Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi “2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to`g`risida” 55-sonli qarorida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami bozor xizmatlari hajmi 65046,6 mlrd.so`mni tashkil qildi va o`tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga oshdi.

Hisobot davrida quyidagi xizmat turlari bo`yicha yuqori o`sish sur`atlariga erishildi: moliyaviy xizmatlar - 119,4 foizga; ijara xizmatlari - 117,5 foizga; ko`chmas mulk bilan bog`liq xizmatlar - 116,3 foizga; sog`liqni saqlash sohasidagi xizmatlar - 116,2 foizga; kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta`mirlash bo`yicha xizmatlar - 114,6 foizga; savdo xizmatlari - 114,4 foizga; aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 113,8 foizga.

Xizmatlar tarkibida eng katta ulush transport xizmatlariga – jami xizmatlarning 29,2 foizi; savdo xizmatlariga – 28,6 foizi; moliyaviy xizmatlarga - 10,8 foizi; aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga - 6,9 foizi; ko`chmas mulk bilan bog`liq xizmatlarga - 3,7 foizi; ta`lim xizmatlariga - 3,6 foizi to`g`ri keladi.

Hududlar kesimida yuqori o`sish sur`atlarga Jizzax (118,7 foiz), Andijon (117,2 foiz), Surxondaryo (116,4 foiz), Qashqadaryo (116,3 foiz), Toshkent (116,3 foiz), Namangan (116,2 foiz) viloyatlarida erishildi

Davlat statistika qomitasi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash