Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 25 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida hududiy statistika boshqarmalarining Demografiya va mehnat statistikasi bo`limlari boshliqlari ishtirokida demografiya va mehnat statistikasi bo`yicha “2016 yilda davlat statistika ishlari dasturining ijrosi monitoringi natijalari hamda 2017 yilda faoliyatning ustuvor yo`nalishlari va statistik axborotlarni o`z vaqtida, sifatli tayyorlash bo`yicha statistika idoralarining asosiy vazifalari” mavzusida o`quv-seminari o`tkazildi.

Mazkur o`quv-seminarda, Qo`mitada va hududiy statistika boshqarmalarida demografiya va mehnat statistikasi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar holati, mazkur soha bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni kelgusida bartaraf etish yo`llari, shu bilan birga, hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining malakasi va shaxsiy mas`uliyatini yanada oshirish masalalari tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, 2017 yilda demografiya va mehnat statistikasi bo`limlari faoliyatining ustuvor yo`nalishlari, statistik ma`lumotlarni o`z vaqtida va sifatli tayyorlash, hisobot intizomini yaxshilash, sohani rivojlantirish bo`yicha ishlarni takomillashtirish hamda bo`lim faoliyatiga tegishli bo`lgan bir qator qo`shimcha vazifalar belgilab olindi.

Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmat

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash