Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi Raisi tomonidan 2016 yil 9 noyabrda tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan joriy yil 28 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiya va qurilish statistikasi  bo`limi boshliqlari uchun o`quv-seminari o`tkazildi.

O`quv seminarida 2016 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturini ijrosi yakuni, xususan,  investitsiya, qurilish ishlari, ijtimoiy soha ob`ektlarini foydalanishga topshirish, shunungdek, joriy davrda foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi turar joylarning tanlanma kuzatuvini otkazish bo`yicha statistik ma`lumotlarni taqdim qilish natijalari ko`rib chiqildi va tahlil qilindi.

Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga o`tish munosabati bilan, korxona va tashkilotlar tomonidan statistik hisobot shakllarini tayyorlashda, shuningdek, faoliyat turi boyicha statistik ma`lumotlarni shakllantirishda yuzaga keladigan muammoli savollar ko`rib chiqildi va muhokama qilindi.  

Shu bilan birga, 2016 yil uchun yillik, 2017 yil uchun oylik va choraklik statistik hisobot shakllaridagi o`zgarishlar va qo`shimchalar, hamda ushbu statistik hisobot shakllarini to`ldirish bo`yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash