Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 30 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida hududiy statistika boshqarmalarining Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini (KTYaDR) yuritish bo`yicha mas’ul xodimlari ishtirokida “2016 yilda davlat statistika ishlari dasturining ijrosi monitoringi natijalari hamda 2017 yilda faoliyatning ustuvor yo`nalishlari va statistik axborotlarni o`z vaqtida, sifatli tayyorlash bo`yicha statistika idoralarining asosiy vazifalari” mavzusida o`quv-seminari o`tkazildi.

Ushbu o`quv-seminarda, Qo`mita va hududiy statistika organlari tomonidan KTYaDRni yuritish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni kelgusida bartaraf etish yo`llari, shu bilan birga, hududiy statistika organlari xodimlarining malakasi va shaxsiy mas`uliyatini yanada oshirish masalalari tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, KTYaDRni yuritish borasida 2017 yildagi faoliyatning ustuvor yo`nalishlari, statistik ma`lumotlarni o`z vaqtida va sifatli tayyorlash, sohani rivojlantirish bo`yicha ishlarni takomillashtirish hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 oktyabrdagi “Tadbirkorlik sub`yektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va hisobga qo`yish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-2646-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasininig 2016 yil 24 avgustdagi “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o’tish chora-tadbirlari to`grisida”gi 275-sonli qarori ijrosi yuzasidan qo`shimcha vazifalar belgilab olindi.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash