Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarningdavlat statistika organlarida shu yil yanvar-sentabr oylaridagi ijrosi bo`yicha

MA`LUMOT

            O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo`yicha tasdiqlangan Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar dasturini tizim organlari tomonidan ijrosini ta`minlanishi yuzasidan doimiy nazorat olib borilmoqda.

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosi monitoringi uchun, so`rovlar asosida, davlat statistika organlari tomonidan statistik ma`lumotlar shakllantirilib, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga taqdim etib borilmoqda.

Shu bilan birga, joylardagi xotin-qizlar qo`mitalari va sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan hamkorlikda, “Ona va bola sog`lom bo`lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo`ladi”, “Sog`lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Nikoh va oila”, “Sog`lom turmush tarzi – baxtli oila garovi” mavzularida tizim xodimlari, jumladan xotin-qizlar va yoshlar o`rtasida davra suhbatlari tashkil etildi va ushbu tadbirlarda jami 1674 nafar tizim xodimlari ishtirok etdi.

Davlat statistika tizimining oila qurayotgan va farzand ko`rgan 69 nafar xodimlariga 19,3 mln so`mlik moddiy yordamlar ko`rsatildi hamda 14 nafar xodimga qo`shimcha ta`tillar berish orqali ularni har tomonlama moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash choralari ko`rildi.

Tizimda ishlovchi xotin-qizlarning 299 nafari Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida, shuningdek 5 nafari halqaro tashkilotlar tomonidan statistika sohasiga oid tashkil etilgan o`quv trening va seminarlarda ishtirok etib o`z malakalarini oshirdilar hamda 70 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Shuningdek, tizimda ishlayotgan kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan, ko`p bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida, tizimda ishlayotgan 190 nafar xodimga 33,2 mln. so`m miqdorida moddiy yordamlar berildi.

Davlat statistika tizimida mehnat qilayotgan 30 nafar kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan elektr-maishiy texnika tovarlari berildi.

Shuningdek, 2016/2017 o'quv yilida farzandlari birinchi sinfga boradigan 108 nafar davlat statistika tizimi hodimlariga 9,1 mln. so'mlik moddiy yordamlar ko'rsatildi.

Bundan tashqari, xodimlar, ularning oilalari va farzandlarining dam olishini unumli tashkil etish maqsadida, ulardan 1560 nafarini bepul chiptalar asosida respublika va viloyatlardagi kinoteatrlar, teatrlar, kontsert tomoshalari va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlarga tashriflari tashkil etildi.

Tizimda ishlovchi ayollar va yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, sportning turli xil yo`nalishlari bo`yicha musobaqalar tashkil etilib, musobaqa g`oliblari faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Tizimda mehnat qilayotgan 23 nafar xodimga sog’lig’ini qayta tiklashlari uchun sog’lomlashtirish sanatoriyalariga yo’llanmalar berildi hamda xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog’liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga 81 ta imtiyozli yo’llanmalar berildi.

Shu bilan birga, tizimda ishlovchi 257 nafar xotin-qizlar uchun respublikamizdagi tarixiy joylar va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy arxitektura ob`ektlari bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etildi.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash