Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech
Maqola

1. MAKTABGACHA TA`LIM.

Ma’lumki, uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadigan maktabgacha ta’lim bolalarning sog’lom o’sishi va tizimli o’qitishga tayyorlanishida muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasida 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasi 2016 yilda shu yoshdagi aholining 23,8 foizini tashkil etdi. 2017 yil 1 yanvar holatiga respublikada maktabgacha ta`lim muassasalari soni 5138 tani tashkil etib, shundan 3065 tasi shahar, 2050 tasi qishloq joylarda joylashgan. Ularda tarbiyalanayotgan 690975 nafar bolalardan 53 foizini o’g’il bolalar, 47 foizini qizlar tashkil etadi .

1-rasm

Bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinishi

foizda (2013-2016 yillar)

1-jadval

2016 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy ko’rsatkichlari, birlik

Maktabgacha ta’lim muassasalari soni O’rinlar soni Bolalar soni Ulardan qizlar 100 ta o’ringa to’g’ri keladigan bolalar soni, bola

5138

721760 690975 326905 96

Shahar joylarda

3065

486054 457511 219188 94

Qishloq joylarda

2050

230889 204089 97298 88

 

2-rasm

Maktabgacha ta`lim muassasalari sonining qishloq va shahar joylar bo’yicha taqsimlanishi, hududlar kesimida (birlik) (2016 yil).

Maktabgacha ta`lim muassasalarida mavjud o’rinlardan foydalanish samaradorligi ortib borayotganligi 3-rasmda tasvirlangan. 2010 yilda Respublika bo'yicha har 100 ta o’ringa o’rtacha 76 nafar bola to’g’ri kelgan bo’lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 96 nafarga yetdi. Bu esa maktabgacha ta`lim muassasalariga nisbatan talab oshib borayotganligini ifoda etadi.

3-rasm

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi jami bolalar soni va 100 ta o’ringa nisbatan hisoblangan bolalar soni dinamikasi

(2010-2016 yillar)

Har 100 ta o’ringa nisbatan hisoblangan bolalar sonini hududlar kesimida tahlil (4-rasm) qilinganda Andijon, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida o’rinlar yetishmasligi kuzatildi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o’rinlar tanqisligi Jizzax viloyatining qishloq joylarida, Navoiy viloyatining shahar joylarida ham kuzatiladi.

4-rasm

2016 yilda hududlar bo’yicha taqsimlangan holda, 100 ta o’ringa nisbatan hisoblangan bolalarning o’rtacha soni.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami pedagog xodimlar soni 59688 nafarni tashkil etib, ulardan 21,9 foizi oily ma’lumotli, 76,4 foizi o’rta maxsus pedagogik ma’lumotlilardan iborat. Pedagog xodimlar umumiy sonidan 15 yil va undan ortiq ish stajiga ega bo'lganlar 30,6 foizni, shu jumladan qishloq joylarda 30,2 foizni tashkil etadi.

5-rasm

Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlari soni, 2016 yil.

2. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UMUMIY O`RTA TA`LIM.

2016/2017 o’quv yilida mavjud 9719 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida jami 4825,0 mingta o`quvchilar tahsil olgan bo’lsa, ulardan 2252,9 ming nafari qishloq joylarda joylashgan 6015 ta umumiy o`rta ta`lim maktablari hissasiga to’g’ri keladi. Umumta`lim maktablari soni 1991 yilga (8557 ta) nisbatan 13,6 foizga ko`paydi. Lekin ulardan 67,2 foizi ikki smenada, 0,1 foizi uch smenada mashg’ulot olib boradi. Ushbu ko’rsatkich hududlar bo’yicha tahlil qilinganda, Qoraqalpog'iston Respublikasi (78,1%), Jizzax (81,0%), Surxondaryo (74,9%) va Toshkent (69,3%) viloyatlarida yuqori foizni tashkil etishi ko’zga tashlanadi. Umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi o`quvchilarning 1314,8 ming nafari ikkinchi va uchinchi smenalarda ta’lim olmoqda (7-rasm).

 6-rasm

Umumiy o`rta ta`limning asosiy ko`rsatkichlari

(1991-2016 yillar)

7-rasm

Umumiy o`rta ta`lim maktablarini mashg’ulotlar smenaliligi bo’yicha taqsimlanishi

foizda (2012-2016 yillar)

Aholining umumiy o`rta ta`lim bilan, xususan, boshlang`ich ta`lim bilan qamrab olinishi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida turadi (8-rasm).

8-rasm

Aholining boshlang`ich ta`lim bilan qamrab olinish darajasi

(foizda)

Mamlakatdagi ta`lim tizimining ahvoli haqida muhim ma`lumot beruvchi ko`rsatkichlardan biri bu ta`lim muassasalarida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar sonidir. U o`quvchilar umumiy sonini o`qituvchilar umumiy soniga bo`lish orqali aniqlanadi. 2016 yilda O`zbekiston Respublikasining umumta`lim maktablarida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni 12,06 ga teng bo’ldi . (9-rasm).

9-rasm

Hududlar bo’yicha har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni, 2016 yil.

2016 yilda bitta o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni 1991 yilga nisbatan ayniqsa Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sezilarli darajada oshganligi kuzatildi (10-rasm).

10-rasm

Hududlar bo’yicha bitta o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni o’zgarishi 1991-2016 yillar.

3. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA O`RTA MAXSUS KASB - HUNAR TA`LIMI.

O`zbekistonda akademik litseylar soni 2000 yilda 46 ta bo’lgan bo’lsa, 2016 yilda 144 taga yetdi, kasb-hunar kollejlari soni esa 2000 yilda 241 ta, 2016 yilga kelib 1422 tani tashkil etdi (11- rasm).

 

2-jadval

O`rta maxsus kasb-hunar ta`limining asosiy ko`rsatkichlari

(2000-2016 yillar)

 

Akademik litseylar

Ularda o`quvchilar
(ming kishi)
O`qituvchilar Kasb hunar kollejlari Ularda o`quvchilar
(ming kishi)
O`qituvchilar
(ming kishi)
             

2000 y.

46 9,8 1,8 241 59,5 9,1

2005 y.

77 37,3 4,4 878 853,3 55,6

2010 y.

143 108,3 9,3 1396 1514,8 106,0

2016 y.

144 101,3 9,5 1422 1358,1 100,2

 

11-rasm

Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari soni

(2000-2016 yillar)

2016 yilda O`zbekiston Respublikasi o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimining akademik litseylarida o`quvchilar soni 101339 nafar, kasb-hunar kollejlarida esa 1358064 nafarni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich 2000 yildagi o`quvchilar soniga nisbatan akademik litseylarda 10 marta, kasb-hunar kollejlarida esa 23 marta ko`pdir (12-rasm).

12-rasm

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari soni dinamikasi, ming kishi

(2000-2016 yillar)

2016 yilda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari sonining kamayishi O`zbekiston Respublikasining demografik holati bilan bog’liq.

4. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA`LIM.

O`zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimi miqdor va sifat jihatdan izchil rivojlanmoqda. Oliy ta`lim muassasalari soni 1991 yilda 52 ta bo`lgan bo`lsa, 2016 yilga kelib ular soni 34,6 foizga oshdi, ya`ni 70 tani tashkil etmoqda (13-rasm).

 

 

3-jadval

Oliy ta`limning asosiy ko`rsatkichlari

(1991-2016 yillar)

  Oliy ta`lim muassasalari soni Talabalar soni
(ming kishi)
Professor
o`qituvchilar soni (ming kishi)
Har bir professor o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni

1991 y.

52 340,9 ... ...

1995 y.

58 192,1 19,9 9,6

2000 y.

61 183,6 18,4 10,0

2005 y.

62 278,7 23,1 12,1

2010 y.

65 274,5 23,0 11,9

2016 y.

70 268,3 24,0 11,2

 

13-rasm

Oliy ta`lim muassasalari va bitta o`qituvchiga to`g`ri keladigan talabalalar soni

(1991-2016 yillar)

2005 yilda oliy ta`lim muassasalarida har bir professor o`qituvchiga 12,1 nafar talaba to`g`ri kelgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2016 yilga kelib 11,2 nafarni tashkil qildi (13-pasm).

14-rasm

Ayrim mamlakatlarda oliy ta`lim tizimida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan talabalalar soni.

Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi (2016y.) va YUNESKO statistika instituti (2015y).

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan respublikada oily ta’limga katta e’tibor qaratilayotganligi kuzatiladi. Yillar davomida hududlarda mamlakatdagi va xorijiy etakchi oliy ta`lim muassasalarining filiallari ochilib, yangi mutaxassisliklar joriy etilmoqda.

Axborot xizmati 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

Tugmani bosing Tinglash