |
126,1 |
To`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish |
113,3 |
Koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish |
113,7 |
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish |
110,0 |
Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish |
124,7 |
Metallurgiya sanoati |
118,2 |
elektr uskunalar ishlab chiqarish |
123,1 |
Avtotransport vositalari, treylerlar |
107,3 |
Elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash |
114,7 |
Suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig`ish va utilizatsiya qilish |
103,4 |
2016 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksiga asosan qayta ishlash sanoatidagi narx o`zgarishlari ta`sir etdi.
12-diagramma
2016 yilda ishlab chiqaruvchilar narxlarining umumiy o`sishiga
sanoat faoliyati turlari bo`yicha narxlar o`zgarishining ta`sir ulushi
Qayta ishlash sanoatida 2016 yilda narxlar o`zgarishining tahlili shuni ko`rsatadiki, ichimliklar ishlab chiqarishda narxlarning 26,1%ga, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda – 24,7%ga, elektr uskunalari – 23,1%ga, oziq–ovqat mahsulotlari – 14,1%ga, to`qimachilik mahsulotlari – 13,3%ga, koks va neftni qayta ishlashda – 13,7%ga, kimyo mahsulotlari – 10,0%ga, avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar narxlari – 7,3%ga oshganligi asosiy inflyatsion omillar bo`ldi (qayta ishlash sanoatida narxlarning umumiy o`sishiga ushbu turlarning jamlanma ta`siri 78,4%ni tashkil etdi).
Elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalashda issiqlik energiyasi narxlari 33,7%ga, elektr energiyasi 13,8%ga va ko`mirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil bo`lgan gaz narxlari 12,1%ga oshdi.
Tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida narx indekslarini o`sishiga, ishlab chiqaruvchilar tomonidan qazib olingan xom neft va tabiiy gaz kondensati narxlarining 18,8%ga, toshko`mir va ko`mir narxlarining – 9,5%ga, tabiiy gaz narxini – 6,2%ga, tuproq, kaolin, shag`al va boshqa qum konlarini qayta ishlash mahsulotlari narxlarini 6,1%ga oshirilishi asosiy ta`sir ko`rsatdi.
Suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig`ish va utilizatsiya qilishda, tarkibida alyuminiy bo`lgan ikkilamchi xom ashyolar 14,5 foizga va tarkibida qora metallar bo`lgan ikkilamchi xom ashyo materiallari esa 2,8 foizga qimmatlashdi.
Axborot xizmati