2020- yilning 10 oyida hududlar bo‘yicha eng ko‘p Surxondaryo viloyatida 3664 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning 1- noyabr holatiga, respublika bo‘yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni
15 430 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 967 taga ko‘paygan. O‘sish sur'ati 47,5 foizga oshgan.
Eng ko‘p yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar bo‘yicha hududlar:
Surxondaryo viloyati – 3664 ta;
Samarqand viloyati – 2287 ta;
Andijon viloyati – 1336 ta;
Farg‘ona viloyati – 1221 ta;
Xorazm viloyati – 1198 ta.
Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:
Sanoat – 4997 ta;
Savdo – 4715 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 3172 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1540 ta;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 108 ta.
Axborot xizmati