Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2016 yilning yanvar-sentyabrida transportning barcha turlarida 1173,8 mln.tn yuklar tashildi va bu o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 4,8 foizga ko'p demakdir. Shu bilan birga yuk aylanmasi 67,0 mlrd. tn-kmni tashkil etdi yoki 2015 yilning xuddi shu davriga nisbatan 5,7 foizga oshdi. Umumiy tashilgan yuklar hajmida avtomobil transportining ulushi 91,8 foizni (1077,3 mln.tn), temir yo'l transportining ulushi 4,3 foizni (50,8 mln.tn), quvur yo'li transportining ulushi 3,9 foizni (45,7 mln.tn) tashkil qildi.

Yuk aylanmasi tarkibida avtomobil transportining ulushi 37,3 foizni, quvur yo'li transportining ulushi 36,5 foizni, temir yo'l transportining ulushi 26,1 foizni tashkil etadi. Hisobot davrida transportning barcha turlarida 5 666,4 mln. yo'lovchi tashildi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 4 foizga oshdi. Yo'lovchi aylanmasi 79,5 mlrd. yo'lovchi-kmga teng bo'ldi va 4,1 foizga ko'paydi.

Yo'lovchilarni tashishdagi eng katta ulush, ya'ni 99 foizi avtomobil transportiga to'g'ri keladi, yo'lovchi aylanmasida uning ulushi 89,5 foizga teng bo'ldi.

Temir yo'l transportida jo'natilgan yo'lovchilar soni 15,5 mln. kishini tashkil etdi yoki o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2,0 foizga o'sdi, yo'lovchi aylanmasi 2016 yilning yanvar-sentyabrida 2,9 foizga oshdi va 2 954,7 mln. yo'lovchi-kmni tashkil etdi.

Davlat statistika qo’mitasi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash