Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2016-2017 yillar uchun korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha amaliy harakatlar Kompleks rejasini o`z vaqtida va samarali amalga oshirish, davlat statistika organlarining ochiqliligini ta`minlash va Davlat statistika qo`mitasi tizimida korruptsiya holatlari yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, Qo`mitaning shu yil 21 yanvarda tasdiqlangan alohida chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida, shu yilning 10 martidan 10 apreliga qadar bo`lgan muddatda, Qo`mita tizimi organlari rasmiy veb-saytlari orqali “Davlat statistika organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari bo`yicha so`rovnoma” shaklida so`rovlar o`tkazildi.

So`rovlar tizimdagi korruptsiya holatlarining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo`yicha korruptsiya darajasini pasaytirish usullarini izlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu so`rovlar Qo`mitaning hamda barcha hududiy statistika boshqarmalarining rasmiy veb-saytlari orqali tashkil etilib, respublikaning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan fuqarolar, shuningdek axborotdan foydalanuvchilarning so`rovlarda ishtirok etishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Tizim organlari saytlari orqali axborotdan foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, so`rovnomalar o`zbek va rus tillarida taqdim etildi.

So`rovlarda respublika bo`yicha jami 1 534 ta axborotdan foydalanuvchilar ishtirok etib, ularning 55,2 foizini tadbirkorlik sub`ektlari, 15 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, 6,4 foizini talabalar hamda 23,4 foizini boshqa toifadagi foydalanuvchilar tashkil etdi. Ushbu so`rovlarda kuniga o`rtacha 50 tagacha axborotdan foydalanuvchilar qatnashdi.

So`rovlarda barcha hududlarning to`liq qamrab olinishi natijasida, ularda respublikaning barcha tuman va shaharlarida yashovchi axborotdan foydalanuvchilar ishtirok etishdi, ya`ni barcha tuman va shahar statistika bo`limlari faoliyati yuzasidan ma`lumotlar olindi.

Hozirgi kunda Davlat statistika qo`mitasi tomonidan ushbu so`rovlar natijalari bo`yicha axborotlar tahlil qilinmoqda, tahlil natijalariga ko`ra davlat statistika organlarida korruptsiyaga duch kelish holatlari, davriyligi, ularning yuzaga kelish sabablari atroflicha o`rganib chiqiladi. Shuningdek, so`rovlar natijalari muhokama etilib, tizim organlarida korruptsiya holatlariga qarshi kurashish ishlarini yanada takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

O`z navbatida, so`rovlarning anonimligi ta`minlanmoqda, shu bilan birga unda respondentning shaxsiga oid ma`lumotlar hech qaerda ko`rsatilmasligi va savollarga berilgan javoblar faqat umumlashtirilgan holda ishlatilishi, shuningdek javoblarning respondentga yoki boshqa shaxsga qarshi ishlatilishiga aslo yo`l qo`yilmasligi kafolatlanadi.

Davlat statistika qo`mitasi, ushbu so`rovnomada ishtirok etib, ko`rsatgan yordamlari uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi!

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash